Jahonning regional tavsifi
Download 0.6 Mb.
|
1-М. Жахон регионал тавсифи
JAHONNING REGIONAL TAVSIFI YEVROPA Yevropadagi 44 mamlakatdan 32 tasi respublika, 12 tasi monarxiya hisoblanadi. Andorra, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya davlatlari konstitutsion monarxiya, Vatikan davlati esa mutlaq teokratik monarxiya boshqaruv shakliga ega. Yevropadagi respublikalarning katta qismi parlamentar respublikalar hisoblanadi. Ma’muriy-hududiy jihatidan Yevropadagi 6 ta davlat federativ tuzilishga ega — Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Rossiya, Shveysariya. Yevropa qit’asi 4 ta subregionga bo‘linadi: Shimoliy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, Janubiy Yevropa va Sharqiy Yevropa. Bu subregionlar Yevropa davlatlari orasidagi tabiiy, iqtisodiy va tarixiymadaniy o‘xshashlik hamda tafovutlarni hisobga olgan holda ajratilgan. Yevropa qit’asi 4 ta subregionga bo‘linadi: Shimoliy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, Janubiy Yevropa va Sharqiy Yevropa (47-rasm). Bu subregionlar Yevropa davlatlari orasidagi tabiiy, iqtisodiy va tarixiy madaniy o‘xshashlik hamda tafovutlarni hisobga olgan holda ajratilgan. OSIYO Osiyoning hozirgi siyosiy xaritasida Rossiya Federatsiyasini hisobga olmaganda, 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning ko‘pchiligi siyosiy mustaqilligiga Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda erishgan. Qit’aning eng yosh davlatlari qatoriga 1991-yil sobiq Ittifoq parchalanishi natijasida mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston davlatlari hamda 2002-yil mustaqil davlatga aylangan Sharqiy Timor kiradi. Osiyo davlatlari hududining maydoni bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Rossiya, Xitoy, Hindiston va Qozog‘iston jahonning 10 ta eng yirik davlatlari guruhiga kiradi. Yana 4 ta davlat — Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Eron va Mongoliyaning maydoni 1 mln km2 dan katta. Shuningdek, hududi 500 ming km2 dan ziyod bo‘lgan Pokiston, Turkiya, Afg‘oniston, Myanma, Yaman va Tailand ham katta mamlakatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, Osiyoda maydoni 1 ming km2 dan kichikroq bo‘lgan 3 ta davlat mavjud — Bahrayn, Singapur va Maldiv Respublikasi. Lekin, umuman olganda, Osiyoda Yevropaga nisbatan katta va yirik davlatlar sezilarli darajada ko‘p. Osiyo davlatlaridan 35 tasida dengizga bevosita chiqish imkoniyati mavjud. Bu holat ularning dengiz savdo yo‘llariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishiga imkon beradi. Osiyo davlatlarining bir qismi serqatnov dengiz yo‘llari, bo‘g‘izlar ustida (Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi kabilar) joylashgani ularning iqtisodiy taraqqiyotida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Osiyo davlatlaridan 10 tasi orollarda joylashgan — Indoneziya, Filippin, Sharqiy Timor, Singapur, Bruney, Yaponiya, Shri Lanka, Maldiv Respublikasi, Kipr va Bahrayn. Shu bilan birga Osiyoda 12 ta davlat quruqlik ichkarisida joylashgan. Dunyoning ichki kontinental davlatlaridan eng yirik ikkitasi (Qozog‘iston va Mongoliya) aynan Osiyoda joylashgan. Osiyo mamlakatlarining siyosiy tuzumida ham katta tafovutlar mavjud. Qit’adagi 47 ta davlatdan 34 tasi respublika, 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Osiyoda dunyodagi 5 ta mutlaq monarxiyadan 4 tasi (Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Bruney) joylashgan. Ma’muriy-hududiy jihatdan Osiyodagi 6 ta davlat federativ tuzilishga ega — Hindiston, Pokiston, Iroq, Malayziya, Nepal va Birlashgan Arab Amirliklari. Osiyo 5 ta subregionga bo‘linadi: Markaziy, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyo. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari Markaziy Osiyo subregionini tashkil qiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling