Mavzu; Kuydurgi kasalligi
Download 122.21 Kb.
|
G\'ozibek diplom ishi
Mavzu; Kuydurgi kasalligi; Reja. Kirish Asosiy qism 1. Kuydirgi kasalligining yuqish sabablari. 2. Kuydirgi kasalligini davolash. 3. Kuydirgi kasalligining oldini olish choralari. 4. Kasallikka qarshi kurashish choralari. 5.Kasallikning birinchi belgilari. Xulosa Ilovalar Fodalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Chorvachilik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash, ulardan turli xil oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarish iste’molchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chorva mahsulotlaridani ayni mahalda tibbiyotda ba’zi davolash ishlarida juda muhim bo‘lgan dori-darmonlar, sanoat uchun turli texnik mahsulotlari ham tayyorlanadi. Odamlarning kundalik hayotini chorva va parranda mahsulotlarimiz tasavvur etish qiyin. Bu borada sut va sut mahsulotlari, go‘sht hamda go‘sht mahsulotlarining tutgan o‘rni beqiyos. Mutaxassis olimlarning tavsiyalarida qaraganda har bir inson uchun o‘rtacha yillik go‘sht me’yori, go‘sht mahsulotlari va yog‘ni ham qo‘shib hisoblaganda 80 kilogrammni tashkil etishi kerak ekan. Sut va sut mahsulotlari, go‘sht hamda go‘sht mahsulotlari inson hayoti uchun noiyatda qimmatli oqsil manbai bo‘lib, organizmni plastik va energetik moddalar bilan ta’minlashda hayotiy ahamiyat kasb etadi. Go‘sht oqsillari o‘simlik oqsillaridan birmuncha yuqori turadi. Binobarin, hayvonlarning oqsili va yog‘lari odamlarning kundalik ratsionatida ancha salmoqli o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham odamlarning hayvon oqsili va yog‘iga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Shunga ko‘ra O‘zbekistonda go‘sht va sut sanoatining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda. Hukumatimiz qarorlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 36-sonli “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 386-son “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini etkazib berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida sut va go‘sht mahsulotlari etishtirishni oshirish bilan birga ularning sifatini yaxshilash, turlarini ko‘paytirish, tannarxini arzonlashtirish masalalari o‘z aksini topgan. Sut va go‘sht mahsulotlari tarkibida barcha muhim elementlar tayyor holda mavjud bo‘lib, ular inson organizmida modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Go‘sht miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: miya yaxshi rivojlanishi uchun oziqni asosan go‘shtdan oladi. Inson tanasining sog‘lom bo‘lishi va to‘liq rivojlanishida sut va sut mahsulotlari tarkibida almashnilmaydigan aminokislotalar hamda ularga asosan inson organizmi tomonidan sintez qilinadigan aminokislotalarni roli va ahamiyati katta. Biz talabalarga ushbu o‘quv kursida “Sut va go‘sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fani orqali sut va sut mahsulotlari hamda go‘sht, go‘sht mahsulotlarini tayyorlash, dastlabki qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha bilimlarni ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar orqali yetkazishdan iborat. Kuydirgi – hayvonlardan odamlarga yuqadigan, asosan o‘ziga xos yara (karbunkul), kamdan-kam hollarda esa o‘pka va ichak shakllarida namoyon bo‘ladigan hayvonlar va odamlarda uchraydigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Ushbu kasallikning teri, o‘pka va ichak shakllari uchraydi, og‘ir hollarda septik turiga ham aylanishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan teri shakli o‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilsa tuzalib ketadi.Kasallikni kuydirgi bakteriyalari keltirib chiqaradi, kasallik hayvonlardan hayvonlarga va odamlarga yuqadi, biroq kasallikni odamdan odamga va odamdan hayvonlarga yuqishi aniqlanmagan.Kuydirgi kasalligi odamlarga shu kasallikka chalingan hayvonlarni so‘yish, terisini shilish, go‘shtini maydalash, oshqozon-ichaklari va kalla-pochasini tozalashda, shuningdek kasallangan hayvonlarni parvarishlash jarayonlarida, yetarli termik ishlov berilmagan go‘sht mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida yoki hayvon terilarini tashish, saqlash va qayta ishlash jarayonida yuqadi. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchilar va ovchilar ko‘proq kasallanadilar.Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 14 kungacha, o‘rtacha 2-3 kun davom etadi.Kasallik belgilari:Teriga tushgan kuydirgi tayoqchasi dastlab terida qichishish va qizil dog‘ hosil qiladi. Dog‘ tugunchaga aylanib, bir necha soat ichida pufakcha hosil bo‘ladi. Doimiy qichishish oqibatida pufakcha yorilib, ichidan suyuqlik ajraladi (sachragan suyuqlik yangi pufakchalarni hosil qiladi). Yorilgan pufakcha o‘rnida qora rangli o‘zidan zardobli suyuqlik ajratib turuvchi, atrofi shishib ko‘tarilgan yara hosil bo‘ladi. Shu vaqtga kelib, yaraga yaqin joylashgan limfa tugunlari ham kattalashadi. Uning eng xarakterli belgisi yaralar og‘riqsiz bo‘ladi. Yara hosil bo‘lishi bilan tana harorati ko‘tariladi. Bemorning eti uvushadi, boshi aylanadi, ko‘ngli ayniydi, holsizlanadi. O‘pka shaklida qon qusadi, ichak shaklida esa ich ketishi qon bilan kuzatilib, bu holat 5-7 kun davom etadi. Kuydirgining teri shakli Yuqoridagi belgilar kuzatilganda tezda shifokorga murojaat qilish lozim!Kuydirgi kasalligining oldini olishda quyidagi chora-tadbirlarga amal qilish kerak:qishloq xo‘jalik hayvonlarini davriy veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib turish; molxonalarda veterinariya-sanitariya qoidalariga qattiq rioya etish; hayvonlarni veterinariya nazoratisiz so‘ymaslik va go‘shtini aholiga tarqatmaslik; kuydirgi bilan kasallangan hayvon go‘shtini dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish;kasal hayvonlar yotgan joylarni 2 foiz formalin, 20 foiz xlorli ohak eritmasi va boshqa vositalar bilan dezinfeksiya qilish, o‘lganlarni esa 2-2,5 metr chuqur qilib, ustiga 10 sm qalinlikda ohak solib ko‘mish yoki yoqib yuborish; kuydirgi yarasiga ishlatilgan vositalarni dezinfeksiya qilish, o‘rin-ko‘rpalarni dezkameradan o‘tkazish;chorvachilik, go‘sht kombinati, teri va qorako‘l zavodi ishchilari, veterinarlar, laboratoriya xodimlarini kuydirgi kasalligiga qarshi emlatish;go‘sht, sut mahsulotlari bilan ishlashda e'tiborli bo‘lish, pichoqlar va taxtachalarni alohida bo‘lishiga qat'iy rioya etish talab etiladi. Kuydirgi xastaligini oldini olishda sanitariya-profilaktika ishlarini kuchaytirish muhim vazifadir. Ya'ni qishloqlarda, maktablarda, chorvachilik korxonalarida, ovqatlanish shoxobchalarida, suv havzalarida kasallikning kelib chiqishini, oldini olish chora-tadbirlarini, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilishning ahamiyatini aholiga tushuntirish o‘ta muhimdir, deyiladi xabarda. odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan maʼlum. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. K. qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin. O d a m g a kasal hayvonlardan — hayvonni soʻyish, goʻshtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorva-chilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, yaʼni hayvonlar bilan bevosita muloqotda boʻladigan kishilarda koʻproq kuzatiladi. Infeksiya sogʻlom odam organizmiga nafas yoʻllari, teri va ogʻiz orqali tushishi mumkin. Odamda K.ning oʻpkaga, ichakka, teriga zarar yetkazadigan va infeksiya — qonga oʻtib tarqa-ladigan septik xillari uchraydi. Kasallik alomatlari ham zararlangan aʼzolarga qarab turlicha boʻladi. K.ning teri shaklida K. qoʻzgʻatuvchisi zararlangan teri orqali kiradi. Bu shaklda yashirin (inkubatsion) davr 2—3 kun. Terining infeksiya kirgan sohasida dastlab boʻrtma (papula) paydo boʻla-di, u loyqa yoki qonli suyuqlik bilan toʻlgan pufakcha (pustoʻla)ga aylanadi. Pufakcha tez orada yorilib, qora qoʻtir boʻladi. Atrofida yangi pufakchalar hosil boʻlib, qora qoʻtir kattalashadi, uning tagida ogʻrimaydigan shish koʻzga tashlanadi. Odatda, shu jarohatni "kuy-dirgi xoʻppozi" deb ataladi. U koʻpincha yuz sohasi, bilak, boʻyin yoki oyoqda boʻladi. Bunda gavda temperaturasi koʻtarili-shi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu-sizlik va h.k. kuzatiladi. Oradan 2—3 hafta oʻtgach, bemor tuzala boshlaydi. Oʻ p k a K.sida toʻsatdan isitma koʻtarilib, yoʻtal tutadi, qonli balgʻam kela-di, bemorning koʻkrak sohasi ogʻriydi, nafas olishi qiyinlashadi. Ichak K.si ovqatdan zaharlanishga oʻxshab boshlanadi, bemor koʻngli aynib, qusa-di, qorni qattiq ogʻriydi, ichi dam boʻladi. K.ning oʻpka va ichak shakllari juda kam uchraydi. Davolash maqsadida penitsilin va K. gammaglobulini qoʻllaniladi. Profilaktika maqsadida mollar bilan muloqotda boʻladigan kasbdagilar: chorvadorlar, qassoblar, teri oshlovchilar K.ga qarshi vaksiva bilan emlanadi.Hayvonlarda (ayniqsa, ot, qora-mol, qoʻy, echki, bugʻu) uchraydi, septitsemiya, teri osti toʻqimalari va boshqa ichki organlarga qon quyilishi va infiltrat yigʻilishi bilan kechadi. Inku-batsion davri hayvonlarda 1—3 kun. Hayvonlarga yem-xashak, iflos suv va havo, shuningdek, qon soʻruvchi hasha-rotlar, soʻva, pashsha va boshqa orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi tashqi muhitdan organizmga tushgandan keyin qon va limfaga oʻtib rivojlanadi va umumiy septitsemiyani chaqiradi, qonda oʻz at-rofida qobiq paydo qilib, koʻp miqdorda toksin ishlab chiqaradi. Tez rivojlanib koʻpaygan mikroblar teri osti va boshqa toʻqimalarda shishlar paydo qiladi, toksinlar esa qon tomirlarining oʻtkazuvchanligini oshirib, butun ichki organ va toʻqimalarda qon quyilishiga olib keladi, qon aylanishi sekinlashadi.Klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 1 —3 kun davom etadi. Mikrobning organizmga qayerdan kirishiga qarab teri (korbunkulyoz), ichak formalari boʻladi. Kasallikni oʻtkir holatlarida hayvon bir necha soat ichida (hatto 1 soat ichida) oʻladi. Hay-vonning burun, ogʻiz teshiklaridan qon aralash koʻpik, orqa teshikdan qora rangdagi qon oqadi, harorati 41—42° ga koʻtiriladi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, holsizlanadi, ish-taha yoʻqoladi va koʻpincha yotadi. Kasallikning ichak turlarida oshqozon, ichak organlari faoliyati boʻziladi va oʻlgandan keyin ham orqa va boshqa tabiiy teshiklaridan qon oqadi. K. bilan kasallangan hayvonni bilmasdan soʻyganda qoni qop-qora boʻlib, ivimaydi. Bu kasallikdan gumon qilingan hayvonni soʻyish mumkin emas, chunki organizmdagi kapsula holatidagi, tez oʻldirib boʻladigan mikrob tashqi, kislorodli muhitga tushishi bilan juda chidamli spora turiga aylanadi va tuproqda 100 yilgacha saqlanib qoladi. Tashxis epizootologik, klinik belgilarga asosan qoʻyilib, lab. tekshiruviga asosan tasdiqlanadi.Davolash: K.ga maxsus giperimmun qon zardobi, gamma-globulin va antibiotiklardan penitsillin ishlatiladi.Oldini olish: kasal hayvonlar yakkalab qoʻyiladi, otxona, molxona, qoʻyxona, yem-xashak, asbob-anjomlar, shuningdek, goʻng dezinfeksiya qilinadi. Yaylovlar haydaladi. K.dan oʻlgan hayvonlar kuydiriladi yoki maxsus belgi qoʻyib yormasdan koʻmilib, ustiga xlorli ohak quyiladi. K. qayd etilgan joylarda sogʻlom hayvonlar emlanadi. Kuydirgi qadimdan ma’lum kasallikdir. Abu Ali Ibn Sino, Gippokrat, Gomer va boshqalar bu xastalikni hayvonlardan odamga yuqadigan kasallik deb ta’riflaganlar. O’rta asrlarda, Italiyada XVIII va XIX asrda Frantsiyada, Yevropa va Amerika qit’asida kuydirgi kasalligi qishloq xo’jalik hayvonlari va aholi orasida keng tarqalgan. 1965 – 1967 yillarda Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika qit’alarida 21400 ga yaqin kasallik qayd etilgan. Rossiya, Iroq, Hindiston, Italiya va Angliya Davlatlarida ham kuydirgi tez-tez uchrab turadi. O’zbekiston Davlat arxivida saqlanayotgan ma’lumotlarga ko’ra, Respublikamiz hududida odamlar o’rtasida kuydirgi kasalligi birinchi marta 1868 yilda ro’yxatga olingan. O’zbekiston Respublikasining barcha ma’muriy hududlarida kuydirgining noxush statsionar punktlari mavjud. Quyidagi jadvallarda ro’yxatga olingan tuproq o’choqlari va Respublikamizda qayd etilgan kuydirgi kasalliklari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Kuydirgi infektsiyasining qo’zg’atuvchisi Bacillus anthracis hisoblanadi. Gram musbat, yirik, xarakatsiz kapsula va spora xosil qiladigan batsilladir. Kuydirgi qo’zg’atuvchisi vegetativ va spora shakllarida uchraydi. Oddiy ozuqa muhitlari (go’sht – peptonli va Xottinger agarlari, go’sht bo’lьoni, qonli ozuqa, suyuq tuxumli ozuqa va boshqalar)da yaxshi o’sadi. Qattiq ozuqa muhitlarida RR—forma shaklini xosil qiladi («meduza boshi »). Sporalari infektsiyani tsirkulyatsiya qilishini asosiy omili hisoblanadi, sporalari o’ta chidamli bo’lib, suvda taxminan 10 yil, tuproqda esa o’n yillab saqlanadi. Aerozol shaklda ham yuqumlidir. Ifloslangan tuproq kuydirgining manbai hisoblanadi. Hayvonlar orasida kuydirgining ko’plab tarqalishi yilning fasliga aloqador bo’lib, asosan hayvonlarni cho’llarda boqish jarayoniga bog’liqdir. Hayvonlar o’t va o’simlik ildizlarini yulib chaynaganda kasallanadilar. SHuningdek kasallik hayvonlarga havo-tomchi, chang-to’zonlar bilan yuqori nafas yo’llari orqali yuqadi. Sog’lom hayvonga kuydirgi transmissiv yo’l bilan, turli xil qon so’ruvchilar, ikki qanotli sudralib yuruvchilar orqali ham yuqishi mumkin. Hayvonlarda kuydirgining klinik belgilari Kasallikning yashirin davri 1-3 kun, ba’zida 8 kun davom etadi. Kasallik o’tkir, birdan, ba’zan esa yarim o’tkir yoki yashin tezligida boshlanadi. Xastalik yashin tezligida boshlanganda hayvon birdan yiqilib, og’zi, burni va boshqa a’zolaridan qon aralash suyuqlik (ko’pik) ajraladi, hayvon bezovtalanadi, qo’zgaluvchan bo’lib qoladi, nafas olishi va tomir urishi tezlashadi, tez orada tirishish alomatlari yuz berib, yurak faoliyati susayadi, hayvon nobud bo’ladi. Yirik shoxli hayvonlarda kasallik yarim o’tkir turda kechganida hayvonning tana harorati ko’tariladi (40-45 gradusgacha), eti uvishib mushaklari qisqaradi, tomir urishi tezlashadi, nafas olishi qiyinlashadi. Ovqat yemay qo’yadi, nafas olishi yanada tezlashadi, hiqildog’i shishadi, nafas olganda shovqin paydo bo’ladi. Qorni shishadi, ichakdan qon aralash suyuqlik ajralib chiqadi, siydik bilan qon ketadi, natijada hayvon tezda nobud bo’ladi. Sigirlarning sut berishi kamayadi, suti sarg’ish qon tusli bo’lib, mazasi taxir bo’ladi. Otlarda kuydirgi asosan ichak va teri shaklida bo’lib, infilьtratlar chuqur joylashadi, ular gangrena va parchalanish bilan tugaydi. Kasallik 8-36 soat, ba’zan esa 3-6 kun davom etadi. Mayda shoxli hayvonlarda kasallik yashin tezligida o’tadi va hayvonlarning to’satdan nobud bo’lishi bilan tugaydi. Ularning ichki a’zolarida gemorragik shishlar paydo bo’ladi. CHo’chqalarda esa kasallik mahalliy uzgarishlar bilan kechadi: bo’yin, ko’krak qafasi shishadi, nafas olishi qiyinlashadi, qusish, yo’talish, xirillash alomatlari paydo bo’ladi. Burun va og’iz bo’shlig’i shilliq kavati ko’kimtir-qizil rangli bo’ladi, tilda va qattiq tanglayda shishlar, karbunkullar paydo bo’ladi, cho’chqa asfiksiyadan nobud bo’ladi. CHo’chqalarda kuydirgi ba’zan surunkali turda o’tishi mumkin. Demak kuydirgi kasalligining belgilari kasallangan hayvonlarning turiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. SHu sababli kuydirgi bilan kasallangan hayvonlarni o’z vaqtida aniqlash, boshqa hayvonlardan ajratish hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o’z vaqtida boshlash katta epidemiologik ahamiyatga ega. Hayvonlar turli yo’llar bilan zararlanadilar: Download 122.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling