23-mavzu. Gidrotexnika qurilishida maxsus ishlar Reja


Download 0.78 Mb.
bet2/6
Sana09.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1182752
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
23-маъруза 2021-2022

Xandaqlarni quritish.

Gidrotehnika inshootlari odatda tagi sizot suvlar sathidan pastroqda joylashgan kotlovanlarda quriladi. Qurilish ishlarini quritilgan kotlovanda amalga oshirish ayniqsa qulaydir. Quritish ikki bosqichdan iborat: kotlovandagi suvni chiqarish – dastlabki quritish; kotlovanda qurilish ishlarini amalga oshirish davrida uni quruq holatda saqlash. Kotlovanlarni quritishning ikki usuli: ochiq suv chiqarish usuli va sun'iy (gruntli) suv pasaytirish usulidan foydalaniladi.
Ochiq suv chiqarish usuli siziluvchi suvlar kotlovan tagi va qiyaliklarga salbiy ta'sir ko’rsatmagan holda, qum-shaqalli, loyli yoki qoyatoshli darzli gruntlarda qo’llaniladi. Kotlovanni qazish jarayonida uning sirtidagi suv nasoslar yordamida chetga chiqariladi. Suv yiquvchi tarmoq (5.13-rasm) quritish ariqlari va suv yiqish quduqlari (zumpflar)dan tashkil topadi. Suv S-245, S-774 markazdan qochma ko’chma nasos qurilmalari yordamida (ularning ish unumdorligi 50-120 m3qsoat), to’siqlar bilan to’silgan kotlovanlardan – sol yoki ponton ustiga o’rnatilgan nasos qurilmalari bilan so’rib olinadi. Nasoslarning kerakli soni va ish unumdorligi dastlabki so’rib olingan suv hajmiga va kotlovanga quyiladigan sizot suvlar miqdoriga qarab aniqlanadi.





5.13-расм. Sirtga suv chiqarib tashlash shemasi
1 - quritish ariqlari; 2 – suv tashlanadigan quduqlar
Sun'iy (gruntli) suv pasaytirish usulidan quyiladigan sizot suvlar ko’p bo’lgan holda foydalaniladi. Kotlovan atrofida uning perimetri bo’ylab joylashgan quvursimon yoki kon quduqlaridan yoki ignali suzgichlar qurilmasi yordamida suv chetlatish yo’li bilan sizot suvlar sathini pasaytirish va uni kotlovan tagidan pastroqda saqlash mumkin.
Ignali suzgichlar qurilmasi (5.14 (a)-rasm) nasos agregati, so’ruvchi kollektor va unga biriktirilgan ignali suzgichlardan tashkil topadi. Ignali suzgich (5.14 (b)-rasm) filtr usti quvuri, uzunligi 1-1,2 m bo’lgan filtrlovchi bo’qin va diametri 150 mm gacha bo’lgan tsilindrsimon poynakdan iborat. Filtrlovchi bo’qin (5.14 (v)-rasm) sirtiga sim va filtrlovchi to’r o’ralgan teshikli qalvirak tashqi quvur va ichki quvurdan tashkil topadi. Ignali suzgichlar suvga yuvib tushiriladi (5.14 (g)-rasm).






Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling