Kanada sanoati
Download 71 Kb.
|
Kanada sanoati referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanada rivojlangan iqtisodiy-agrar davlatlar qatorida.
KANADA SANOATI Reja: Kanadada ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi; Kanadada eksportning importdan yuqoriligi; Kanadaning jahon bozorida tutgan o’rni; Kanada rivojlangan iqtisodiy-agrar davlatlar qatorida. Poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasini tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Kanadaning qadimgi xalqi — eskimos va indeyslar. XV asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605-1608). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. XVII asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi — Yangi Shotlandiya vujudga keldi. XVII asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush (1756-1763) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791-yil Kvebek ikki viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi. Kanada uchun boʻlgan Angliya-Amerika urushi(1812-1814) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun harakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari ("vatanparvarlar") partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. XIX asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, "Kanada dominioni" nomi bilan federatsiya tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard oroli (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos boʻldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% koʻpaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900—17 yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. Birinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Birinchi jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya taʼsiri susaydi. 1919—20 yilgi Parij konferensiyasida Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada Millatlar Ligasiga vakil yuborish huquqini qoʻlga kiritdi. 1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933-yil boshida ishsizlar 1,3 million kishidan ortdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod boʻldi. Ikkinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani xomashyo, oziq-ovqat, qurol-yarogʻ bilan taʼminlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939—45 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2,5 baravar ortdi. 1960-yillardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni koʻzlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-yilda Kvebek suvereniteti xususida oʻtkazilgan referendumda suverenitetga qarshi boʻlganlarning 50,6% ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada — 1945-yildan BMTaʼzosi. 1991-yil 25 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 7-aprelda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 1-iyul — Kanada kuni (1867). Kanada — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,2%. Aholi jon boshiga mineral xomashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kvt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlar yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivsozlik). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash zavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, Niagara Fole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Qishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning, arpa hosilining katta qismi chetga chiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60% ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi. Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning kata qismi Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan. 94,3 ming km temir yoʻl va 850 ming km avtomobil yoʻli bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk koʻllar, Lavrentiy daryosidagi suv yoʻllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Montreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shimolida) juda katta. Asosiy aeroportlari Montreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada. Kanada chetga avtomobil, qogʻoz, bugʻdoy, yogʻochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va boshqalae chikaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, koʻmir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya. 1989-yilda Kanada bilan AQSH oʻrtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992-yilda Shimoliy Amerika erkin savdo mintaqasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama (AKSH—Kanada —Meksika) bitim imzolanishi bilan Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti bilan birlashuvi va uning Shimoliy Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tezlashdi. Pul birligi — Kanada dollari. Energetika- mamlakat yoqilg'i energetika balansida birlamchi energiya manbalari xissasiga neft 35 foiz, tabiiy gaz-37 foiz, ko'mir-13 foiz, gidroenergiya resurslariga 9 foiz, atom energiyasiga 2,4 foiz to'g'ri keladi. Mamlakatning neft va tabiiy gaz qazib oluvchi asosiy rayonlari Britaniya Kolumbiyasi Albert va Soskachevan provinsiyalarida joylashgan. Bu yerda g'arbdan sharqga qarab transkanada quvirlari o'tkazilgan. Mamlakatda qazib olinayotgan neft va gaz asosan AQShga eksport qilinadi. Biroq Kanadaning sharqiy provinsiyalari neftni chetdan import qiladi. Kanada rivojlangan neftni qayta ishlash sanoatiga ega. Mamlakatning yirik neftni qayta ishlash zavodlari Monreal, Sarnii, Vankuver, Edmonton shaharlarida joylashgan. Kanadada toshko'mir asosan g'arbiy provinsiyalardan qazib olinadi. Mamlakatda yiliga 75 mln tonnaga yaqin toshko'mir qazib olinadi. Kanadada qazib olinayotgan jami ko'mirlarning yarmi (37 mln tonna) Albert provinsiyasida Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida 24 mln tonna qazib olinmoqda. Bu yerdan tinch okean portlari orqali ko'mir Yaponiyaga eksport qilinadi. Mamlakatning sharqida ko'mir Yangi Shotlandiya provinsiyasida qazib olinmoqda. Kanada elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi mamlakatlar guruxiga kiradi. Mamlakatda yiliga 535 mlrd kvt\soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning katta qismi ya'ni 60 foizi Gidroelektro stansiyalar (GES) ga to'g'ri keladi. Tog'-kon sanoati- mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda tog'-kon sanoati mamlakat eksport qiymatida 30 foiz ulushni tashkil etadi. Kanadada yiliga 35 mln tonna temir rudasi, 88 mln tonna kaliy tuzlari, 150 tonna oltin, 1203 tonna kumush, 10,4 tonna uran (Soskachevan provinsiyasining shimolida joylashgan Ki-Leyk koni-dunyodagi uran qazib chiqariladigan yirik kon) qazib chiqariladi. Kanada nikel, rux, asbest, kaliy tuzi qazib chiqarish bo'yicha g'arb mamlakatlari orasida birinchi o'rinda turadi. Mamlakat qo'rg'oshin, mis, kumush, oltin, temir rudasi, tabiiy gaz qazib chiqarish bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Ko'pgina qazilma konlar mamlakatning janubida joylashgan. Ontario provinsiyasida Saberi mis, nikel koni, Elliot-Leyk, Blaind-riven, uran koni, kvebek provinsiyasida noronda mis koni, Shefferfild temir ruda koni, Soskacheban provinsiyasida estereyezi kaliy tuz koni, Ki-Leyk uran koni, Manitoba provinsiyasida Tompson nikel konlari joylashgan. Mamlakatning Kanada-Arktika arxipelagida polimetall hamda neft va tabiiy gaz konlari Shimoli g'arbiy hududlarda esa polimetall konlari joylashgan. Qora metallurgiya-sanoati mahalliy kapital negizida shakllangan. Yiliga 13-15 mln tonna po'lat ishlab chiqariladi. Mamlakatning yirik metallurgik markazlari Atlantika qirg'oqbo'yi va Ko'l bo'yida joylashgan. Yirik metallurgik markazlarga Gamilton, Su- Sent- Mari, Uellend, Sidni kabi markazlarni misol keltirish mumkin. Rangli metallurgiya-mazkur sanoat tarmog'ining rivojlanishida AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi mavqei kuchli. So'nggi yillarda mamlakatda rangli metallar ishlab chiqarishda (mis,qo'rg'oshin,nikel, rux) katta yutuqlarga erishildi. Kanada alyuminiy ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda AKShdan keyin ikkinchi, uni eksport qilish bo'yicha esa birinchi o'rinda turadi. Mamlakat alyuminiy sanoati mahalliy gidroenergetika resurslari va import asosida tashib keltiriladigan xom-ashyo negizida shakllangan. Kanadada rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha bir qancha yirik korxona va markazlar shakllangan. Mashinasozlik sanoatiga- jami sanoat mahsulot qiymatining va qayta ishlash sanoatida band sanoat ishchi xodimlarining 30 foizi to'g'ri keladi. Mamlakatda tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan mashinasozlik tarmoqlari ichida transport (avtomobilsozlik, kemasozlik, temir yo'llarining harakatlanuvchi sostavlari) va qishloq xo'jalik mashinasozligi alohida ajralib turadi. Mamlakatda energetika hamda tog'-kon va o'rmon sanoati uchun asbob uskunalar ishlab chiqarish rivojlantirilgan, bo'lib Toronta, Monreal, Gamilton, Ottava, Galifaks, Vankuver kabi mashinasozlikning muhim markazlari shakillangan. Kimyo sanoati-ushbu sanoat tarmog'i asosiy ximiya, mineral o'g'itlar, polimerlar, platmassalar, sintetik mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kanada mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 4-chi o'rinda turadi. Mamlakatda Sarniya, Monreal, Toronta, Niagara-Fols, Kitchener kabi kimyo sanoatining muhim markazlari ishlab turibdi. O'rmon sellyuloza-qog'oz sanoati- mamlakatning boy o'rmon resurslariga tayanib, so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Mazkur tarmoqda asosiy ishlab chiqarish mamlakatning sharqiy qismida va yirik gidroelektr stansiyalar joylashgan rayonlarda to'plangan. So'nggi yillarda sellyuloza-qog'oz ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakatning g'arbida Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida, Manitoba provinsiyasining shimolida, Albert, Soskachevan provinsiyalarida ham qurib ishga tushirildi. Kanada yog'och va qog'oz mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatlardir. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling