Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


II. BOB. Aholi soni va takror barpo bo‘lishi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
 
II. BOB. Aholi soni va takror barpo bo‘lishi 
2.1. Aholini hisobga olish 
Jamiyat taraqqiyoti davomida aholi soni va tarkibi muntazam o‘zgarib 
kelgan. Yuqorida qayd etilganidek insonlar tug‘iladi, ularning ma’lum qismi
hayotdan ko‘z yumadi, nikohga kirib oila quradi, nikohlar bekor etiladi. 
Shuningdek insonlar bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chadilar, bir ijtimoiy 
guruhdan boshqa ijtimoiy guruhga o‘tadilar. Masalan, O‘zbekistonda 2007 yil 
608,9 mingta chaqaloq tug‘ildi, 137,4 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, 254,2 ming 
kishi nikoh, 18,2 ming ajrimlar qayd etildi, 69,1 ming o‘quvchilar oliy o‘quv 
yurtlariga qabul qilindilar. Ya’ni o‘quvchilik guruhidan talabalik guruhiga o‘tdilar.
Respublikada 1926 yili 4,6 million aholi bo‘lib, ularning 22 foizi 
shaharlarda, 78 foizi qishloq hududlarida istiqomat etganlar. 2008 yilda esa 


25 
O‘zbekiston aholisining soni 27,1 millionga yetdi va ularning 35,8 foizi shahar, 
64,2 foizi esa qishloq aholisiga mansubligi haqida ma’lumotlar mavjud. Aholi soni 
uning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tarkibi davrlar, hududlar bo‘yicha doimo 
o‘zgarib turadi. Ushbu jarayon dunyoning barcha davlatlari, xalqlari va 
hududlarida sodir bo‘ladi va ular xaqida muntazam ma’lumotlar to‘plab, hisobga 
olinib boriladi.
Aholi soni va tarkibida sodir bo‘lgan barcha o‘zgarishlar iqtisodiyotning
rivojlanishiga, umuman jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Har bir 
hududning, davlatning ijimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi sonining ortib yoki 
kamayib borishi, aholining umumiy tarkibida mehnat yoshidagi aholi guruhining 
salmog‘i, ularning demografik va sifatiy shakllanib borishi, shuningdek bolalar va 
mehnat yoshidan yuqori bo‘lgan qariyalar salmog‘i ham juda muhimdir. Har bir 
davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish 
istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu 
nuqtai nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo‘yicha 
aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga 
olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari 
jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini 
hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy 
tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi
migratsiyasi haqida ham ma’lumotlar to‘planib boriladi.
Aholini hisobga olishda to‘plangan ma’lumotlarni aniqligi, to‘la qamrovi va 
muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O‘zbekiston aholisi soni tarkibi haqida 
ma’lumotlar to‘planganida, tug‘ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi 
aholi soni, eng kichik mahalla, qishloq, tuman, viloyat va shaharlar aholisi, 
ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma’lumotlar aniq va har bir yil, davr 
uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.
Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik 
holatlari hisobga olinib, ma’lumotlar muntazam to‘planib boriladi. Hozirgi davrda 
aholini hisobga olishning asosiy to‘rt turi mavjuddir: aholi ro‘yxati o‘tkazish; 
demografik jarayonlarning doimiy ro‘yxatga olish; tanlama va sotsiologik-
demografik tadqiqotlar; aholining turli ro‘yxatlari va registrlari. Aholini hisobga 
olishda eng asosiy va aniq manba – umumiy aholi ro‘yxati o‘tkazishdir. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling