Aqlli energiya tizimlaridan foydalanish reja : Elektr energiyasini uzatish axborot tizimi: • Aqlli hisoblagichlar


Download 0.99 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1535475
  1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu


AQLLI ENERGIYA TIZIMLARIDAN FOYDALANISH


Reja :

1.Elektr energiyasini uzatish axborot tizimi:


2. • Aqlli hisoblagichlar (Smart Metering): 
3. • Korxona ofisini avtomatlashtirish tizimi: 

Hozirgi kunda 2.0 elektr tarmog‘i sifatida keng tanilgan «Aqlli elektr ta'minoti tarmog‘i» (Smart Grid), IBM kompaniyasi tomonidan 2006 yili «Aqlli elektr ta'minoti tarmoqlari uchun infratuzilma yechimlari» deb nomlangan hisbotda xalqaro hamjamiyat e'tiboriga havola qilingandi. 


2011-yilning 7- aprelida AQSh elektr energetikasi ilmiy-tadqiqot instituti Smart Grid tizimining afzalliklari va xarajatlari to‘g‘risidagi o‘z hisobotini e'lon qildi. Ushbu hisobotda AQShda yangi elektr ta'minoti tizimini to‘liq joriy etishga sarflanadigan xarajatlarga baho berilgandi. Hisobot ma'lumotlariga ko‘ra, Smart Grid tizimini AQShda joriy etilishi uchun $338 mlrd. dan $476 mlrd. gacha xarajat talab etiladi, olinadigan foyda esa $1,3 trln. dan $2 trln. gacha mablag‘ni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha tarzda AQShda LPT podstansiyalarini ta'mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha amalga oshirildi. Uning maqsadi aloqa va boshqaruv sohalarida muhim o‘rin tutgan zamonaviy energiya tizimining zaif jihatlarini bartaraf etishga qaratilgan.
Yevropa mintaqasida Smart Grid tizimini rivojlantirish bilan asosan Yevropa Ittifoqi shug‘ullanadi. Uning tegishli idoralari mazkur yo‘nalishda maqsad, siyosat va strategiyalarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga yetarlicha mablag‘ sarflaydi. Barqaror taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, elektr energiyasi tizimidagi quvvat iste'molini va zararli gazlarning havoga chiqarilishini kamaytirish kabi yo‘nalishlar Yevropada asosiy vazifalar sifatida amalga oshirilyapti. Yevropada joriy etilayotgan Smart Grid tizimining maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, uni taqsimlashga yangicha yondoshish va mijozlarga axborot almashinuvi kabi interfaol xizmatlar taqdim etishdan iborat. YeI sof va qayta tiklangan energiyaning iste'moldagi ulushini k 2020 yilga qadar 20% gacha yetkazish va aynan shu muddatgacha butun Yevropa mintaqasida energiya ta'minoti tizimlari integratsiyasini yakunlashni rejalashtirmoqda. 2010-2018 yillar mobaynida Smart Grid tizimiga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 2 mlrd. Yevroni tashkil etadi.
Korxonalar uchun turli tizimlarni barpo etish va IT xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yetakchi hisoblangan ZTE kompaniyasi Smart Grid uchun keng yo‘lkali yechim ishlab chiqish borasidagi o‘z rejasini taqdim etdi. Uning amalga oshirilishi jahon energetika sohasidagi intellektual inqilobni yanada tezlashtiradi.
ZTEning energetika sohasidagi aqlli keng yo‘lkali yechimi elektr energetikasi kompaniyalariga axborot infratuzilmasini shakllantirish borasida yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Ushbu infratuzilma Smart Grid tizimini barpo etishda axborot yig‘ish (masalan, smart-hisoblagichlar, videokuzatuv uskunalari, avtomatlashgan OA), ma'lumot uzatish (ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i, dispetcherlik va aloqa tarmog‘i, ichki axborot ofisi va boshqalar) va axborotni saqlash (ma'lumotlarga ishlov berish markazlari uchun yechimlar)ga qaratilgandir.
ZTE tomonidan energetika sohasini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan strategiyaga muvofiq, elektr enegetikasi sohasidagi kompaniyalarga ko‘rsatilayotgan asosiy xizmat elektr quvvatining mavjud resurslaridan mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida samarali foydalanishni rejalashtirishdan iboratdir.
ZTE yechimlari mazkur sohada axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi. Iste'mol terminali, ultra diapazondagi uzatish tarmog‘i orqali yig‘ilgan ma'lumotlar yordamida, shuningdek tarixiy ma'lumotlarni yig‘ish va saqlash vositasida joriy sharoitlar va holatni tahlil qilish osonroq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida elektr energetikasi kompaniyalari tomonidan elektr ta'minotini rejalashtirish uchun oqilona qarorlar qabul qilinishini ta'minlaydi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling