"Aqlli" (aqlli) boshqaruv. Modellashtirish, prognozlash va boshqarish uchun neyron tarmoq texnologiyalari


Download 72.83 Kb.
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi72.83 Kb.
#1229503
1   2   3   4
Bog'liq
Xabibullayeva Yulduz 21-133 st

Baliqlar ham «aqlli» bo‘ladi
Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog‘dorchilik yoki chorvachilikda, balki baliqchilik sohasida ham o‘z samarasini bermoqda. Baliqlar migratsiyasini kuzatib borish va baliq ovlash uchun eng yaxshi joyni tanlash, ozuqa namunalarini tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik qurilmalar, monitorlar yoki GPS datchiklari yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Shuningdek, suvning sifati haqida ham ma’lumot olish mumkin.
Sarmoyalar
Qishloq xo‘jaligidagi AT-muvaffaqiyatlar investorlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, 2016-yili «CropX» (fermerlar uchun smart-texnologiyalar ishlab chiqaruvchi AQSh kompaniyasi) «Lab IX» va «Robert Bosch Venture Capital GmbH» vositalariga sarmoya kiritdi. «Trimble Navigation» va «Avidor High Tech France», «Precision AG» va «Agrinetix» singari yuqori professional kompaniyalarning o‘zaro hamkorligi intellektual qishloq xo‘jaligi ishlanmalarida umumiy zanjirni tashkil etadi. Bu korporatsiyalar dehqonchilik ishlanmalariga sarmoya kiritishdan katta daromad olishni juda yaxshi tushunadilar.
Yaqinda qishloq xo‘jaligida standartlar joriy etish va narsalar interneti amaliyoti sur’atini oshirish hamda Yevropada aqlli dehqonchilikning umumiy rivojiga turtki berish uchun «Internet of Food and Farm 2020» (IoF2020) loyihasi ishga tushirildi. To‘rt (2017–2020) yilga mo‘ljallangan bu loyiha qishloq xo‘jaligi, go‘sht, meva-sabzavotlar va sut ishlab chiqaruvchi fermalardan iborat 19ta tarmoq vakillarini birlashtirgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  • Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5853-sonli farmoni 2019-yil 23-oktabr.
  • Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4575-son Qarori 2020-yil 28-yanvar 3. Т.И.Есполов “Цифровизация – ключевой фактор развития АПК” 2019 г.
  • В. И. Бельский “Преимущества и проблемы цифровизации сельского хозяйства” 2019 г
  • Nuno Geada Change “Management in the Digital Economy: Model

  • Proposal” International Journal of Innovation in the Digital Economy (IJIDE) 11(3) 2020 DOI: 10.4018/IJIDE.2020070103

Download 72.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling