Aqlli biznes
«Boriga baraka», «Omad shou», «Millioner shou», «Oltin kalit»
Download 49 Kb.
|
[Rustamaliyev M. H]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
«Boriga baraka», «Omad shou», «Millioner shou», «Oltin kalit»... Ular shakl jihatdan biroz farq qilsa-da, ammo barchasining negizida ko‘pchilikning pulidan kamchilikka foyda keltirish, mehnat qilmasdan oson pul topish, o‘zgalarning hisobidan birpasda boyib ketish – mashinali yoki uyli bo‘lib qolish kabi noto‘g‘ri g‘oyalar mujassam.
Meni oddiy inson sifatida ko‘rsatuvni berilib tomosha qilayotgan ota-onalar, ularga qo‘shilib zavqlanayotgan va ich-ichidan oson mashinali, qimmatbaho buyumli yoki uyli bo‘lish istagi tug‘ilayotgan xalqimizning o‘y-xayollarida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar xavotirga solmoqda. Ayting-chi, bu kabi yengil-yelpi, dinimiz ahkomlariga to‘g‘ri kelmaydigan aqidalarga tayangan shoularning jamiyatimizga qanday foydasi bor? Umuman, biz bu ko‘rsatuvlar orqali yosh avlodga nima beryapmiz? Albatta, biz nazarda tutayotgan o‘yinlarni intellektual yutuqli o‘yinlar bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. Inson bilimi, tafakkuri va fikrlashi orqali yutuqqa erishishini targ‘ib qilish yoshlarimizni o‘z ustida ishlashga, yoshlikda sabr-toqat bilan ilm egallab, jamiyatga kerakli inson bo‘lish mumkinligini anglab yetishga yordam beradi. Yutuqli shou o‘yinlari esa o‘zganing hisobidan boyishni targ‘ib etgani tufayli yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ehtimol, shundanam vahima yasash kerakmi, bular bir ko‘ngilochar dasturlar-ku dersiz? Ammo bitta bo‘lsin, ikkita bo‘lsin, barcha kanallarda yoppasiga lotereyali o‘yinlarning urchib ketishi, buning ustiga salqin, energetik ichimliklar, qotirilgan non bo‘lakchalari kabi inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan konservantlar qo‘shilgan yegulik mahsulotlari savdosigacha lotereya o‘yinlari orqali yoshlar, ayniqsa, o‘quvchi bolalarning e’tiborini tortishga erishayotganiga nima deysiz? O‘sha mahsulotlar tabiiy va sog‘lom, salomatligimiz uchun foydali bo‘lsa ham mayli edi... Ammo ana shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan firmalar energetik ichimliklar va ularning inson salomatligiga – jigar, yurak va asab tizimiga salbiy ta’sir etishi haqida odamlar qanchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgani sari, yoshlar va aholining ishonchini yo‘qotmaslik uchun tobora rang-barang reklama yo‘llarini izlab topmoqda. Afsuski, yutuqli shou ko‘rsatuvlari mehnatsiz imkoniyatni targ‘ib etish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, endilikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘ylab topayotgan «aqlli biznes g‘oyalari» yoshlarimizni nosog‘lom yeguliklar va ichimliklarga ruju qo‘yishiga olib kelmoqda. Xo‘sh, bu xaridorni zabt etish yo‘lidagi «foydali» choralar o‘z natijasini bersa (albatta ular o‘z maqsadlariga erishmoqda), uning zararini kim ko‘radi? WF, Sitro, Tizer… Bular bugungi kunda internet va teleekranlarda eng ko‘p targ‘ib qilinayotgan, kerakli qopqoqlarini yig‘sangiz «Neksiya», «Lasetti», «Kobalt» kabi avtomashinalar yutib olishingizni va’da qilayotgan ichimliklar. Albatta, har yarim soatda tinimsiz aylanib turgan bunday chaqiriqlar o‘smir bolalar, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining qiziqishini oshirmoqda. Jinoyat kodeksining 278-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 martdagi «Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-608-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi «Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 176-sonli qarorida qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatlarga chek qo‘yish, hamda javobgarlikni kuchaytirish belgilangan. Jinoyat kodeksining 278-moddasida: Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash — yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi.3 Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. Shu bois birinchi navbatda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiyani keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Oddiy qilib aytganda, farzandlarimizga bolalik paytidan “yaxshi” va “yomon”, “mumkin” va “mumkin emas” degan tushunchalar o‘rtasidagi farqni o‘rgatishimiz, o‘zimiz esa ularga doim shaxsiy namuna bo‘lishimiz kerak.4 Insoniyatning o‘ziday ko‘hna tarixga ega qimor zamonlar osha taraqqiylashsa taraqqiylashdiki, urfdan qolgani yo‘q. Tobora globallashayotgan bugungi kibervirtual dunyo esa uning yanada gullab-yashnashi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratayotgandek go‘yo… Shulardan biri teleo‘yinlardir. Kundan-kunga ommalashib, odamlar shuurini band etib borayotgan o‘yinlar, yutuqli teleshoular, savdo bozorida xaridorlar auditoriyasini o‘ziga tortishga qaratilgan jilvagar lotereya o‘yinlari chetdan qaraganda ko‘ngilochar dastur, reklama yoki raqobat maydonidagi o‘ziga xos kurashga o‘xshab tuyulsa-da, mohiyatan muqaddas va sahih kitoblarda ta’qiqlangan qimor o‘yinining aynan o‘zidir. Arab tilida muomala qiluvchilarga xatari bor har bir xatti-harakat qimor deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, g‘olib mag‘lubdan biror narsa oladigan har bir o‘yin qimor hisoblanadi. Matbuotda yozilishicha, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida Chili davlati soliq vazirligi juda katta miqdordagi yutuqli lotereya e’lon qilgan ekan. Unda qatnashish uchun aholi xarid amalga oshirganda beriladigan kassa cheklarining raqamini maxsus bazada ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Qancha ko‘p kassa chekini kiritsangiz, shuncha ko‘p yutish imkoniyatingiz oshadi. O‘z-o‘zidan bu narsa kutilganidan ham ziyoda foyda bergan. Chunki endilikda xalq har bir xaridi uchun sotuvchilardan kassa cheklarini talab qilishni boshlagan. Bu kabi lotereya keyinchalik Gruziya va Litvada ham o‘tkazilgan. Masalan, Litvada 2017 yil 28 noyabrda shunaqa lotereya boshlangan va hozirgacha o‘tkazilib kelinmoqda. Unda bir yevrodan ko‘proq miqdorda savdo qilgan inson to‘lov chekidagi raqamni maxsus tashkil qilingan saytga kiritishi kerak. Yutuq esa oz emas. Har hafta yuz kishiga 50 yevrodan beriladi, har oy yakunida bir nafar baxtli ishtirokchi 5 ming yevro yutuqni qo‘lga kiritadi. Albatta, bu kabi iqtisodiyotimizga, aholiga foydali aksiyalarni boshqa yo‘nalishlarda ham o‘tkazish, bu borada xorij tajribasini o‘rganishimiz lozim. Birovning haqi evaziga uyushtirilmagan, faqatgina jamiyatga foyda keltiradigan, qimordan butkul xoli bo‘lgan bunday lotereya o‘yinlarini televideniye orqali qiziqarli shou ko‘rsatuvga aylantirish mumkin. Bu kabi g‘oyalar amaliyotga tatbiq etilib, ko‘rsatuv tarzida tayyorlansa, uni hozirgi yutuqli o‘yinlarning muxlislaridan ortiq tomoshabinlar tomosha qilishi shubhasiz. Eng muhimi, bundan esa iqtisodiyotimizdagi yashirin o‘g‘irliklarning oldi olinib, jamiyatimizga kutilganidan ham ko‘proq foyda keltiradi. 1 https://islam.uz/quran/tafsir-xilal/2376-bakara-127-129.html («Baqara» surasi, 129-oyat) 2 Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar.Toshkent «Movarounnahr» 2004. 63-bet. 3 https://lex.uz/docs/-1150004 4 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling