Ishlashning samarali usullari


Download 43.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi43.44 Kb.
#1818590
  1   2   3
Bog'liq
Sharipova Navro’za



Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
1206 
TA’LIM MUASSASALARIDA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN 
ISHLASHNING SAMARALI USULLARI 
 
Farg‘ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi 
Biologiya fani o’qituvchisi 
Sharipova Navro’za 
 
Annotasiya: Ta’lim muassasalarida bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashning 
samarali usullari xaqida ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so‘zlar: bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar, interfaol ta'lim metodi, ijodiy ishlash
mustaqil amaliyot, topshiriq, namuna, o‘qitish metodikasi, didaktik o‘yinlar, boshqotirm, 
ta'lim vositalari, didaktika, mashg‘ulot, zamonaviy usullar, interfaol usul. 
 
Shunday mustaqil yurtda yashar ekanmiz bu yurtning tarixini bilishimiz yurt 
mustaqilligi uchun fidoyilik qilgan ajdodlarimizni bilishimiz ular bilan fahirlanibgina qolmay 
o‘zimiz ham shu ajdodlarga munosib avlod bo‘lishimiz bu har bir O‘zbekiston fuqorosining 
vazifasidir. Har bir pedagog bu yo‘lda ezgu oliy maqsad ila qadam qo‘yayotgan yosh 
avlodga to‘g‘ri tarbiya berishimiz bu hozirgi zamon bilan hamnafas yashab faoliyat olib 
borayotgan biz pedagoglarning ustuvor vazifamizdir. Bunda esa biz pedagoglardan albatta 
interfaol ta’lim metodlardan foydalanib yosh avlodga ta’lim berishimiz talab qilinadi. 
"Bugun bitta kitob o‘qigan o’quvchi, ertaga televizor ko‘rib o‘tirgan o‘nta o’quvchini 
boshqarishi mumkin". Shunday ozod, mustaqil yurtda yashar ekanmiz, bu yurtning tarixini 
bilishimiz, yurt mustaqilligi uchun fidoyilik qilgan ajdodlarimizni bilishimiz ular bilan 
faxrlanibgina qolmasdan, o‘zimiz ham shu ajdodlarga munosib avlod bo‘lishimiz - bu har bir 
O‘zbekiston fuqorosining vazifasidir. Hozirgi zamonaviy davr bilan hamnafas yashab, bilim 
o’rganish va o’rgatish bizning ustuvor vazifamizdir. Bunda esa bizdan albatta zamonaviy va 
interfaol ta'lim metodlaridan foydalanib yosh avlodga ta'lim berishimiz talab qilinadi. 
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash o‘qituvchidan alohida 
katta bilim, motivator, psixologik yondashuv va mas’uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa 
o’quvchilar bilan shug‘ullanish uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, ularning 
qiziqishlarini aniqlash lozim. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o’quvchilarning o‘zlashtirishini muntazam 
monitoring qilib borilishi, o‘quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida mashg‘ulotlar 
daftari tuttirish kabi usullar ham samarali hisoblanadi. Shuningdek o‘quvchilardagi ijobiy 
o‘zgarishlar rag‘batlantirilishi muhim. 
Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash 
qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak. Bunda turli ertaklardan foydalanish mumkin. 
Fanga oid qo‘shimcha dars o‘quvchilar uchun quyidagicha tashkil qilinadi:
1. O‘quvchining qiziqishiga qarab.
2.Bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida.
3.Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o’quvchilar uchun.


Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
1207 
4.Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida.
O‘quvchining qiziqishiga qarab qo‘shimcha dars tashkil etish, bu - fan to‘garaklariga 
a’zo qilish bo‘lib, bunda ular bilimlarini mustahkamlab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob 
oladi. Bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida tashkil qilingan qo‘shimcha darslarda test 
natijalaridan kelib chiqqan holda ish olib boriladi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun 
qo‘shimcha dars¬lar tashkil qilishdan oldin, bo‘sh o‘zlashtirish sababi o‘rganiladi. Dars 
qoldirish, ma’lumotlarni qabul qilishni istamasligi, o‘yinqaroqligi, oilaviy ahvoli kabilar 
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi. 
Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab 
o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarni 
mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli 
bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim. 
Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim maqsadiga 
yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga 
olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilarni 
aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘la “eslab qolib” bajarishdir. Bunda 
bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash 
va ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga 
alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay 
usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir. 
O‘quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi tabiiy. 
Chunki hali ularning tasavvuri yorqin, so‘z boyligi yetarli emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
o’quvchilar o‘qituchi rahbarligida ishlaganda, tezroq mulohaza qiladilar. Bu holga o‘rganib 
qolmasliklari uchun ko‘proq ularning o‘zini mustaqil fikrlashga da’vat etish lozim. 
O‘quvchilar e’tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega shunday 
bo‘ldi? Seningcha qanday bo‘lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma’qullab, 
“Xarakat qil”, “juda yaxshi”, “juda soz!”, “juda zo’r!” kabi rag‘batlantiruvchi so‘zlarni 
ishlatish foydalidir. 
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan o’quvchi mamnun bo‘lsa, uningqiziqishlari ortib, 
yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha 
tekrishish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. O’quvchi 
yozishidan oldin o‘ylaydi, fikrini og‘zaki jamlaydi, so‘ng uni yozishga kirishadi. O‘z fikrini 
bayon qilish, yo‘l qo‘yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi.
O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim: 
– beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqish 
uyg‘ota olsin; 
ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga 
tushunarli bo‘lsin; 
– ishni bajarishda o’quvchilarda o‘ziga ishonch hissi uyg‘onsin, ishga kirishishda ular 
o‘zlarida dadillik sezsin; 


Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
1208 
–mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin(hamma 
o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish – mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta 
bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga e’tibor berish kerak; 
–topshiriqlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak; 
– topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini 
eslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o’quvchilarni shu talabni bajarishga ko‘niktirish lozim; 
ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta ustida ortiqcha narsalar 
bo‘lmasligi) kerak; 
–topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin; 
– darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo‘lishi maqsadga 
muvofiq. 
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. O’quvchilarga, iloji 
boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishda 
me’yorga amal qilish kerak. O’quvchilar darsdan(og‘ir, mashaqqatli mehnatdan) keyin 
tiniqib dam olsalar, ko‘proq ochiq havoda bo‘lib, harakatli o‘yinlar, sayr bilan vaqt o‘tkazib, 
tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o‘zlashtirish 
yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo‘lishi, asosan, o’quvchilarni kuzatishga, 
xulosa chiqarishga undashi lozim. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash ancha 
murakkab jarayon. O‘qituvchining pedagogik mahorati, zamonaviy dars o‘tish usullaridan 
foydalanishi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida 
uni samarali amalga oshirish mumkin. 

Download 43.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling