Linux terminali va unda ishlash” mavzusida Mustaqil ishi
Download 1.72 Mb.
|
Linux terminali va unda ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2023 Linux terminali va unda ishlash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Dasturiy injiniring fakulteti “ Linux terminali va unda ishlash” mavzusida Mustaqil ishi Bajardi:Yaxshiboyev Bekzot Tekshirdi: Hamrayev Alisher Toshkent 2023 Linux terminali va unda ishlash Bu terminal. Terminal OT (Operatsion Tizim) da o’ranatilgan dasturlarga murojaat qilish uchun maxsus dastur. Uni kimdir terminal desa, kimdir console deydi. Windows da command line, ruschasiga комманданая строка, buyruqlar qatori nomli dastur bor bu vazifa uchun. Terminal bu oddiygina oynalik dastur. U o’zida hech narsa saqlamaydi. Uning ishlashi uchun boshqa dastur kerak. Eng mashxuri bash. Yana bitta dastur bu shell. Ko’pchilik bash ni qulayroq deb bilishadi, shu jumladan men ham. Lekin hammaning didi har hil. Linux OT’ida terminal boshidan o’ranatilgan bo’ladi. U bash yoki, shell da ishlashi tizim moslamalariga bog’liq. Mac OT’ida ham terminal o’rnatilgan va odatda u yerda bash dasturi ishlatiladi. Windows’ning command line dasturi juda kambag’al. Lekin, ushbu OT’ga ham terminal va bash o’rnatsa bo’ladi. PHP haqidagi darsimizda, xampp’ni o’rnatgan bo’lsangiz, ushbu xampp dasturida shell’ni chaqiruvchi tugmacha mavjud. Windows’ning 11 chi versiyasida Linux buyruqlarini qo’llash imkoniyatlari paydo bo’ladi deb va’da berishgan edi. Windows 11 chiqdi, lekin u yerda qanchalik Linux buyruqlarini qo’llash amalga oshirilganidan habarim yo’q. Bilganlar bo’lsa izoh qoldiring. Ushbu matn “Taklif” deyiladi. Chunki u bizga yangi buyruq kiritishni taklif qilmoqda Taklifning chap tomonida foydalanuvchi logini turadi. Odatda bu nomni OT o’rnatayotganda ko’rsatasiz. Logindan so’ng kuchukcha belgisi va kompyuter nomi joylashgan. Bu nomni ham OT o’rnatayotganda ko’rsatasiz. Ikki nuqtadan so’ng esa hozir qaysi papkada turganimiz chop etilgan. Tilda belgisi “foydalanuvchining uy papkasi” degan ma’noni beradi. Gap shundaki OT’larda barcha foydalanuvchilarning shaxsiy papkalari mavjud. Ushbu papkani uy papkasi deymiz. Foydalanuvchilarning uy papkalari Windows OT’ida C:\Users papkasida joylashsa, *nix tizimlarida /home papkasida joylashgan bo’ladi. *nix tizimlari haqida dars davomida kengroq tushuncha beraman. Taklifning ohirida dollar ($), yoki panjara (#) belgisi turadi. Dollar belgisi – buyruqlar oddiy foydalanuvchi tomonidan bajarilayotganligini, panjara belgisi esa, buyruqlar super foydalanuvchi tomonidan bajarilayotganini ko’rsatadi. Oddiy foydalanuvchida faqat o’zining uy papkasi ichida o’zgartirishlar huquqi bo’lsa, super foydalanuvchi – tizimning istalgan joyida o’zgartirish kiritishi mumkin. *nix tizimlarida super foydalanuvchi odatda root loginiga ega bo’ladi Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling