4-mavzu. O‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi. Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” ta’limida o‘quvchilarni so‘z ma’nolari ustida ishlashga o‘rgatish
Download 27.26 Kb.
|
4-Sirtqi ma\'ruza
4-mavzu. O‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi. Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” ta’limida o‘quvchilarni so‘z ma’nolari ustida ishlashga o‘rgatish. Boshlang‘ichsinf“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida matn ustida ishlash texnologiyasi. REJA: 1.Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.Ta’lim jarayonini lug‘at ishi, matn va gap materiallari asosida tashkil qilish. 2. Boshlang‘ichsinflarda so‘z ma’nosi ustida ishlashning maqsadi va Vazifalari. So‘z ma’nosi ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari 3. So‘z ma’nolarini tushuntirish usullari. Mantiqiy mashqlar orqali o‘quvchilar savodxonligini oshirish. 4. Matn nutqiy hodisa, matnning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati, matn turlari 5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matn yozishga o‘rgatish yo‘llari. So’z – tilning asosiy birligi bo’lib, u orqali tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar nomlanadi. ”So’z,- deyiladi ”O’zbek tilining izohli lug’ati”da, - o’z tovush qobig’iga ega bo’lgan narsa va hodisalar, jarayonlar shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug’aviy ma’noga ega bo’lgan, shuingdek, turli grammatik ma’nolar ma’nova vazifalarda qo’llanadigan eng muhim til birligidir”. Boshlang’ich sinflarda so’zning fikr ifodasida nutqda tutgan o’rnidan, gapda turli ma’no vazifalarda qo’llanishdan kelib chiqqan holda so’z ma’nolarini tushumtirish usullari tanlanadi. O’qituvchi ona tili va o’qish darslariga faol nutqqa kiritiladigan ma’nosi tushuntiriladigan so’zlarning ma’nosini o’quvchilar bilan birga ”O’zbek tilining izohli lug’ati”dan topib, so’ng ayrim so’zlarning ma’nosini izohlashni uyga vazifa qilib bersa, jamoa bo’lib ma’noni izohlashga rag’bat uyg’otsa mustaqil faoliyatga o’rgatish oson kechadi. ”Amaliy fazilatlar, odatlar ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiradi, odamklarga g’ayrat kasbga intilish, harkatga aylantiriladi ”, -deb yozgan edi Farobiy. Mavzu yuzasidan olib borilgan tajriba- sinov davrida so’z ma’nosini tushuntirishda quyidagi usullardan foydalanish ijobiy samara berishi kuzatildi. 1.So’z ifodalagan narsa , belgi,harakatni ko’rsatish. 2.Predmet va uning belgisi- harakati ifodalangan rasmni ko’rsatish orqali ularni og’zaki va yozma tavsiflash,tasvirlash. 3.So’zni tarkibiy qismlarga ajratib tahlil qilish . 4. Sinonimlar tanlash. 5.Badiiy matnlar asosida so’z ma’nolarini tushuntirish. 6.Antonimlar yordamida so’z ma’nosini izohlash. 7.Shakli bir xil so’zlar ma’nosini so’z birikmasi tarkibida izohlash. So’z ma’nolarini tushuntirish usullari o’quvchilarining bilim darajasiga , izohlanadigan so’zning xususiyatiga qarab tanlanadi. Lug’at ishi so’z birikmasi, gap, ya’ni grammatik qurshov asosida tashkil etilsa ,o’quvchilar so’zning ma’nosini oson o’zlashtirib oladilar. Yangi o’rganilgan so’z, so’z birikmasi tarkibida qanchalik ko’p qo’llansa, o’quvchilar uni shunchalik esda saqlab qoladilar, nutqda qo’llashga qiynalmaydilar. O’qituvchi ta’limning dastlabki kunlaridanoq o’qilgan matn, gap tarkibida ma’nosi o’quvchilarga tushunarsiz so’zni topishga doir topshiriqlar berishi, izohlash usullaridan namunalar ko’rsatishi , izlanishlar uchun adabiyotlar tavsiya qilishi lozim. So’zga sinonim tanlash orqali so’z ma’nosini izohlash quyidagicha topshiriqlar asosida tashkil qilinadi: Matndan sinonimlarni topib, ma’nosidagi farqni izohlash; Berilgan so’zga sinonim topib, ma’nosidagi farqni aytish; Sinonimlarni qatnashtirib, kichik matn yaratish; Sinonimlar guruhini tuzish. Berilgan sinonimlar guruhidan (katta, gigant, buyuk, ulug’) mavzuga doirini tanlash. Antonimlar yordamida so’z ma’nosini izohlashda so’zning antonimik juftidanfoydalaniladi. Antonimik juftlikni qo’llab gap tuzish topshirig’i oldin jamoa bo’lib, so’ng yakka tartibda bajariladi. 1-sinfda savol -javob usulida tasvirlash, tavsiflashga o’rgatish orqali qarama- qarshi ma’noli so’zlar ustida ishlanadi. O’quvchilarga so’roq gap orqali gap namunasi beriladi. Masalan, Olma achchiq bo’ladimi? Yoz issiqmi yoki sovuq? 3-4 sinflarda antonimlar ishtirokida gaplar tuzdirish yordamida o’quvchilar nafaqat so’z ma’nosini o’zlashtiradi, balki uning qo’llanish doirasini, qaysi so’zlar bilan bog’lana olishini va qaysi so’zlarda bog’lana olmasligini ham bilib oladi. O’quvchi maktabga kelgan birinchi kunlaridan ma’nosintushunarsiz so’zlarga duchkeladi.Masalan:”Alifbe”darsligidagi ”omil,manbai,kamolot,murod,asil,to’kinlik,masal,himmatli,himmat,idrok, iqbol,to’kinlik,jasorat,jumboq,bo’tam,ma’shal,sabot,davron”so’zlarining ma’nosini o’qituvchi izohlarisiz birinchi sinf o’quvchilarining anglamoqlari mushkul.Shuning uchun so’z ma’nosi ustida ishlash savod o’rgatish davridan boshlanadi.Savod o’rgatish darslarida o’quvchi bilimlarni tayyor holda o’zlashtiruvchiga aylanib qolmasligi,dars davomida qo’llanganso’larning ma’nosini bilish-bilmasligini o’ylab ko’rish ,so’z ma’nosiga e’tibor berish ko’nikmasini shakllantirish fikrni to’liq ifoda etish uchun zamin yaratadi.Bu davrda so’zlarning ma’nosi bilan tanishtirish suhbat va tushuntirish orqali amalga oshiriladi.O’qituvchi suhbat jarayonida ma’nosi tushunarsiz so’zni so’z birikmasi va gap ichida qo’llab,rasmlar yoki narsa-predmetlarni namoyish qilish,turli xatti-harakatlar,o’yinlar vositasida so’zning ma’nodoshini keltirish orqali izohlaydi. So’z ma’nosini izohlash suhbat jarayonida ma’nosi tushunarsiz so’zni so’z birikmasi va gap ichida qo’llash,rasmlar yoki narsa-predmetlarni namoyish qilish,turli xatti-harakatlar,o’yinlar vositasida so’zning ma’nodoshini keltirish orqali tushuntirish,mazkur so’zlarni o’quvchilarning faol nutqiga aylantirish ijobiy natija berishi tajriba -sinov ishlari jarayonida o’z isbotini topdi. She’r,hikoya,ertak kabi turli janrdagi asarlar matnida uchragan ma’nosi tushunarsiz so’zlar ma’nosini o’qituvchi qayta-qayta izohlashi o’sha asarning emotsional ta’sirini va o’quvchida asarni o’qish va eshitishga bo’lgan qiziqishni susaytirish shubhasiz.Negaki o’quvchi badiiy matnlardagi barcha so’zlarning ma’nosini yaxshi tushunmasa ham,matn mazmuni anglab yetishi tufayli ularning ma’nosini izohlashga hojat yo’q. Ba’zan o’quvchi matndagi bir so’zning ma’nosinigina emas balki bazi so’z birikmasining (nurli iqbol, issiq quchog’ing, kelajaging buyukdir, kanda qilmaydi, ilm cho’qqisi, jur’at ila toqat bilan ado qiladi, porloq kelajak), gapning (Do’st bilan obod uying. Qor yog’di – don yog’di. Vatan – mening onamsan. Har so’zida olam ma’no. O’qib topaman kamol.), hatto yaxlit bir jumlani ham ma’nosinitushunmay qolishi mumkin. 1-2 – sinflarda yod oldirish usuli ham o’quvchilar lug’atini boyitadi. O’quvchilarga ona tili va o’qish darslaridagi she’r, topishmoq, maqol, tez aytish, qo’shiqlarni yod oldirish, nasriy asarlardan parchalar yodlatish mumkin. Ona tili darslarida ulardan yoddan yozuv diktanti olinsa, o’qish darslarida ifodali yod ayttirish usuli qo’llanadi. Bunday leksik mashqlar o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishga, o’qilgan asar mazmunini tushunishga, yozuvchining aytmoqchi bo’lgan fikrini anglashlariga yordam berishinidan tashqari, ularda nutq madaniyatini shakllanishiga, lug’at zahirasining boyishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. So’z turkumlari doirasida o’quvchilarga uyadosh so’zlar guyruhini tuzdirish ham so’z ma’nosini tushunishni ta’minlashga xizmat qiladi. Uyadosh so’zlar to’plami ijodiy ishlarni tashkil etishda muhim zamin bo’lib, xizmat qilishi uchun o’qituvchi ”Polizda”, ”Bog’da”, ”Qushlarga g’amxo’rlik” kabi mavzularda ”Kichik matn yarating” topshirig’ini berishi o’quvchilar lug’at boyligining nazorat shakli sanaladi. Ma’nodosh so’zlar guruhi ishtirokida ham matn tuzdirish so’z ma’nosini tushunish, so’zlarni uslubiy to’g’ri qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi. Mashq matnidagi yoki o’qish darslarida o’qilgan matndagi ma’nosi izohlangan so’zlarni tushirib qoldirib, ”Chiziqlar o’rniga zarur so’zni qo’ying. Qo’ygan so’z va iborangizni ma’nosini izohlang” topshirig’i berilsa, so’zlar o’quvchi xotirasida qayta tiklanadi. So’z turkumlarini o’rganishga doir 4-sinf ona tili darslarida ”O’qish kitobi” darsligidagi G’.G’ulomning ”Ola buzoq” she’ri matnidagi otlarni va ularning belgilarini bildirgan so’zlarni topib yozish topshirig’i berilsa, o’quvchilar ”Ola buzoq, qashqasi ham bor, usti qora, bag’ri oppqoq qor, safsar gulday tikka qulog’i, dumi gajak, qo’ng’ir qo’ng’iroq, sadaf munchoq tishi, yaltiroq olxo’riday quralay ko’zi, bosvoldiday cho’zinchoq yuzi”, kabi so’z birikmalariga alohida e’tibor bilan qarashadiki, natijada mustaqil ishlarning bu usuli so’z ustuda ishlash ko’nikmasini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Leksik – frazeologik test topshiriqlari, krassvordlar, shuningdek, topishmoq va maqol matnlari ustida ishlash ham o’quvchilar lug’atini boyitishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarning bilimlarini umumlashtiradigan darslarda uyadosh so’zlarni topish orqali so’z ma’nolarini bilib olishga doir mustaqil ishlardan foydalanish o’quvchilarni izlanishga, fikrlashga undaydi. Xususan, 2-sinf ona tili darsligida keltirilgan topishmoqlar matni yuzasida uyushtiriladigan mustaqil ishlarda quyidagicha topishmoqlar asosida leksik tahlil etish mumkin: Topishmoq matnidan uning javobini topishda yordam beradigan so’zlarni aniqlang va ma’nosini izohlang. Topishmoq matnidan ma’nodoshi bor so’zlarni toping. Topishmoq matnidagi so’zlarga qarama – qarshi ma’noli so’zlarni topish. Topishmoq matnidagi ko’chma ma’noli so’zlarni aniqlang va ma’nosini izohlang. Leksik tahlildan so’ng so’z turkumlarini grammatik va orfografik xususiyatlari yuzasidantahlil o’tkaziladi. O’quchilarning adabiy tilni egallashlari va nutqini boyitishda badiiy adabiyot namunalariga tayanish, matndagi so’zlarning ma’nosi, ma’nodosh so’zlar, qarama – qarshi ma’noli so’zlar, uyadosh so’zlar, ko’p ma’noli so’zlar, poetik so’zlar ustida ishlash, ularning uslubiy vazifasini aniqlatish, nutqda qo’llashga ehtiyojni yuzaga keltiradigan ta’lim metodlaridan foydalanish samarali usullardan sanaladi. Ona tili va o’qish darslarida grammatik mavzuga doir til birliklari – atamalar va mavzuni o’zashtirish uchun zaruriyat sezadigan so’zlar har bir darsda tayanch so’z sifatida belgilab olinishi o’quvchilarni so’z ma’nolari bilan tanishtirishda muhim o’rin tutadi. Matn nutqning yirik ko‘rinishi bo‘lib, vazifasi jihatdan tugal nutqiy butunlik sanaladi. Matnning murakkabligi va hajmi, kommunikativ vazifasi, muayyan janr talablariga mosligi va matn qismlarining xarakteri singari masalalar keyingi 20-30 yildan buyon o‘zbek tilshunoslarini diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. O‘z vaqtida akademik A.N.Kononov murakkab fikrni ifodalashda yakka gapning o‘zi kifoya qilmaydi, uni boshqa gaplar qurshovida tekshirish lozim, degan fikrni olg‘a surgan edi. Ma'lumki, nutqiy muloqot jarayonida lisoniy birliklar ijtimoiy, kognitiv, ruhiy va axborot yetkazish kabi vazifalarni bajaradilar1. Ushbu vazifalarga to‘lig‘icha javob beradigan birlik matn ekanligi e'tirof etilgan. Faqat matngina to‘liq hajmda kommunikativ vazifa, ya'ni bir shaxsdan ikkinchisiga axborot uzatish vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Matn turli muloqot sharoitlarida o‘zaro munosabat vositasi sifatida har safar qayta foydalanish uchun mo‘ljallangan nutqiy tuzilmadir. U kommunikativ faoliyatning alohida qismlari bilan doimiy va turli ko‘rinishda munosabatda bo‘ladi2. Matn – muallifning ijodiy faoliyati mahsuli sifatida axborot manbayi bo‘lishdan tashqari, struktura va tuzilish jihatidan ham muayyan tarzda shakllangan bo‘lishi kerak. Xuddi shunda matnning formal-shakl jihatdan va mazmun jihatdan yaxlitligi namoyon bo‘ladi. Matnning tarkib topishi axborotni uzatish va qabul qilish muqobilligi talablariga to‘la javob berishi lozim. Bu esa nutq va matn hosil bo‘lish jarayonida kechayotgan voqealar bayonining ma'lum mantiqiy qonuniyatlarga asoslanishidan darak beradi. Shu sababli biror bir axborot uzatishga yo‘naltirilgan nutqiy faoliyatni shaxs lisoniy qobiliyati, bilimining natijasi, harakati sifatida qabul qilish kerak. Matnning kommunikativ vazifa bajarishi tahlilida shakl va mazmun munosabatining teskari proporsiya qonuniyati yetakchilik qiladi. Matn muloqotning mantiqiy-mazmuniy taraqqiyoti jarayonida shakllanadi va uning hajmi axborotning qay darajada muhimligi va siqiqligi bilan bog‘liqdir, ya'ni hajm jihatidan nisbatan kichik bo‘lgan matnlarda katta hajmdagi asarlarga nisbatan ifodalanayotgan axborot siqiq, ammo mazmunan boy holda beriladi. Matnning qo‘shimcha nusxasi yoki varianti deganda, mazkur matnda tasvirlangan voqea- hodisalarning boshqa voqea-hodisalar bilan almashmas, balki o‘sha voqea-hodisalarni tasvirlovchi ifoda vositalarining boshqa ifoda vositalari bilan almashinuvi ko‘zda tutiladi. Masalaga ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, I.Qo‘chqortoyev va H.Nizomxonovlarning “Badiiy asarnang tekstual variantlari – lingvostilistik tadqiqot obyektlaridan biri” nomli ilmiy maqolasi ham o‘zbek matnshunosligida alohida o‘rin tutadi. M.To‘xsanov “Mikromatn va o‘zbek badiiy nutqida uning kogerentligini ifodalovchi vositalar” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. H.Usmonov esa o‘zbek matnlarida so‘zlashuv nutqi xususiyatlarini maxsus tadqiq etadi. A.Mamajonov 1989-yilda “tekst lingvistikasi” nomli qo‘llanmasini tayyorlab, Farg‘onada nashr ettiradi. O‘tgan asrning 90- yillaridan boshlab o‘zbek olimlari matn tilshunosligining nazariy muammolari bilan shug‘ullana boshladilar. Bu jihatdan B.O‘rinboyev, R.Qo‘ng‘urov, J.Lapasovlarning “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” nomli o‘quv qo‘llanmasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarning Kirish qismi “Tekst – lingvistik tahlil ob’yekti “ deb nomlanadi. Bunda matn tiplari, ularning umumiy va o‘ziga xos belgilari matnni lisoniy tahlili metodologik tamoyillari, matn yaratish muammolari ifoda vositalarining tanlanishi va ularning matn tuzilishidagi roli singari dolzarb masalalar o‘zbek tili faktlari misolida yoritilgan. 1994-yilda M.Hakimov “O‘zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Bu ishda o‘zbek tilining ilmiy uslubi matn kategoriyasi aspektida o‘rganilgan, gumanitar fanlarga oid ilmiy matn namunalari bu ish uchun faktik material manbai bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekcha diniy matnlar ekzotik leksikasi mavzusidagi nomzodlik ishida tadqiqodchi N.Ulug‘ov diniy matn tilshunoslikda o‘ziga xos alohida matn turi sifatida o‘rganilishi maqsadga muvofiq, degan fikrini ekzotik leksika materiallari asosida asoslashga intiladi. 1997-yilda Toshkentda o‘tkazilgan “O‘zbek tili’’ anjumanining to‘rtinchi yig‘ini bevosita ta’lim jarayonida matn ustida ishlashning asosiy omillari mavzusiga bag‘ishlangan edi. Bu esa mamlakatimizda matn tilshunosligi yutuqlarining ta’lim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prof. E.Qilichevning “Matnning lingvistik tahlili” (2000) nomli o‘quv qo‘llanmasida matnning ko‘rinishlari va uni lisoniy tahlil qilish namunalari berilgan. Eng muhimi, ishda poetik va nasriy matnlarni sharhlab o‘qish hamda tahlil qilish matnni “lingvistik mikroskop ostida” o‘rganishga oid mashq namunalari keltirilgan. 2000-yilda Samarqandda “Matn va uning talqini” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi. Bu anjumanda matnning informativligi, kogeziyasi, bo‘linuvchanligi, retrospekatsiyasi, ichki va tashqi derevatsiyasi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ma’lumki, pragmatika tilshunoslikning yangi bir nazariy va amaliy tarmog‘i sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta’siri bilan namoyon bo‘luvchi, nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat bilan aloqador masalalarni o‘rganadi. Pragmatik tilshunoslik fanining sohalaridan biri bo‘lib, uning nazariy manbai Ch.Pris, U.Djems,D.Dyun, Ch.Morris kabi taniqli faylasuf olimlarning ilmiy nazariy qarashlari bilan bog‘liq. Lingvistik pragmatikaning o‘zbek tilshunosligida shakillanishida M.Hakimovning tadqiqoti alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki, M.Hakimov yaqinda “O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini “ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va o‘zbek filologiyasi matn tilshunosligi rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Shunday qilib, o‘zbek tilshunosligida matn muammolarini tadqiq etishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Endigi vazifa ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlash, matn tilshunosligi muammolariga doir monografik tadqiqotlar yaratish, matnning turlari va ularning pragmatik imkoniyatlari kabi masalalarni keng miqiyosda tadqiq etishdan iboratdir. O‘quvchilarning nutqiy faoliyatini o‘stirishda matnlardan foydalanishning ahamiyati juda katta. Har bir dars matn bilan boshlanib, matn bilan yakunlansa, o‘quvchilarning nutq faoliyati oshadi, tashkil etilgan dars o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. O‘quvchi mehnati – o‘quv faoliyatini aniq bir maqsad bilan tashkil qilish , ta’lim jarayonini samarali boshqarish, uni to‘g‘ri o‘zanga yo‘naltirish – ona tili o‘qituvchisi ilmiy salohiyatiga, pedagogik mahoratiga, bola yoshi va qiziqishini hisobga ola bilish, uning ongi va ma’naviy dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish malakasiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish – kelajak avlodni ma’naviy barkamol, vatanparvar, o‘z millati va milliy an’analarini, qadimiy qadriyatlarini ko‘z qorachig‘iday asray oladigan, balog‘at va fasohat ilmini mukammal egallagan komil va fozil shaxsni tarbiyalashdir. O‘quvchi ongida mustaqil va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyasi kurtaklarini rivojlantirish uchun bevosita matn yaratishning bosqichli tizimidan foydalanish yaxshi natija beradi3. Nafaqat ona tili ta’limi, balki ikkinchi tilni o‘rganish uchun ham nihoyatda foydali bo‘lgan mazkur tizim, o‘nlab leksik frazeologik guruhlar va ularning yaratilajak matnda voqelanish imkoniyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan, uzviy va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan mustaqil matn yaratish jarayonida o‘quvchi so‘z boyligi, so‘zlardan birikmalar hosil qilish malakasi, gap tuzish mahorati, matn yaratish darajasini aniqlash va baholash mumkin bo‘lgan to‘rtta alohida, shu bilan birga bir-birini taqozo etadigan, to‘ldiradigan va xulosalaydigan bosqichlardan iborat. Matn yaratishning bosqichli tizimi(MYABT)dagi birinchi bosqich “So‘z tanlash” bo‘lib, bunda o‘quvchining lug‘at zahirasi (bola ongida mavjud bo‘lgan so‘z-tushunchalar miqdori), yangi so‘z yasash mahorati o‘rganilayotgan mavzuga mos va xos so‘zlarni izlab topish va ular ichidan eng zarurlarini tanlay bilish malakasi aniqlanadi va baholanadi. Ikkinchi bosqichda esa o‘quvchi o‘z lug‘atida mavjud bo‘lgan so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri biriktirish, ulardan yangi-yangi so‘z birikmalari, tuzilajak gap yo‘nalishini belgilash uchun ko‘rsatkich manba hosil qilish malakalarini egallaydi. Bu jarayonning uchinchi bosqichi-gap tuzish uchun tayanch, poydevor vazifasini o‘taydi. Bola keyingi ishda nimaga asoslanish, nimani izohlash, qaysi tushunchalar ma’nosini ochib berish lozimligi, fikr ko‘lami, doirasi, chegaralarini aniqlab oladi. O‘quvchi tuzilajak gapning qaysi sohada, qaysi yo‘nalishda, qay mazmunda bo‘lishini oldindan belgilab oladi. Mavhumlik o‘rnini aniqlik, muayyan maqsadga yo‘nalganlik egallaydi. Tafakkurning voqelanish tarzi, holati namoyon bo‘ladi, yo‘nalishi ko‘rinadi. Uchinchi bosqich- tafakkur mahsulining voqelanishi, muayyan bir qolipga tushirilib ifodalanishi- gap tuzish malakasiga bag‘ishlanadi. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchining uslubiy va mantiqiy jihatdan to‘g‘ri, mukammal gap tuzish mahoratini shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. G‘alizlik, takror, orfografik, punktatsion va uslubiy xatolarning oldini olish, nuqsonsiz gap tuzish ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. O‘quvchi o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarni ongli ravishda topish va tuzatish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Eng qiziqarli va ijobiy tomoni shundaki, o‘quvchi tuzilajak matn uchun zarur bo‘lgan gaplar tizmasini hosil qiladi. Tanlab olingan so‘z, hosil qilingan so‘z birikmasi va ular yordamida dunyoga kelgan gap-barchasi mustaqil va ijodiy fikr mahsuli- o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimining amaliy tatbiqi hisoblanadi. Mazkur tizimdagi to‘rtinchi va yakunlovchi bosqich – Matn yaratish, ya’ni til ta’limi jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalardan foydalanib, izchil va uzluksiz fikr ifodalash, uslubiy va mantiqiy mukammal matn yaratish – kashfiyot qilish demakdir. O‘quvchilar nutqini o‘stirish ularga aniq ko‘nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil mashq sifatida bog‘lanishli nutqni o‘stirishdan quyidagi ko‘nikmalarni bilib oladilar: 1. Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to‘liq yoritish ko‘nikmasi. Masalan, „Biz uy ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?" mavzusi berilsa, o‘quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, matnda esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi. Matnni asosiy fikrga bo‘ysundirish ko‘nikmasi. Bolalar ishi ma'lum fikrni (tabiatning ajoyib tasvirini idrok etish, o‘zlarining baxtli hayotidan g‘ururlanish, mehnatga va mehnatkash insonlarga muhabbatni) ifodalaydi. Hikoya, matn uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo’lgan materialni yig‘ish. Bu bayonga ham taalluqli bo‘lib, namunaviy matn tahlil qilinadi, mazmunini to‘g‘ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi. Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish va shu reja asosida yozish ko 'nikmasi. Fikrni adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri ifodalay olish ko‘- nikmasi. Buning uchun matn va bayonni nutqiy shakllantirishdan oldin unga til tomondan tayyorgarlik ko‘riladi. Matnni og‘zaki yoki yozma tuzish, matnni yozish, ya'ni barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ko‘nikmasi. Yozilgan matnni takomillashtirish ko‘nikmasi. Bu ko‘nikma o‘z ijodiga tanqidiy munosabatda bo‘lish asosida tarbiyalanadi. O‘quvchilar material tanlashda va uni joylashtirishda, so‘z tanlash, so‘z birikmasi va gap tuzishda o‘zlari yo‘l qo‘ygan kamchilikni, xatoni fahmlashga o‘rgatib boriladi. O‘qituvchidan o‘quvchini navbatdagi matnni yozishga tayyorlashda shu mashqning pedagogik maqsadini, o‘quvchilarni nimaga o‘rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchilligida shu matnning tutgan o‘rnini aniq ko‘z oldiga keltirish talab etiladi. Shuning uchun o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o‘quvchilar yoshiga mos matn va bayonning barcha turlari hisobga olinishi zarur. Metodik an'anaga ko‘ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflarda bular, asosan, tasvir yoki muhokama elementlari bo‘lgan hikoya tarzida uchraydi. Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida ham, til vositalarini tanlashda ham o‘z xususiyatlari mavjud. Matn yoki bayonga tayyorlanayotganda o‘qituvchi (yoki o‘quvchi) matnning janr xususiyatlarini hisobga oladi. Hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u jo‘shqin, ta’sirchan bo‘ladi. “Ona tili” darsliklarida ham bunday matnlar ko‘plab berilgan. Tasvirda sujet, qatnashuvchi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi. O‘quvchilar “Ona tili” kitobida berilgan ko‘pgina tasviriy matnlarni o‘qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, matn, ayrim narsa yoki hodisalarni tasvirlab yozadilar. Masalan, “Bizning sinfimiz”, “Bahor keldi” kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash ko‘p bo‘ladi. Tasvir o‘quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ko‘proq tasvir elementlari bo‘lgan hikoya tarzdagi matn va bayon yozdiriladi. Muhokama bog‘lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflar dasturida muhokama tarzida matn yozdirish tavsiya etilmaydi; o‘quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar. Masalan, “Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas”, “Paxta – bizning milliy boyligimiz” mavzularida og‘zaki matn tuzdirilsa yoki insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, bo‘ladi. O‘qituvchi bog‘lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni ko‘zda tutadi va o‘quvchilariga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o‘rgata boradi. Bunda ko‘proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi. Bolalarning bog‘lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va muhokama elementlari kiritib boriladi. 1 Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006. – 75-78 б. 2 Сусов И.П. О двух путях исследования содержания текта //Значение и смысл речевых образований. – Калинин, 1979. – 96 с. 3 Ziyodova T. Matn yaratish orqali tarbiyalash. “O‘zbek tili” doimiy anjumani 7-yig`inining materiallari. Toshkent. 2003, 43-bet. Download 27.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling