Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisenti
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffisenti
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisenti. Har bir ayolning
reproduktiv, ya’ni farzand ko‘rish davrida (15-49 yosh) o‘rganilayotgan davrdagi tug‘ilish darajasi saqlangan holda, nechta qiz farzand ko‘rishi mumkinligini aniqlab beradi. Ushbu koeffisent quyidagi formula orqali ifodalanadi. 1 R = R – aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisienti ifodasi – tug‘ilganlarning umumiy sonida qiz bolalar salmog‘i (0,488) ayollar yosh guruhlar bo‘yicha tug‘ilish koeffisienti yig‘indisi. Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisentida o‘lim hisobga olinmaydi. 1 Ўртача а оли сонини аниқлаш рганила тган йил ва кейинги йил а олиси қ шилиб, иккига б линади. P 2007 = 2 Демографик жара нларни 1000 а олига нисбатан аниқлаганда олинган натижа нига қуйидаги белги – “‰”қ йилади ки “промилле” с зи зилади. “Промилле” – мингдан бири деган маънони англатади. 1 Немс статистик демографи Р.Кучинский томонидан қ лланилган 33 Aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffisenti. Bu koffisent, aholi takror barpo bo‘lishining sof koeffisenti bo‘lib, u avlodlar almashinuv darajasini aniq ifodalaydi, chunki bu ko‘rsatkichda tug‘ilgan qiz bolalarni onasini yoshiga yetgunga qadar yashab borganlari hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffisentida o‘lim ehtimoli hisobga olinadi va netto koeffisenti formulasi quyidagicha ifodalanadi. R o = RL x R o – netto koeffisienti ifodasi R – brutto koeffisient L x – ona yoshigacha yashagan qizlar Agar R o >1 aholi soni muntazam ko‘payib boradi, R o <1 bo‘lsa esa aksincha kamayadi. Jamiyat taraqiiyoti davomida aholi takror baro bo‘lish turlari muntazam o‘zgarib kelgan. Hozirgi davrga (XXI asr boshi) kelib mutaxassislar tomonidan aholi takror barpo bo‘lishini asosan 2 turi mavjudligi ta’kidlanmoqda. 1 tur-aholi takror barpo bo‘lishining qisqargan turi. Bu turdagi avlodlar almashinuvi jarayonida aholi soni ko‘paymaydi, chunki tug‘ilganlarga nisbatan o‘lganlar soni yuqori bo‘ladi. 2 tur- aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan turi, bunda aksincha tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan yuqori bo‘ladi va natijada keyingi avlod vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko‘p bo‘ladi. Bunday holda aholi muntazam ko‘payib boraveradi. Tug‘ilish, o‘lim va aholi tabiiy o‘sishi past bo‘lgan huddlarda aholi takror barpo bo‘lishining 1 turi kuzatiladi. Hozirgi davrga kelib aholi takror barpo bo‘lishining 1 turi Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlarida kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo‘lishining 1 turida har bir oiladagi farzandlarning o‘rtacha soni 2,5 tadan kamdir. Ilmiy manbalarda har bir oila o‘rtacha 2 tadan farzand ko‘rsa o‘z ota-onalari o‘rnini to‘ldiradilar. Agar oilada 3 tadan farzand bo‘lsa uchinchi bola turli sabablar (baxtsiz hodisalar, kasalliklar) bilan hayotdan ko‘z yumgan bolalar va farzandsiz oilalarni “qoplaydi”, ya’ni o‘rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi sonini bir me’yorda saqlanishi uchun oiladagi farzandlar soni o‘rtacha 2,5 bolani (demak oilalarning yarmi 2 bolali yarmi esa 3 bolali) tashkil etishi lozimdir. Agar oilada farzandlar soni 2,5 dan kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik inqiroz sodir bo‘ladi. Oiladagi farzandlar soni tug‘ilishning yig‘indi koffisenti (har bir 15-49 yoshdagi ayolga to‘g‘ri kelgan bolalar soni) yordamida aniqroq ifodalanadi. 2009 yilda tug‘ilishning yig‘indi koeffisenti dunyo bo‘yicha 2,6 ni, Afrika qita’sida 4,6, Amerikada 2,2, Osiyoda 2,3, Yevropada 1,5 va Avstraliya va Okeaniyada 2,5 ni tashkil etgan. Yuqorida qayd etilganidek Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‘lib, ular “demografik inqiroz” holatidadurlar. Yevropa bo‘yicha 2009 yilda tug‘ilishning umumiy koeffisenti (1000 aholiga nisbatan tug‘ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‘limning umumiy koeffisenti (1000 aholigi nisbatan o‘lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining tabiiy o‘sishi 0,0 ga teng bo‘lgan. Qator davlatlarda esa o‘lganlar soni 34 tug‘ilganlardan yuqori bo‘lib, aholi sonini kamayishi, ya’ni aholining qisqargan takror barpo bo‘lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi Latviya, Litva, G‘arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda demografik krizisning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2009 yil Rossiya tug‘ilish 12; o‘lim 15; aholining tabiy o‘sishi -0,3 promilleni tashkil etgan. Demografik inqirozga yuz tutgan, aholi takror barpo bo‘lishining 1 turi kuzatilayotgan davlatlarda demografik siyosat “depopulyasiya” ya’ni aholi sonini kamayib ketish jarayonini to‘xtatishga qaratilmog‘i lozimdir. Bunday siyosatning asosiy maqsadi oilada ikkinchi, uchinchi farzandlarni ko‘rish, davlat, jamiyat tashkilotlari tomonidan ham iqtisodiy, ham ma’naviy qo‘llab quvvatlashga qaratiladi. Aholi takror barpo bo‘lishining 2 turi, aholining tug‘ilishi, tabiiy o‘sishi juda yuqori, o‘limning esa nisbatan kam bo‘lgan holatlarida kuzatiladi. Bunday holat Afrika qit’asidagi deyarli barcha davlatlarda, Avstraliya va Okeaniyada, Osiyodagi ba’zi davlatlarda kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo‘lishi 2 turi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar G‘arbiy Afrikadagi Niger davlatida (tug‘ilishning yig‘indi koeffisenti-7,4; tug‘ilish-53; o‘lim-14 va tabiiy o‘sish 39 promille) Sharqiy Afrikadagi deyarli barcha davlatlarda (tug‘ilish 30-47 promille; o‘lim 3-18 promille, tabiiy o‘sish 10-34 promille) kuzatiladi. Aholi takror barpo bo‘lishining 2 turi kuzatilayotgan qator davlatlarda aholining haddan oshib ko‘payib borishi, ya’ni “demografik portlash” jarayonini oldini olish muammosi mavjuddir. Ushbu muammoni bartaraf etishda tug‘ilishni nazorat etish uslubidan foydalaniladi. Davlat siyosati oilani demografik nuqtai nazaridan rejalashtirishga qaratiladi. Bunday siyosat Xitoy, Xindiston va qator rivojlanayotgan davlatlarda olib borilmoqda. 1> Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling