ZTEning elektr energetikasi sohasi uchun aqlli yechimi yettita sub-yechimdan tashkil topgan:
• Elektr energiyasini uzatish axborot tizimi:
100G davriga optik uzatish sohasidagi yetakchilardan biri sifatida kirgan ZTE shirkati butun dunyo bo‘ylab fiksatsiyalangan va mobil interfaol optik transport magistrallarini qurmoqda. Bunda professional dizayndan tortib, ZXMP/ZXONE turkumidagi optik uzatuv asbob-uskunalarini ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq qamrab olinadi.
• Elektr energiyasi tarmoqlarining axborot-dispetcherlik tizimlari:
ZTE tomonidan taqdim etilayotgan ma'lumotlarni uzatishga qaratilgan samarali va ishonchli kommunikatsion asbob-uskunalar asosiy dispetcherlik xizmatining alohida bo‘g‘inlari sifatida sanoatda avvaldan o‘rnatilgan va yangi IP kontrollerlarni ulash uchun turli interfeys va modullarni taqdim etadi. Bundan tashqari ZTE ZXR10 turkumidagi asbob-uskunalar asosiga qurilgan ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i enegetika sohasining mashaqqatli snovlariga dosh beradi. Shunindek, MDU tizimi asosidagi ZXA10 PON asbob-uskunalari elektromagnit mutanosiblik va xarorat borasidagi qat'iy talablarga javob beradi.
• Korxona ofisini avtomatlashtirish tizimi:
IT sohasidagi tadrijiy taraqqiyot natijasida ofisdagi barcha ehtimoliy holatlarni qamrab oluvchi turli ilovalarni taklif etilmoqda. Kompaniyalar bilan hamkorlik, joriy etilgan xizmatlar va takdim etilayotgan yechimlar ZTE mijozlari faoliyatining samaradorligini oshirmoqda. ZTEning UC, VCS yechimlari, bulutli terminallar, an'anaviy IT xizmatlarning modernizatsiyalanishi natijasida korxonalar xodimlari uchun qulay elektron ofis taklif etilmoqda.
• Data-markaz:
Odatda, OPEX indeksi yangidan bunyod etilgan data-markazi samarali faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. ZTE kompaniyasi modulli ma'lumot markazlari uchun muvaffaqiyatli, texnik xizmat ko‘rsatish borasida oddiy yechim taklif etmoqda. Konteynerli va modulli data-markazni qisqa muddatda qurish imkoniyati ZTE mijozlariga raqobatda ustunlik beradi.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |