Appraisal project consult group
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi
Download 1.46 Mb.
|
Xalqaro to’lov tizimlari va ularni tashkil qilish prinsiplari
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
operatsiya kuni — farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri; tashabbuskor — to‘lovni amalga oshirish uchun farmoyish bergan shaxs; to‘lov — pul majburiyatini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish yoxud pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish; to‘lov agenti — bank yoki to‘lov tashkiloti bilan to‘lov xizmatlari ko‘rsatish uchun agentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaxs; to‘lov vositasi — to‘lovni amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan yoki foydalaniladigan to‘lov hujjati yoki elektron to‘lov vositasi; to‘lov subagenti — to‘lov agenti bilan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha subagentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor; to‘lov tashkiloti — bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs; to‘lovchi — to‘lov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs; to‘lov xizmati — to‘lov xizmatini yetkazib beruvchining to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati; to‘lov xizmatlari bozori — to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish, shuningdek to‘lov vositalarini chiqarish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar majmui; to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi — to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchining to‘lov xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxs; farmoyish — to‘lov tashabbuskorining to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchiga to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi bo‘lib, u elektron to‘lov vositasidan yoki masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalanilganda to‘lov hujjatlari shaklida yoki to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining roziligi ko‘rinishida ifodalanadi; elektron pullar — elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling