Mavzu: ixtiyoriy mavzuga husnixat bilan insho yozish


Download 388.48 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi388.48 Kb.
#1371210
  1   2   3   4
Bog'liq
IXTIYORIY MAVZUGA

  • Og‘zaki va yozma insho turlari.
  • O‘quvchilarni tarbiyalashda inshoning roli.
  • Insho mavzusi, uni yoritish.
  • Reja tuzish.
  • Insho yozishga tayyorlash.
  • Insho tahlili.

REJA:

Og‘zaki va yozma insho turlari

  • Insho bola shaxsini shakllantirish vositasi. Bolalar voqea –hodisalarni sinchiklab kuzatishni o‘rganadi, fikrini izchil yoritishga o‘rganadi. Adabiy tilni egallaydi.
  • Insho mavzusi: qahramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, maktab, ilm-xosiyati, ota-onalarga munosabat, kattalarga hurmat, tabiat, bayramlar, hayvonot dunyosi, yaxshilik, yomonlik, odob-ahloq mavzularida bo‘lishi o‘quvchilarning shunday ahloqiy xulqqa ega bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga amal qilish. Inshoni muntazam o‘tkazib borilsa, o‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalaydi.
2. Inshoni hayot bilan bog‘lash. Kuzatishlar, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan hisobot, xat, maqola, taqriz shaklida yozishning ahamiyati katta.
3. Insho uchun maktab va o‘qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos mavzu tanlash. Mehnat, vatan, ahloqiy muammolar haqidagi mavzular kiradi.
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsional darajasini oshirish. Tabiatni qiziqarli, obrazli, ta’sirli qilib tasvirlash.

Insho ijodiy ishning yuqori shakli.

Insho ijodiy ishning yuqori shakli.

U og‘zaki va yozma shaklda o‘tkaziladi. Og‘zaki shakli savod o‘rgatish jarayoniga to‘g‘ri keladi, ona tili darslarida ham davom etadi. Umuman, og‘zaki insho- o‘quvchining o‘qituvchi bergan biror savoliga javob berishi, biror voqea haqida axboroti, rasm mazmunini hikoyalab berishi. Bu insho shakli erkin. Demak, turli mazmundagi mashqlar inshoga bo‘ysunadi. Yozma insho 1-sinfning 2-yarmidan boshlanib, darslikda rasm yuzasidan berilgan savolga javob yozish shaklida amalga oshiriladi. Lekin bu paytda insho atamasi ishlatilmaydi. Og‘zaki insho ko‘p o‘tkaziladi.


Download 388.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling