Aorta aorta


Download 32.15 Kb.
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi32.15 Kb.
#1445126
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu

Tashqi uyqu arteriyasi
Tashqi uyqu arteriyasi a.carotis externa ning tarmoqlari 3 guruhga bo'lib o'rganiladi: oldingi, orqa, o'rta guruh tarmoqlari.
Tashqi uyqu arteriyasining oldingi tarmoqlari
I. Yuqorigi qalqonsimon arteriya — a.thyroidea superior: qalqonsimon bezlarni, til osti suyagini, hiqildoqni va o'mrov-to'sh-so'rg'ichsimon mushagini qon bilan ta'minlaydi. Tarmoqlari orasida hiqildoqning ustki arteriyasi— a.laryngea superior ajralib turadi. A.thyroidea superior arteriyasidan quyidagi shoxlar ajraladi:
a) r.infrahyoideus — til osti suyagi ostidagi shoxlar. U shu sohadagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi;
b) r.sternocleidomastoideus — to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon mushagiga yo'naluvchi shox;
d) r.cricothyroideus — uzuksimon — qalqonsimon shox hiqildoqni qon bilan ta’minlaydi;
e) r.glandularis anterior — qalqonsimon bez oldi shoxi;
f) r.glandularis posteriorqalqonsimon bez orqa shoxi;
g) r.glandularis lateralis — qalqonsimon bez lateral shoxi.
2. Til arteriyasi — a.lingualis tilni qon bilan ta’minlashdan tashqari, til osti suyagi va til osti mushagini, til osti so'lak bezini, pastki jag'ning til tarafidagi shilliq qavatini ham qon bilan ta’minlaydi va a.sublingualis tarmog'i deyiladi. Til arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) r.suprahyoideus — til osti suyagidan yuqorida joylashgan mushaklarni qon bilan ta’minlaydi;
b) r.r.dorsales linguae — tilning ustki yuzasini qon bilan ta’minlaydi;
d) a.sublingualis — til osti sohasini qon bilan ta’minlaydi;
e) a.profunda linguae — tilning xususiy mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
3. Yuz arteriyasi — a.facialis chaynov mushagining oldidan о'tib, og'iz burchagi sohasidan ko'zning ichki burchagigacha yo'naladi va shuning uchun oxirgi tarmoqlarini a.angularis deyiladi. Yuz arteriyasidan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) ko'tariluvchi tanglay arteriyasi — a.palatina ascendens halqumning yuqori qisuvchi mushagini, yumshoq tanglay mushaklarini va shilliq qavatini, tanglay murtaklarini qon bilan ta'minlaydi.
b) tanglay murtagining tarmog'i — r.tonsillaris.
d) jag' osti so'lak bezini qon bilan ta'minlaydigan tarmoq — a.submandibularis.
e) engak osti arteriyasi — a.submentalis til osti suyagining ustida joylashgan mushaklarni qon bilan ta’minlaydi;
o) pastki labni ta’minlaydigan arteriya — a.labialis inferior;
g) ustki labni ta’minlaydigan arteriya — a.labialis superior. Bu arteriyadan burun to'sig'iga r.septi nasi shoxi chiqadi;
g) r.r.glandulares — quloq oldi so'lak bezining shoxlari;
i) r.lateralis nasi — burun qanotlariga yo'naluvchi shox.

Download 32.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling