Aqliy tarbiya


Download 163.54 Kb.
bet8/19
Sana03.02.2023
Hajmi163.54 Kb.
#1149547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
7 mavzu Tarbiya turlari ma\'naviy axloqiy

Ekologik ta`lim deganda o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta`lim-tarbiya umumiy ta`lim-tarbiyaning tarkibiy qismi bo`lib, maktabda barcha fanlarni o`qitishda amalga oshirilishi ko`zda tutiladi. ekologik ta`lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlar tabiat boyliklarini tejab-tergansha, tabiatni muhofaza qilishga o`rgatila boriladi. Atoqli pedagog V.A. Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” asarida “Men bolalar «Alifbeni ochib, birinchi so`zini hijjalab o`qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim”17 deb ta`kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o`quvchilarni o`z maktabini, yashaydigan muhiti - shahar va qishloq ko`chalarini ko`kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat avvalo oiladan boshlanadi.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • Atrof muhit va uning shaxs ma`naviy dunyosiga ta`siri;

  • Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;

  • Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi;

  • O`z yashash joyi, shahar va qishlog`i, oila va maktab hovlisini ko`kalamzorlashtirishda, hatto, sinf xonasidagi o`simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;

  • Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;

  • Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning naunalari;

  • Oiladagi maktabdagi tabiatni, o`simliklar va hayvonot dunyosini e`zozlashga o`rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;

  • Tabiatga ongli munosabat jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;

  • Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an`ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e`tiborni kuchaytirish.

O`quvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:

  • Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog`lanish;

  • Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;

  • Atrof-muhitni ifloslanishlardan saqlash;

  • Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.

Ekologik tarbiya berishda ta`lim tizimida o`qitilayotgan deyarli barcha fanlarning imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Jumladan, biologiya, ximiya, iqtisodiy geografiya, fizika, astronomiya fanlarini o`qitish jarayonida ham o`quvchilarga ekologik tarbiya berib boriladi.
Ekologik ta’lim tarbiya quyidagi asosli bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. O’quvchilarni tabiat go’zalliklarini sevish,ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari , tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlar,inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. O’quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash.Tabiatni sevish ,undan to’g’ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash kishilarda tabiat oldida masuliyatni anglash malakasini xosil qiladi. Tabiatning normal holati uchun fuqoralik masuliyatini anglash malakasini xosil qiladi.Tabiatning normal holati uchun fuqarolik masuliyatini to’la anglash ekologik ta’lim va tarbiyaning ifodasidir.
Kishilarda tabiat qonunlariga to’la rioya etish to’g’risida va bu sohada vatan ,xalq ,davlat va kelajak avlod oldidagi burch tuyg’usi va masuliyat hisi xosil etilsa, ularda ekologik ong va tafakkur xosil bo’lmaydi. Ekologik ong va tafakurga ega bo’lgan kishi o’z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’rib, ongli ravishda ish tutadi.
Bolalarda ekologik xususiyatdagi tasavvurlarini kengaytirishda tarix va geografiya fanlarining imkoniyati katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval o’lkamiz tabiati qanday bo’lgan , o’simlik va xayvonot olami qanday bo’lgani kabi savollarga javob topish mumkin. Ona tili darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga mexr uyg’otishi qo’l keladi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar tabiatidagi salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar inson sog’ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan: Respublikamizda 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular xavoga 1500 tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib kelishi mumkinligini misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi.
Ekologik yo’nalishdagi to’garaklarda bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof muxitni sevishga o’rgatilib boriladi.
To’garak mashg’ulotlarida o’tiladigan "Tabiatni e’zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekologiya va inson", "Orol madad so’raydi", "Qushlar bizning do’stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O’qituvchining bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berishda xalqimizning o’ziga xos milliy tarbiyasidan o’rinli foydaanishi yaxshi samara beradi.
Masalan, "Soyasidan xalq foydalanib to’rgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do’zaxga maxkum etur", "Qaysi musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt o’tkazsa, so’ng uning mevasidan kush yeki xayvon yesa, uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi" kabi hodisalarda ekologiyaga oid tushunchalar bordir.
Qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro’z bayrami, xirmon to’yi kabi bayramlar ham o’quvchilarga ekologik tarbiya berishda katta ahamiyatga ega.

Download 163.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling