Aqlli biznes
Download 49 Kb.
|
[Rustamaliyev M. H]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
“AQLLI BIZNES” – SHOULARINING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI Rustamaliyev Mirjalol Hayrullo o’g’li - Namangan davlat universiteti Ijtimoiy madaniy faoliyat yo’nalishi talabasi Annotatasiya: Ushbu maqola odamlar shuurini band etib borayotgan o‘yinlar, yutuqli teleshoular, savdo bozorida xaridorlar auditoriyasini o‘ziga tortishga qaratilgan jilvagar lotereya o‘yinlari va ularning yoshlar ongiga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Aksiya, xamr va qimor, lotereya o‘yinlari, teleekran, «Boriga baraka», «Omad shou», «Millioner shou», «Oltin kalit», aqlli biznes g‘oyalari. Islom dinida qimor taqiqlangan va harom qilingan illat hisoblanadi. Buning kasofatidan qanchalab odamlarning hayoti izdan chiqqaniga misollar juda ko‘p. Biroq taassufki, insoniyatning o‘ziday ko‘hna tarixga ega qimor zamonlar osha taraqqiylashsa taraqqiylashdiki, urfdan qolgani yo‘q. Kundan-kunga ommalashib, odamlar shuurini band etib borayotgan o‘yinlar, yutuqli teleshoular, savdo bozorida xaridorlar auditoriyasini o‘ziga tortishga qaratilgan jilvagar lotereya o‘yinlari chetdan qaraganda ko‘ngilochar dastur, reklama yoki raqobat maydonidagi o‘ziga xos kurashga o‘xshab tuyulsa-da, mohiyatan muqaddas kitoblarda taqiqlangan qimor o‘yinining aynan o‘zidir, G‘olib mag‘lubdan biror narsa oladigan har bir o‘yin - qimor hisoblanadi. Qur’oni Karimda shunday deyilgan: «Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun naf bor, biroq gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. Sen «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz». («Baqara» surasi, 129-oyat)1 Imom Shamsuddin “Gunohi kabiralar” asarining 28-gunohi kabira bobida shunday deyiladi: Alloh taolo aytadi: «Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz!..» (Baqara surasi, 188). Ya’ni, bir-biringizning molingizni – haqqingizni yemangiz. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Ya’ni, nohaq, yolg‘on qasam bilan kishi birodarining molini o‘ziniki qilib olishdan qaytardi». Birovning haqini yeyish ikki xil bo‘ladi: zulm orqali – tortib olish, xiyonat, o‘g‘rilik, hazil va o‘yin orqali – qimor va boshqa bekorchi ermaklar kabi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq sho‘ng‘iydilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur» (Buxoriy rivoyati).2 Teleekranlarimizni «bezab» turgan va keyingi paytlarda go‘yoki kim o‘zarga har bir kanalda tashkil etilayotgan, mohiyatan esa qimorni eslatuvchi ko‘rsatuvlarni bir ko‘z oldingizga keltiring: Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling