Aqli zaif bolalar haqida tushuncha


Download 18.59 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi18.59 Kb.
#1110629
Bog'liq
AQLI ZAIF BOLALAR HAQIDA TUSHUNCHA. Maqola. SH.S.Q


AQLI ZAIF BOLALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Shermamatova Sevinch
JDPU, Maxsus pedagogika(oligofrenopedagogika)
1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqoladan aqli zaif bolalarning umumiy ahvoli, ularning nutqi, bilish qobiliyati, fikrlash va tafakkur doirasidagi buzilishi hamda kamchiliklari haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Yer yuzida 7830milliarddan ortiq aholi mavjud bo’lib, ularning hech biri bir-biriga o’xshamaydi. Shuningdek, bolalar ham xuddi shunday. Ularning hech biri bir-birini takrorlamaydi va har birining o’ziga xos tafakkuri, xarakter va qobiliyatlari mavjuddir.
Bolaning shaxs sifatida tarkib topishi dunyoga kelganligining ilk kunlaridanoq boshlanadi. Ya’ni bola eshitadi, ko’radi, ovoz chiqaradi va tashqi ta’sirlarni sezadi. Ulg’aygani sari gapirishni, fikrlashni, tashqi muhitga javob reaksiyasi qaytarishni boshlaydi va hayoti davomida o’qish-yozishni o’rganishi tufayli uning qobiliyatlari takomillashib boradi. Ammo bolaning xoh ona qornida bo’lsin, xoh tug’ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo’lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida xuddi shunday rivojlanishda ortda qolgan, alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari bilan shug’ullanadi. Bu fanning yo’nalishlaridan biri bo’lgan oligofrenopedagogika fani aqli zaif bolalar bilan korreksion(yunoncha-«tuzatish») va adaptatsion(lotincha «adaptatio»-moslashuv) mashg’ulotlar olib boradi.
«Oligofrenopedagogika (grek tilida «oligos»-kam, «fren»-aql degani) – aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o’qitish haqidagi fan bo’lib, defektologiyaning bir qismi hisoblanadi. Pedagogikaning umumpedagogik va didaktik tamoyillarini qo’llash aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasida o’ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Ta’limiy materiallarni tanlash, mehnat tayyorgarligini aniqlash, aqli zaif bolalarni jismoniy rivojlanish ishlari tuzatish mazmunini kasb etishi kerak.»i
Anomal bolalar bilan ishlashda eng avvalo uning psixologiyasi o’rganiladi va uning qiziqishlariga qarab ular bilan tuzatish ishlari olib borish boshlanadi.

i P.M.Po'latova . G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005-y. , 7-bet.

Odam anatomiyasi fanidan ma’lumki, miyaning ishlashi uchun katta energiya sarflanadi. Agar miya ishining faolligi me’yordan kam bo’ladigan bo’lsa, o’z-o’zidan energiyaning barchasi jismoniy kuchga beriladi. Aqli zaif bolalarda ham aqliy faoliyati jismoniy faoliyatiga nisbatan ancha sust bo’lganligi bois kuchi ko’p va mehnatga o’gatilsa, ulardan yaxshi yordamchilar yetishib chiqadi.


Aqli zaiflikning yengil darajasi debil darajasi hisoblanib, F70-yengil darajali anomal bolalar yordamchi maktablarga o’qishga qabul qilinadi. Ularga fanlar ancha yengil va sodda ko’rinishda o’rgatiladi hamda mayda motorikani rivojlantiruvchi mashg’ulotlar olib boriladi.
Aqli zaiflikning mohiyatini nuqsonning moddiy asosi bilan bog’lab, bunga bosh miyaning organik buzilishini ko’rsatadilar. Boshqacha qilib aytganda, aqli zaiflikning moddiy asosi sifatida kasallangan, ya’ni organik shikastlangan bosh miya e’tirof etiladi. Bu kasallik natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma’noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi.
Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha oliy asab faoliyatlari buzilgan bo’ladi. Patologik buzilishlar shartsiz reflekslarning hosil bo’lishida ham namoyon bo’ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarida ham o’z aksini topadi.
Aqli zaif bolalar bosh miyaning organik buzilishining chuqurligiga ko’ra 3turga: debil(yengil), imbesit(o’rta), idiot(og’ir) bo’linadi.
Debil darajasi birmuncha yengil daraja bo’lib, oligofreniyaning eng ko’p tarqalgan turidir. Yordamchi maktabga bolalarni saralash vaqtlarida asosan shu bolalar bilan ish olib boriladi. Yordamchi maktab o’quvchilarining asosiy qismini ham debil bolalar tashkil etadi. Bu bolalarning aqliy nuqsoni darajasi chuqur bo’lmaganligi bois umumlashtira oladilar. Bog’cha yoshi davrida sodda mazmunli o’yinlar tashkil etiladi va bolaga boshlang’ich bilimlar berib boriladi. Maktab yoshi davrida esa ma’lum muayyan holatlarni baholash qobiliyatiga ega bo’ladilar. Nutqi asosan saqlangan bo’lib, mexanik xotirasi nisbatan yaxshi natija beradi.
Imbesit darajasi debil darajadan birmuncha og’ir bo’lib, bunda oligofreniyaning o’ziga xos xususiyatlari birmuncha yaqqol ko’rinadi. Bu muayyan holatlarda umumlashtira olmaslik, hattoki eng oddiy tushunchalarni hosil qila olmaslik, fikrlarini ifodalab berishda qiynalishi bilan ajralib turadi. Imbetsil bolalarda mantiqiy fikrlash jarayonlari juda past bo’ladi, o’qigan materialning mazmunini ilg’ab ololmaydilar. Ko’rish va eshitish analizatorlari qabul qilgan axborotlarni tahlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab qolishda qiynaladilar, o’xshash tovushlarni bir-biriga aralashtirib yuboradilar. Kitobdagi matnlarni o’qiydi, ammo mazmunini tushunmaydi va tushuntirib ham berolmaydi. Hisob-kitob qila olmaydi, bor-yo’g’i 10gacha sanashni biladi, xolos.
Oligofreniyaning eng og’ir darajasi idiotlik bo’lib, ular idroklarida rivojlanmaganlik yaqqol ko’rinadi. Atrof-muhitga bo’lgan munosabati mos emas. Ular o’z shaxsini aniq bilmaydilar. Ularda tafakkur, fikrlash, xotira deyarli yo’q. Idiotlar nutqi aqliy nuqsonining chuqurligiga bog’liq. Ularning nutqi bir-biri bilan bog’lanmagan so’zlardan, aksar hollarda esa ma’nosiz tovushlardan iborat bo’ladi.
Respublikamizda nuqsonlilarga yordam xalq ta’limi, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirliklari bilan hamkorlikda olib boriladi. Ular uchun alohida maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktablar va maxsus kasb-hunar maktablari ochilgan. Bunday maxsus muassasalar uchun kadrlarni ko’paytirish maqsadida OTMlarda maxsus pedagogika yo’nalishlari uchun talabalar qabul qilinmoqda va yetuk kadrlar tayyoqlanmoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. M.U.Xamidova. MAXSUS PEDAGOGIKA. T.: «Fan va texnologiya», 2018, 17-18-betlar.

  2. P.M.Po’latova. MAXSUS PEDAGOGIKA. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005-y, 7-8-, 17-18-, 22-25-betlar.

Download 18.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling