"Aqliy hujum"


hal qilish hal qilish hal qilish hal qilish


Download 50.05 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi50.05 Kb.
#1581160
1   2   3   4
Bog'liq
METODLAR

hal qilish hal qilish hal qilish hal qilish


Ta’rifi
Muammoni qo`yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta’riflash va yechib ko`rishga imkon beradi.
Strategiya:

  1. Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-3 varag`i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg`alari).

  2. YUqoridagi «suyagiga» muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari, o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi.

  3. To`ldirilgan sxemaning taqdimoti.



Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan foydalanganda.


Afzalliklari
Ushbu sxema muammolarning o`zaro bog`liqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyinchiliklar
Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.


«Insert» metodi
Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:
Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa; S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa; D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.

So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.


O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
SHundan so`ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.


Download 50.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling