7-mavzu: qishloq xo’jalik mahsulotlarini muzlatish texnologiyasi (2 soat)


Download 30.78 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi30.78 Kb.
#1043568
  1   2
Bog'liq
7-Amaliy


7-MAVZU: QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI MUZLATISH TEXNOLOGIYaSI (2 SOAT).



    1. GO’SHT VA SUT MAHSULOTLARINI, PARRANDA GO’SHTI VA TUXUM MELANJINI MUZLATISH TEXNOLOGIYaSI



Mashg’ulot maqsadi: Go’sht va sut mahsulotlarini, parranda go’shti va tuxum melanjini muzlatish texnologiyasini o’raganish.


Mashg’ulot rejasi:

  1. Go’shtni muzlatish texnologiyasi.

  2. Sut mahsulotlarini muzlatish.

  3. Parrandalar go’shtini muzlatish.

  4. Tuxum melanjini muzlatish.



Uslubiy ko’rsatmalar
Go’shtni muzlatish texnologiyasi. Yirik shoxli mol go’shti tanalarini asosan yarimtana va chorak tana sifatida, qo’yi go’shti tanalarini butun tana sifatida muzlatiladi. Bundan tashqari go’shtni bloklar, navli bo’laklar va kichik vazndagi o’lchangan go’sht mahsulotlarini muzlatiladi, go’sht yarim tanalarini maxsus kameralar yoki tunelli muzlatgichlarda osilgan holatda havoda muzlatiladi. Bunda go’shtni muzlatish jarayoni qancha tez o’tkazilsa, uning tovar ko’rinishi va saqlash muddati shuncha yuqori, tabiiy vazn kamayishi shuncha kam bo’ladi. muzlatish kameralarida harorat va sovuq havoning harakati kamerada bir xil bo’lishi kerak. Ayniqsa katta vazndagi yarim tanalar joylashtirilgan zonadan nisbatan past harorat va sovuq havo harorati tez bo’lishi lozim.
Texnologik instruktsiyalarga asosan biqin go’shtining ichki qavatida yoki go’sht blokining ichida harorat – 80C dan yuqori bo’lmagan holatda go’sht muzlatilgan hisoblanadi. go’shtni muzlatish harorati uni keyin saqlaydigan kameralar harorati bilan farqi 30Cyuqori bo’lmagan holatgacha muzlatish kerak.
Muzlatish uchun go’sht yangi so’yilgan yoki birlamchi sovitilgan holatda keltiriladi. Sh+u sababli sovitish texnologiyasida muzlatish uchun ikki usuli mavjud: bir fazali, ya’ni toza so’yilgan hali sovimagan go’sht bo’laklangan va tozalangandan keyin muzlatgichlarga keltiriladi va -80C dan yuqori bo’lmagan haroratgacha muzlatiladi. Ikki fazali muzlatishda toza so’yilgan go’sht avval sovitish kameralarida +40C haroratgacha sovitiladi, keyin muzlatgich kameralarida - 80C`
dan yuqori bo’lmagan haroratgacha muzlatiladi.
Uzoq vaqtlar amaliyotda go’shtni ikki fazali muzlatish qo’llaniladi va ko’p sonli mollarni so’yganda go’sht kombinatlarida bir fazali muzlatish usuli qo’llaniladi. Keyingi paytlarda bir fazali muzlatish keng qo’llanilmoqda olimlarningi izlanishlari shuningdek, sanoat miqyosida o’tkazilgan tajribalar bir fazali muzlatish ikki fazali muzlatishga nisbatan ancha qulayliklarga ega.
Ikki fazali muzlatishga nisbatan bir fazali muzlatishda go’shtga sovuqlik ishlov berishi muddati qisqaradi, tabiiy vazn yo’qolishi kamayadi va kam mehnat sarflanadi, shuningdek mahsulotlarni sovitish kameralaridan muzlatgich kameralariga o’tkazish jarayoni qisqarganligi sababli ishlab chiqarish maydonlari tejaladi. Bir fazali muzlatishda go’shtning sifat ko’rsatkichlari ikki fazali muzlatishga nisbatan ancha yuqori.
Go’sht tanalarini, yarim tana va chorak tanani bir fazali yoki ikki fazali muzlatishda ham uning vazni kamayadi. Go’shtning tabiiy vazn kamayashi ( qurishi) go’sht resurslarini kamaytirish bilan birga, go’shtning tovarlik ko’rinishini xam pasaytiradi.
Hozirgi davrda go’shtning sifatini saqlash va muzlatish jarayonida vazn yo’qolishini kamaytirishning asosiy yo’li muzlatish jarayonini tezlashtirishdan iborat. Go’sht qancha tez muzlatilsa, aning qurishi shuncha oz bo’ladi. Bir fazali tez muzlatishda ikki fazaliga nisbatan vazn yo’qolishi 30-35%ga kamayadi.
Go’shtni bloklar va bo’laklar shaklida muzlatishda tez muzlatish jarayoni tezlashadi. Bunda, sanoat miqyosida ishlov beruvchi go’shtlarni bloklar holatida, nam o’tkazmaydigan o’ragichlrag o’rab, magazinlar va umumiy ovqatlanish korxonalariga yuboriladigan go’shtlarni esa plyonkalarga o’rab karobka yoki yashiklarga joylashtirib tuzatiladi.
Agar xolodilьniklarga keltirilgan go’sht ichki qismida harorat - 80S dan yuqori bo’lmasa saqlash kameralariga yuboriladi. Agar go’shtning harorati - 80S dan yuqori bo’lsa, uni qo’shimcha yana muzlatiladi. Qo’shimcha muzlatishda xam jarayonni o’tkazish qoidalariga to’la amal qilinadi.
Sub mahsulotlarini muzlatish
Sub mahsulotlari muzlatishga yangi qo’yilgan yoki birlamchi sovitilgan holatda keltiriladi.
Sub mahsulotlarini tez muzlatish apparatlarida yoki muzlatgich kameralarida muzlatiladi.
Turlari va kategoriyalariga qarab ajratilgan sub mahsulotlarini qopqog’i yopiladigan metal protivenlarda muzlatiladi. Formalar ichik o’lchamlari 380×380 mm va balandligi 75 dan 110 mm.gacha. sub mahsulotlariga bu formalarga zich qilib, orasiga bo’liq qoldirmay joylashtiriladi. Joylashtirish sovitish kameralarida amalga oshiriladi.
Sub mahsulotlari joylashtirilgan forma va protivenlar tez muzlatchig apparatlar yoki muzlatish kameralaridagi stellaj yoki etajerkalarda ustma-ust qo’yib, shaxmat usulida joylashtiriladi. Formalar qatorlari orasiga reykalar qo’yiladi. Muzlatgich kameralarida blok shaklida bo’lmagan sub mahsulotlarini muzlatish 24 soatdan oshmasligi lozim, tez muzlatgichlarda esa 4 soat.
Sub mahsulotlari bloklari qalinligiga qarab muzlatgich kameralarida 36 soat, tez muzlatgichlarda esa -4-5 soat davom etadi.
Muzlatishdan keyin sub mahsulotlarini upakovka qilib va markirovka qilib saqlashga jo’natiladi.
Parrandalar go’shtini muzlatish
Parrandalarni so’ygandan keyin shu korxonaning o’zidagi xolodilьniklarda muzlatiladi. Parrandani so’yib, ichak-chovoqlaridan ajratib va ma’lum shakl berib qog’oz o’raydilar va yashiklarga joylashtirib muzlatishga jo’natiladi.
Parranda go’shtini sovitmasdan muzlatishga yuborish maqsadga muvofiq. Bir fazali muzaltish usuli qo’llanilib, yashiklarda upukovka qilingan avval sovitilib, keyin muzlatishga jo’natiladi.
Muzlatgich kameralrida yashiklarning qopqog’ini olib, sovuq havo tegishi uchun tovuq go’shti tanalari o’ralgan upakovkalarni olib, g’ar 1m2 ga 150-200 kg to’g’ri keladigan miqdorda shaxmat shaklida joylashtiriladi.
Kameralardagi havo tezligi va harorati xuddi go’shtni muzlatuvchi kameralar kabi.
Muzlatish davomiyligi tovuq va parrandalarning turiga va semizlik darajasiga qarab 24 dan 36 soatgacha, g’oz va kurkalar uchun 48 dan 72 sotgacha. Tez muzlatgich apparatlarda parrandalarning turiga, havo tezligi va haroratiga, shuningdek ularning seizlik darajasiga qarab 2.5dan 4.5 soatgacha davom etadi.
Havoda muzlatish paytida ularning qurishi, ya’ni vazn kamayishi 0.4-06.% ni tashkil etadi. vazn yo’qolishini kamaytirish uchun plyonkalarda muzlatish mumkin.
Immirseon usul bilan ya’ni sovituvchi suyuqlikni sepib muzlatganda parranda go’shti vazni kamaymaydi.
Tuxum melanjini muzlatish
Umumiy ovqatlanish korxonalarida, unli qandolat mahsulotlari va oziq-ovqat sanoatining boshqa sohalarida melanj ko’p miqdorda ishlatiladi.
Melanj tuxumning oqim va sarig’ini aralashtirib tayyorlanadigan bir xil massa. Bundan tashqari tuxumning oqi va sarig’i alohida-alohida xam ishlatiladi. Bu aralashmalar sifatli tuxumlardan tayyorlanadi. Lekin, birinchi navbatda vazni kichik tuxumlarni, tuxum po’chog’ida kamchiligi bo’lsa va tuxumning sifatiga ta’sir etmaydigan kamchiliklar bo’lsa melanj sifatida ishlatiladi.
Tuxum massasini xolodilьniklarda muzlatilgan holatda saqlaydilar. Ularni maxsus oksidlanmaydigan, zanglamaydigan idishlarda qopqog’ini germetik yopib muzlatishga qo’yadilar. Bankalarni -5 va 10 kg.li hajmi katta bo’lmaganlari ishlatilmaydi. Muzlatgich kameralarida bankalarni ustma-ust shaxmat shaklida oralari ochiq holatda yoki stellajlarda joylashtiriladi va – 6 0Sgacha sovitiladi. Bundan past haroratda saqlaganda tuxum oqidagi suv ajralib chiqadi va muzini eritish paytida yana o’ziga shimib olish xususiyatini yo’qotadi, sarig’i esa jelatinsimon holatga o’tib, qaytib yumshamaydigan qattiq konsistentsiyaga ega bo’ladi. lekin - 60S dan past bo’lmagan haroratda uzoq muddat saqlaganda tuxum sarig’idagi yog’da oksidalnish – gidrometik jarayonlar bo’lishi va hatto mikroorganizmalr rivojlanishi mumkin.shuning uchun bu mahslotni uzoq muddat saqlash jarayonini tezlik bilan o’tkazish kerak. Mulatish qancha tez o’tkazilsa mahsulot tarkibida qaytmas o’zgarishlar oz bo’ladi.
Rossiyaning parranda go’shtlarini qata ishlash ilimiy tekshirish institutida “A” markali politilenli plyonkasidan hamda “LP-3” markali lavsan politilen plyonkasidan o’lchamlari 400x50x60 mm.li paket upakovkalar tayyorlab, ichiga 6 kg dan melanj solib, germetik maxkamlab muzlatish ishlab chiqilagan.
Metal bankalar o’rniga polimer plyonkalarni ishlatish melanjni suyuq muhitda, plitali muzlatish apparatlarida unumli usulda muzlatish imkonini beradi.
Blok shaklida muzlatilgan melanjni qovurg’asimon karton yashiklarga joylashtirib saqlash kameralariga yuboriladi.



Download 30.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling