Apatiya, depressiya, xavotirlanish Reja


O`smirlik davrida emotsional holatlarning o’ziga xosligi


Download 43.14 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi43.14 Kb.
#1819129
1   2   3
Bog'liq
Apatiya, depressiya, xavotirlanish

O`smirlik davrida emotsional holatlarning o’ziga xosligi
O‘smirlik davrida vaqtinchalik holat kabi emotsional qo‘pollik yuzaga kelib emotsional bo‘shliqning yaqinlariga bo‘lgan keskin uzilish, atrofga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi, emotsional ta’sirlarning yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladi. Emotsional voyaga yetmaslik katta o‘smirlik – intellektual, estetik axloqiy emotsiya va qiziqishlarning sust rivojlanishida, ya’ni yuksak emotsiyalar (qayg‘urish, xavotirlanish, differensiyalangan bog‘liqlik) oilaviy hayotiga reaksiya holatlari yo‘qoladi. Emotsinal labillik – bolalar va o‘smirlar ambulator psixiatrik tajribasida ko‘pincha rezedual – organik serebral yetishmovchilikning dekompensatsiya holatida uchraydi. Rezedual - organik serebral yetishmovchilikning, shuningdek, bir necha oy yoki hafta davomida manikaldek ressiv yoki shizoaffektiv psixozning tutqanoq oldi davrini suradi.O‘smirlarda emotsional beqarorlik yoki nafrat yoki onasi kasal bo‘lganda nochorlikda qolishi, xursandchilikda va xafagarchilikda befarq bo‘lishi, bir bolani jazolashda yoki bir og‘ringanida uning ustidan kulish, yoki o‘zini idora eta olmagan holda ezmalik qilish kabi vaziyatlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davri uchun moslasha olmaslik hayajoni affektiv xulq shaklida: o‘ta achchiqlanish, ginachi, xafa bo‘lish, qaysarlik, negativizm, “qobiqlanish” ya’ni “ichimdagini top” qobilida odamlardan chetlashish, tormozlanish, emotsional beqarorlik kabi belgilar orqali ko‘rinadi. Moslasha olmaslik noadekvatlik affekti, asosida salbiy kechinmalar, o‘smir hayotida ahamiyatli bo‘lgan hayotiy ehtiyojlardan qoniqmasligi yoki ular orasidagi kelishmovchiliklar kabi belgilar yotadi. Ko‘p hollarda bu belgilar asosan, bolalarda ular uchun ahamiyatli bo‘lgan istaklarining amalga oshishi uchun qobiliyatning yetishmaganligini anglash jarayonida vujudga keladi. Bolaning istaklar darajasi odamga u uchun odatiy hol (ko‘nikma) bo‘lgan noadekvat ravishda o‘ziga baho berish vaziyatiga asoslanadi, natijada o‘smir o‘zining istaklar darajasini tushirgisi kelmaydi, shu bilan birga o‘ziga beriladigan bahoni pasaytirishga yo‘l qo‘ymaydi. Emotsional noadekvatlik – psixopatiya, patologik pubertat krizis, epilepsiya, ayniqsa shizofrinil jarayonlarida vujudga kelib, psixoz tizimini va hatto jinoyat sodir etish holatiga olib keluvchi shaxsiy defekt belgilarni qo‘zg‘aydi.
Istaklar darajasi bilan o‘smirning real imkoniyatlar o‘rtasidagi farq anglay olmaydigan ichki ziddiyatni keltirib chiqaradi. O‘zining ilojsizligini tan olish, mavjud bo‘lgan odatiy baho berish ehtiyojini saqlab qolish bilan kesishadi, lekin bola buni istamaydi va bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shundan o‘smirning mag‘lubiyatiga bo‘lgan noadekvat reaksiyasi vujudga keladi: yoki u o‘zining mag‘lubiyatini inkor etadi, yoki unga aqlga sig‘mas fantastik izoh beradi. U o‘ziga berilgan bahoni o‘zgartirishga hech ham yo‘l qo‘ymaydi, o‘zidagi omadsizlikning sababi o‘zidagi kamchiliklarda emas, balki boshqa narsada bo‘lishi mumkin deb e’tirof etadi. Natijada affektiv reaksiya yuzaga keladi. Bu holda affektiv reaksiya himoya vositasi sifatida bolaga omadsizlikka uchrash jarayonida o‘ziga baho berish va istaklar darajasini pasaytirmaslikka ya’ni, noadekvat reaksiya, bolaning ongiga o‘zining noshudligi to‘g‘risidagi hech qanday fikricha ham o‘rin qoldirmaydi. Ko‘pgina adabiyotlarda pubertat yoshda depressiv xastaliklarning keng tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud, ayniqsa – delinkvent o‘smirlarda, depressiyadan tashqari, odatiy hol bo‘lib qolgan bezovtalik, kontaktning buzilishi, agressiya va g‘azablanish kuzatiladi. Bezovtalanish salbiy emotsional holatlardan biri bo‘lib, (zo‘rlash holati, depressiya, nevroz, affektiv holat va boshqa) quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: (A.E.Lichko, 1979, Yu.S.Shevchenko, 1973) senzitiv, shizoid, shuningdek gipertim – eksplozitiv va astenonevrotik xususiyat tiplari. Oxirgi aksentuatsiya tipi nevrostetik doirasidagi nevrotik reaksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, buning asosida rivojlanish nevrozi (V.N.Myasishev 1960) yoki nevrotik rivojlanish (O.V.Kerbyakov, 1961; T.K.Umarov, 1978: V.VKobalev, 1979; B.D.Korvorarskiy, 1980). 12 yoshdan 16 yoshgacha bo ‘lgan o‘smirlarda bezovtalanish darajasining o‘sishi proyektiv testi orqali o‘rganiladi. (I.S.Kon), (65,66) 12 – 16 yoshda dismorfobil sindromining eng yuqori darajasida bo‘ladi. (jismoniy yetishmovchilik, kamchilik alaxsirash) o‘smirlarda o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji 5 sinfdan 9 sinfgacha saqlanib qoldi. Salbiy emotsiyalar, ayniqsa bezovtalik birinchi navbatda omadsiz muloqotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bezovtalik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlarda asosan ajralib turish, atrofdagilardan o‘z fikri va hissiyotini yashirishga harakat qilish xususiyati mavjud bo‘ladi.
Shu bilan birga, ularga atrofdagilardan katta e’tibor talab qilish va ularning qo‘llab-quvvatlashiga kuchayadi va o‘ziga tor, emotsional jihatdan qulay muloqot doirasidan hamkor tanlash tashabbusi va faolligi kuchli kuchli bo‘ladi. Boshqa o‘smirlar singari muloqot ular uchun ehtiyoj va ijobiy emotsional manbaidir, lekin faqatgina o‘zi tanlagan kishilar bilan. O‘smirning bezovtaligi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar va sotsiometrik statusi (ijtimoiy holati) bir-biriga zid va turli xilda bo‘ladi. Masalan, A.M.Prixojyan bunday bog‘lanishni kichik o‘smirlik yoshida juda past darajada namoyon bo‘ladi, deb izohlaydi va bunda bezovtalangan bolalar o‘z tengdoshlari orasida har xil vaziyatda bo‘ladilar - yoqimtoylikdan to jirkanchlik holatida bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi. Bezovtalanish mexanizmining rivojlanishi jarayoni bolani holsizlanishga va apatiya, depressiya holatiga olib keladi. Bunday vaziyatda shaxsiy qiziqishlar yo‘qolib, bezovtalanishni keltirib chiqaruvchi zaddiyatlarni pasaytirishga olib keladi. Energetik imkoniyatlarning pasayishi ko‘p hollarda keyingi yosh davrlar jarayonida regressiyaga olib keladi. Salbiy emotsional holat, ayniqsa bezovtalik o‘smir o‘z tengdoshlari tomonidan rad etilgan yoki unga nisbatan kichkina bolaga bo‘lganday vujudga keladi. Bezovtalanish hissi tengqurlar guruhida referent baholanishi natijasi bilan shaxsiy kutilgan natijalarning bir-biriga mos kelmasligi natijasida vujudga keladi. Shuni aytish joizki, qiz bolalar har xil kamsitish va e’tiborsizliklarga juda ta’sirchan bo‘ladi. Shunday qilib, o‘smirlik yoshi salbiy emotsional holatning asosiy turlari ko‘rib chiqildi, bu muammo bo‘yicha ko‘pgina adabiyotlar mavjud, lekin bu muammoning yechilishi noaniq va turli tumandir. Mazkur ish muammoning murakkabli va amaliy zarurat tug‘ilganligi natijasida vujudga keladi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI


1.I.A. Karimov Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008.
2.Adizova T.M. O`quvchilarning shaxslararo munosabatlarini psixologik diagnostikasi va korrektsion ishlari.- Toshkent, TDPU, 1997.
3.Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi halq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
4. Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU, 2004 y
5. Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiev S., To`laganova SH. Psixodiagnostika. O`quv qo`llanma. -Toshkent , 2008. 7.Davletshin M.G., To`ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2002.
6.Jalilova S. “Shaxs va shaxslararo munosabatlarni o`rganishning proektiv metodikalari”, Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2006.
7.Kamilova N.G. Muammoli o`smir: tashxis, tadqiqot metodlari. O`quv qo`llanma. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2004.
8. Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
9. G`oziyev E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1- kitob Toshkent «Universitet» nashriyoti , 2002.
10. G`oziyev E., Holmuhammedov M., Ibroximov X. Psixologiya metodologiyasi. Psixolog mutaxassisligi uchun o`quv qo`llanma. Toshkent M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, 2002.
11. Internet kutubxona: 1. www.google.uz 2. www.psy.ru 3. www.ziyonet.uz 4. www.doc.uz
Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling