23-mavzu. Gidrotexnika qurilishida maxsus ishlar
Reja:
Gidrotexnika qurilishida bajariladigan maxsus ishlar turlari.
Xandaqlarni quritish.
Zamin gruntlarini sun‘iy kuchaytirish usullari
Kalitli so‘zlar: Gidrotexnika qurilishida bajariladigan maxsus ishlar turlari, xandaqlarni quritish, ignali suzgich, filmtr, gidroizolyatsiya.
Qo‘llaniladigan ta’lim vositalari: matnli, tasvirli, audiovizuval, texnik.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ko‘rgazmali ma’ruza, aqliy hujum, insert jadvali.
Adabiyotlar: A 2-7, Q12-13, Q 20-23 int. sayt.24-30.
Gidrotexnika qurilishida bajariladigan maxsus ishlar turlari.
Gidrotexnika qurilishida bajariladigan maxsus ishlarga quyidagi ishlar kiradi:
sun’iy mustahkamlash ( gruntni sementlash, silikatlash, smolalash, muzlatish, kuydirish);
suv singish xususiyatini kamaytirish (issiq va sovuq bitumlash, gillash);
gidrotexnika inshootlari birikish joylarini sementlash;
yuk ko’tarishga mo’ljallangan qazilma devor va cheralovchi qazilma devorlar (asosan yaxlit betondan yoki yi-ma tamir betondan bajariladi);
suv shimimlishga qarshi qazilma devor (gidrotexnika inshootlari asosda, to’-on tanasida, kanal qurilishida xandaklarga suv kelishini to’xtatish maqsadida qotmas materiallardan o’rnatiladi);
gidroizolyasiya gidrotexnika inshootlarining elementlari (to‘-onlarning ponurlar va ekranlari, bosimli suv o‘tkazgichlar va rezervuarlarning beton va temir beton devorlari va x.k.) suv o‘tkazmasligini ta’minlash, shuningdek beton, temir beton va temir konstruksiyalarni agressiv suvlar ta’sirida emirilishdan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Gidroizolyasiya o‘z vazifasiga ko‘ra filtratsiyaga qarshi hamda korroziyaga qarshi bo‘ladi. Gidroizolyasiyaning bu turlari inshootni tabiiy omillarni zararli ta’siridan himoya qiladi.
Tuzilishiga ko‘ra asfalt, mineral va plastmassa materiallardan yasalgan gidroizolyasiya vositalari bo‘yoqli (qaynoq va sovuq), suvoqli (qaynoq va sovuq), elimli, quyma, to‘kma, shimdiriladigan, in’eksiyali va o‘rnatiladigan bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |