Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
∆Ptab=N-M 
N-ma’lum davrdagi tug‘ilganlar soni; 
M-ma’lum davrdagi o‘lganlar soni; 
Masalan O‘zbekiston respublikasida aholi tabiiy o‘sishini 2007 yil uchun 
yuqorida keltrilgan formula yordamida aniqlaymiz 
N
2007 - 
608,9 ming
M
2007 
-
137,4 ming 
∆P
2007 
=608,9-137,4=471,5 ming. 
Demak, O‘zbekiston aholisi 2007 yilda tabiiy harakat asosida 471,5 mingga 
ko‘paygan. Aholining absolyut tabiiy o‘sishi 471,5 ming kishini tashkil etgan.
Aholi tabiiy o‘sishini dunyo hududlari, davlatlar, alohida viloyat, tumanlar 
bo‘yicha taqqoslashda uning nisbiy ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Absolyut 
ko‘rsatkich asosida, hududlarni taqqoslab bo‘lmaydi, chunki har bir hudud 
aholisining soni turlicha bo‘lib, ulardagi tug‘ilganlar, o‘lganlar soni ham aholi 
umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi. Aholi tabiiy o‘sishining nisbiy ko‘rsatkichi aholi 
tabiiy o‘sish koeffisenti (K) orqali aniqlanadi.
Δ P
tab 
K =
* 1000 
P
Δ P
tab
– aholi tabiiy o‘sishining absolyut miqdoridagi ifodasi 


32 
P – ma’lum davrdagi aholinig o‘rtacha soni
1
T – davr, sana ifodasi. Mazkur formula yordamida O‘zbekistonda 2007 yilda aholi 
tabiiy o‘sishi koeffisientini aniqlaymiz. 2007 yil o‘zbekistonda aholini tabiiy 
o‘sishi (Δ P
tab
) 471,5 ming kishini, aholining o‘rtacha soni esa (R
2007
) 26867 ming 
kishini tashkil etgan.
K
2007
 = 
 * 1000 = 17,5 K
2007 
= 17,5 ‰
2
 
Demak, 2007 yil O‘zbekistonda har 1000 kishi hisobiga tabiiy o‘sish 
koeffisenti 17,5 kishiga teng bo‘lgan.
Aholining tabiiy harakati qator omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Ushbu omillar 
shartli uch guruhga ajratiladi.
Ijtimoiy- iqtisodiy omillar: ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari, 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholining turmush tarzi, ma’lumotlilik 
va madaniyat darajasi, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, bandligi, din, urf 
odat va qadriyatlar.
Tabiiy-biologik omillar: tabiiiy sharoit, tabiiy ofatlar, erkak va ayol 
organizmining tashqi muhitga moslashish darajasi, iqlim va uning jinsiy 
yetuklikka, farzand ko‘rish davriga, turli epidemiya va kasalliklarga ta’siri. 
Demografik omillar: aholining yosh-jinsiy tarkibi, nikoh va ajralish 
jarayonlari. Agar aholi tarkibida yoshlar salmog‘i yuqori va jinsiy mutanosiblik 
bo‘lsa, nikohga kirish, ya’ni oilalar paydo bo‘lishi uchun demografik imkoniyat 
mavjuddir. Bu hol o‘z navbatida tug‘ilishga ijobiy ta’sir etadi. Aksincha, aholi
tarkibida qariyalar salmog‘i yuqori bo‘lsa, tug‘ilish kamayib, o‘lim hollari 
ko‘payadi. 
Aholining takror barpo bo‘lishi , ya’ni avlodlar almashinish jarayoni jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlarida, davlatlarda, millatlarda o‘ziga xos xususiyatga
egadir. Ana shu xususiyatlarni aniq bilish uchun aholi takror barpo bo‘lishini 
ifodalovchi maxsus ko‘rsatkichlar, ya’ni koeffisentlardan foydalaniladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling