Aqlli dehqonchilik
Download 110.94 Kb.
|
Precision Farming
- Bu sahifa navigatsiya:
- Лекция 5. Значение и цели точного земледелия (Precision Farming)
4.2. Aqlli dehqonchilik 12. “Aqlli dehqonchilik” raqamli texnologiyalari — avtomatlashtirilgan intellektual tizim bo‘lib, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, tuproq va yer resurslari maydonlarining holati bo‘yicha ma’lumotlarni yangilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi yerlarini taqsimlash, almashlab ekishni qo‘llash, ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalari, qishloq xo‘jaligi yerlarini avtomatlashtirilgan tarzda baholash, yer va suv resurslaridan foydalanish va adaptiv-landshaft dehqonchiligi tizimining faoliyati va samaradorligini nazorat qilish va monitoringini olib borishni o‘z ichiga oladi. Bunda raqamli, masofaviy, geoaxborot texnologiyalar va kompyuter modellashtirishning usullari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda agrolandshaftlarni rejalashtirish va maqbullashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishning intellektual tizimlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi. 13. “Aqlli dehqonchilik” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi: qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda avtomatlashtirilgan rejalashtirish tizimidan foydalanish; qishloq xo‘jaligi yerlarining holati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, yangilash va saqlash tizimini joriy etish; qishloq xo‘jaligi yerlarining holati va ulardan foydalanish bo‘yicha monitoring yuritish, yerlarning yaroqliligini maqsadli baholash va yuqori hosildorlikni modellashtirish; qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini prognozlashtirish; qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini taqsimlash va ekin turlarini joylashtirish; dehqonchilikning raqamli agrotexnologiyalar va texnik-iqtisodiy asoslashni loyihalash tizimini ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishning raqamli tizimi hamda mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha vakolatli markazlarni tashkil etish. Лекция 5. Значение и цели точного земледелия (Precision Farming)
Описание Цель занятия: уяснить основные понятия и определения точного сельского хозяйства, точного земледелия и точного животноводства; изучить основные элементы и группы технических средств для реализации технологии точного земледелия; ознакомиться с направлениями практического применения элементов точного земледелия. Оглавление 1.1 Общие сведения о технологии точного земледелия 1.2 Основные этапы реализации технологии точного земледелия 1.3 Основные элементы и технические средства технологии точного земледелия 1.4 Составные части системы точного земледелия 1.5 Перспективы применения точного земледелия в России Контрольные вопросы Download 110.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling