Mavzu; Kuydurgi kasalligi
Download 122.21 Kb.
|
G\'ozibek diplom ishi
Alimentar: sporalar tuproq (o’t-o’lanlar yeganda) va suv (suv ichganida) bilan yuqadi
Asosan qurg’oqchilik davrida hayvonlar zararlanadilar Kam xollarda molxonalarda boqilgan mollar infektsiya bilan zararlangan yemlarni yeganida kasallikka chalinadilar. Hayvonlarni ikkinchi zararlanish yo’li–transmissiv–so’nalar chaqishi oqibatida bo’lishi mumkin. Hayvonlarda kuydirgi kasalligi tarqalgan shaklda o’tkir va yashin tezligida kechadi va kasallanganlarni 95% nobud bo’ladi. Kuydirgi kasalligining asosiy manbalari bo’lib qishloq xo’jalik va uy hayvonlari ( yirik va mayda shoxli hayvonlar, qo’y, echki, ot, tuya va boshqalar) hisoblanadi. Hayvonlarda kasallik ko’pincha ichak shaklida o’tadi. SHuningdek xastalik it, mushuk va kemiruvchilardan ham yuqishi mumkin. SHuning uchun ham kasbga taalluqli va qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi shaxslar ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish zarur. Xastalik asosan veterinariya xodimlarining ruxsatisiz qishloq xo’jalik va uy hayvonlarini so’yish, go’shtini nimtalash va odamlarga tarqatib yuborish, iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Odamga kasallik bemor hayvonlarni parvarish qilish, ularni majburiy so’yish, o’lgan hayvonning terisini shilib olish, kasallangan hayvonlarning terisini, junini, shoxini, suyagini qayta ishlash jarayonida bevosita muloqot orqali yuqadi. Odam kuydirgi bilan bemor hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan kiyim-kechak (palьto, po’stin, yungli yoqa, qo’lqop va shunga o’xshash) larni kiyganda, ba’zan esa kasal hayvon mahsulotlari (go’sht, sut) orqali va shuningdek, teri va jun kabi mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida ifloslangan havo-chang orqali ham yuqishi mumkin. Sog’lom odamga batsillalar terining ochiq qismi, nafas olish (ifloslangan havo orqali) va ovqat hazm qilish (ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali) a’zolarining shilliq qavati orqali o’tadi. Ba’zan esa laboratoriya sharoitida zararlanish, diversion (terroristik) qo’llashlar orqali kasallanish hollari kuzatiladi. Kuydirgining qo’zg’atuvchisi sog’lom organizmga shikastlangan teri, yuqori nafas yo’llari va oshqozon-ichak yo’lining shilliq pardasi orqali o’tadi. Organizmga tushgan kuydirgi tayoqchalarining bir qismi fagotsitlar tomonidan yutiladi (fagotsitoz), qolgan qismi esa limfa va qon orqali butun organizm (jigar, taloq, o’pka, ichak devori, teri osti, biriktiruvchi to’qima va boshqalar)ga tarqaladi. Teri orqali o’tish joyida qizarish va karbunkul paydo bo’ladi. Ko’proq terining ochiq qismi zararlanadi. Qo’l va bosh terisi bu borada eng xavfli hisoblanadi. Kuydirgi qo’zg’atuvchisining teri yoki shilliq parda orqali qonga o’tishi kuydirgi sepsisini keltirib chiqaradi. Yuqori nafas a’zolari orqali organizmga tushganda kasallikning o’pka shakli kelib chiqadi. O’pkada gemorragik pnevmoniya belgilari namoyon bo’ladi. Kuydirgi qo’zg’atuvchisining og’iz orqali organizmga tushishi natijasida ichak shilliq pardasida nekrotik o’choqlar paydo bo’lib sepsisni keltirib chiqaradi. Kasallikning qaysi turi kelib chiqishidan qat’iy nazar limfa bezlari shikastlanadi. Natijada suv va oqsil moddalarining organizmga so’rilishi buziladi, shish va nekroz o’choqlari paydo bo’ladi. Qonda kuydirgi qo’zg’atuvchilari ko’payib, ularning zaharli moddalarining miqdorini o’sishi kuzatiladi. Organizmning kuchli zaharlanishi natijasida tana haroratining ko’tarilishiga, yurak-qon tomir sistemasi faoliyatining buzilishiga va shokka olib keladi. Immunitet va uning xususiyatlari Kuydirgi kasalligiga odamlarning moyilligi yuqori bo’lib, ko’pincha uy va qishloq xo’jalik hayvonlarini parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan kattalar va bolalar kasallanadilar. Sog’lom organizmga tushgan kuydirgi mikroblari organizmning himoya kuchidan halok bo’ladi. Ushbu holat bemor organizmida pretsipitinlar, agglyutininlar, komplement bog’lovchi antitelolar paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bemor tuzalgandan so’ng uning qonida kasallik chaqiruvchi batsillalarga qarshi immunitet hosil bo’ladi. SHuning uchun ham kuydirgi bilan ikkinchi marta kasallanish juda ham kam uchraydi. Kuydirgining teri shaklida batsillalar kirgan joyda 2-3 kundan so’ng qichiydigan qizg’ish dog’ bo’lib, u tezda qizil tusli pufakcha (papula) ga aylanadi, pufakcha loyqa, qonsimon suyuqlik bilan to’ladi va pustulaga aylanadi. Uning qattiq qichishi tufayli bemor uni ko’pincha yorib tashlaydi. Natijada u ko’mir rangini eslatuvchi to’q qizil rangli val («dur xaltasi») bilan o’ralgan infilьtratga aylanadi. Uning atrofida ikkilamchi pustulalar paydo bo’ladi. Yara shishadi, yara markazida og’riq bo’lmaydi. Bu davrda limfa bezining kattalashishi ham namoyon bo’ladi. Kasallikning boshlanish davrida bosh og’rig’i, butun tananing zirqirashi, nafas olishining tezlashishi, kasallikning 2-3- kunlari esa tana haroratining 39-40 darajaga ko’tarilishi va zaharlanish belgilarining kuchayishi kuzatiladi. Boshning og’rishi kuchayadi, bemor holsizlanadi, qon bosimi pasayadi. Jigar va buyrak kattalashadi. 5-8 kundan so’ng bemorning ahvoli yaxshilana boshlaydi. Kuydirgi teri shaklining eng xavfliligi uning sepsis shakliga, ya’ni batsillalarning qonga o’tib ketishidir. Unda bemorning ahvoli og’irlashadi. Bemor yo’talganda qon aralash balg’am ajratadi, qon aralash qusadi, ichi ketadi, najasida qon paydo bo’ladi. O’pka shakli. Kasallikning o’pka shakli juda og’ir o’tadi va ko’pincha o’lim bilan tugaydi. Xastalik tez boshlanadi, bemorda shamollash belgilari, ko’krak qismida o’tkir og’riq paydo bo’ladi, nafas olishi qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurak urishi tezlashadi, balg’amda qon paydo bo’ladi. Xastalik 2-3 kun davom etishi mumkin. Ichak shakli. Kuydirgining ichak shakli umumiy zaharlanish, tana haroratining ko’tarilishi, qorinda o’tkir og’riq paydo bo’lishi, ko’ngil aynishi, qon aralash qusish va ich ketishi bilan xarakterlanadi. Bemorning ahvoli tezda og’irlashadi va kasallik o’lim bilan tugaydi. Og’iz-xalqum shaklida xalqum yallig’langan, disfagiya, zararlangan tomonda bo’yinningog’riqli regionallimfadenopatiyasi, jarayon rivojlanganda – bo’yinda va ko’krakning oldingi devorlarida salmoqli shish, o’tkir nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Tashxisoti: kasallikning klinik alomatlari, bemordan olingan epidemiologik anamnez va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga asoslangan xolda qo’yiladi. Kuydirgi kasalligining laboratoriya diagnostikasi: 1.Bakteriologik 2.Bakterioskopik 3. Biologik 4.Molekulyar-genetik (polimeraza zanjir reaktsiyasi) Kuydirgi kasalligining teri shaklini furunkul, karbunkul, manqa (sap), o’latning teri va tulyaremiyaning yara-bez turlaridan farqlamoq lozim. Furunkul va karbunkullarni yiring chaqiruvchi mikroblar – kokklar keltirib chiqaradi. Bundan teri qizarib shishadi va asta – sekin yiring yig’iladi, yara ustida qora parda paydo bo’lmaydi, isitma baland bo’ladi. Paypaslaganda og’riq kam bo’ladi. Kuydirgining teri shaklida esa yara usti qizaradi, papula, pustula, qora parda bilan qoplanadi va og’riq sezilmaydi. O’latning teri turida burga chaqqan joy qizaradi, shishib ketadi, tsianoz kuzatiladi, palьpatsiya qilinganda qattiq og’riq seziladi, umumiy zaharlanish belgilari kuzatiladi. Tulyaremiyaning yara-bez turida teri qizaradi, shishib ketadi, og’riq seziladi, isitma ko’tariladi. Manqa (sap)da harorat ko’tariladi, et uvishadi, badan zirqirab og’riydi, sepsis alomatlari paydo bo’ladi, infektsiya tushgan joy qizarib pustulaga aylanadi. Uning usti yaltiroq, yog’ surtgandek ko’rinadi, limfadenit alomatlari kuzatilib og’riq beradi. Bemordan yig’ilgan kasallikning kelib chiqish tarixi, uning shikoyatlari xastalik sababini aniqlashda katta yordam beradi. Kuydirgi kasalligining teri shaklini furunkul, karbunkul, manqa (sap), o’latning teri va tulyaremiyaning yara-bez turlaridan farqlamoq lozim. Furunkul va karbunkullarni yiring chaqiruvchi mikroblar – kokklar keltirib chiqaradi. Bundan teri qizarib shishadi va asta – sekin yiring yig’iladi, yara ustida qora parda paydo bo’lmaydi, isitma baland bo’ladi. Paypaslaganda og’riq kam bo’ladi. Kuydirgining teri shaklida esa yara usti qizaradi, papula, pustula, qora parda bilan qoplanadi va og’riq sezilmaydi. O’latning teri turida burga chaqqan joy qizaradi, shishib ketadi, tsianoz kuzatiladi, palьpatsiya qilinganda qattiq og’riq seziladi, umumiy zaharlanish belgilari kuzatiladi. Tulyaremiyaning yara-bez turida teri qizaradi, shishib ketadi, og’riq seziladi, isitma ko’tariladi. Manqa (sap)da harorat ko’tariladi, et uvishadi, badan zirqirab og’riydi, sepsis alomatlari paydo bo’ladi, infektsiya tushgan joy qizarib pustulaga aylanadi. Uning usti yaltiroq, yog’ surtgandek ko’rinadi, limfadenit alomatlari kuzatilib og’riq beradi. Bemordan yig’ilgan kasallikning kelib chiqish tarixi, uning shikoyatlari xastalik sababini aniqlashda katta yordam beradi. Asosiy kasallik belgilari va yurak -qon tomir etishmovchiligi belgilari namoyon bo'ladi: tana haroratining ko'tarilishi, depressiya, ishtahaning pasayishi yoki etishmasligi. O'tkir miokardit, taxikardiya, ekstrasistol, to'la pulsning katta to'lqini, yurak mintaqasining og'rig'i rivojlanishining birinchi davrida, kuchaygan va ba'zida kuchli yurak urishi, yurak tovushlari kuchaygan, ayniqsa birinchi. Qon bosimi va qon oqimining tezligi oshadi. O'tkir miokardit rivojlanishining boshida elektrokardiogrammada (EKG) P, R va ayniqsa T to'lqinlarining keskin oshishi, intervallarning qisqarishi. PQ va QT, ST segmentining siljishi. Bu o'zgarishlar xarakterlanadi, yurakning qattiq ishi. Kasallikning ikkinchi davrida yurak -qon tomir etishmovchiligining asosiy belgilari kuzatiladi: nafas qisilishi, siyanoz, shish va yurak qisqarish ritmida aniqroq buzilishlar. Yurak ritmining buzilishi ko'pincha qorincha ekstrasistoli, miltillovchi va chayqalish shaklida namoyon bo'ladi. atriya va ba'zi hollarda bo'lak shoxli blok shaklida, qisman yoki to'liq atrioventrikulyar blok. Puls kichik, zaif bo'ladi to'ldirish. Yurak impulsi zaiflashadi. Birinchi ohang kuchayadi, ko'pincha bifurkatsiya qilinadi yoki o'chirilgan. Ikkinchi ohang zaiflashadi. Chuqur halokatli o'zgarishlar bilan miokard gallop ritmi bilan belgilanadi, ikkala tovushning keskin zaiflashishi va karligi. Miyokarditning ikkinchi davrida ko'pincha funktsional endokard shovqinlari paydo bo'ladi. Rivojlanayotgan yurak etishmovchiligi arterial qon bosimining pasayishiga va venoz qon bosimining oshishiga olib keladi. Itlarda o'tkir miokardit rivojlanishining ikkinchi davrida elektrokardiogrammada QRS kompleksining tishlari kamayadi. Bu kompleksga aylanadi kengroq va deformatsiyalangan, T to'lqini kengroq bo'ladi, PQ va QT intervallari uzaytiriladi, ST segmenti joyidan siljiydi. Miyokardit bilan tananing boshqa a'zolari va tizimlarining funktsiyalari buziladi - nafas qisilishi ko'rinishida namoyon bo'ladigan o'pka, jigar, buyraklar, ovqat hazm qilish tizimi, shilliq pardalar, teri siyanozi yoki sarg'ayishi, siydik chiqarishining kamayishi, shish, ovqat hazm qilish jarayonining turli buzilishi. Barcha holatlarda asab tizimining funktsiyalari buziladi. Qonni o'rganishda yadroning regenerativ yoki degenerativ siljishi bilan neytrofil leykotsitoz tez -tez uchraydi. Miyokarditning prognozi ko'p hollarda tabiatga va asosiy kasallikning og'irligi. Ko'pincha hayvon og'ir kasallikdan o'ladi miokardit shakllari. Ko'pincha miokardit miokard degeneratsiyasi bilan tugaydi, miokardiofibroz. Download 122.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling