Baholash mezoni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” Nizomga asosan Toshkent amaliy fanlar universitetining 2022-yil ___ oktabrdagi 1-soni kengashi qaroriga ko‘ra qabul qilingan Balholash mezoni muvofiq talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
90-100 ball «5-a’lo» - talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
70-89,9 ball «4-yaxshi» - talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
60-69,9 ball «3-qoniqarli» - talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
0-59,9 ball «2-qoniqarsiz» - talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
Ballar taqsimoti:
Joriy nazorat - 40 ball.
Oraliq nazorat - 30 ball.
Yakuniy nazorat - 30 ball.
Jami: 100 ball
Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat);
- mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
- asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish;
- mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
- nazoratning barcha turlarini o‘z vaqtida bajarish.
talabalarini “JAHON TARIXI” fanidan baholash me’zoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |