Linux terminali va unda ishlash” mavzusida Mustaqil ishi
Download 1.72 Mb.
|
Linux terminali va unda ishlash
mv dasturi move so’zidan olingan va u biror fayl, yoki papkani bir joydan, ikkinchi joyga ko’chiradi. Biz ushbu papkadagi akmal.txt faylini, papka “tashqarisiga”, ya’ni uy papkamizga ko’chirdik.
ls dasturi orqali uni ko’rishimiz mumkin. Endi, ushbu faylni qaytarib test papkasiga ko’chirdik. Faqat bu safar uning nomini kadirov.txt ga o’zgartirdik. ls orqali ushbu fayl nomi o’zgarganiga amin bo’lishimiz mumkin. mv dadsturini fayl, yoki papka nomlarini o’zgartirish uchun ham ishlatish mumkin. ls orqali buni tekshirdik cp dasturi esa copy so’zidan olingan va uni fayl va papkalardan nusxa ko’chirish uchun ishlatishadi yana ls’ga murojaat qilamiz rm esa remove so’zidan olingan va u fayl va papkalarni o’chirish uchun hizmat qiladi. Fayl o’chirilganiga amin bo’lamiz cd dasturiga yo’l ko’rsatmasak, u bizni uy papkamizga olib o’tadi. Agar katta matnga ega faylimiz bo’lsa Lekin biz uning faqat ohirgi qatorlarini ko’rmoqchi bo’lsak tail (ingilizchasiga dum degani) dasturidan foydalanish mumkin Agar tail dasturiga -f parametrini bersak, unda matnlar ekranga chiqqach dastur o’z ishini to’xtatmaydi. U terminalda “osilib” turaveradi. Boshqa dastur orqali faylga o’zgartirish kiritsak, tail dasturi o’zgarishni birdan ekranga chiqaradi. Bu dasturlarning LOG fayllarini analiz qilish uchun juda qulay. Dasturlar odatda har bir muhim qadamlarni maxsus fayllarga yozib borishadi. Bu fayllarni log’lar deymiz. Shu o’rinda echo dan so’ng ikkita sterkla qo’yib (>>) fayl matnini to’liq almashtirish o’rniga, yangi matnni faylning ohiriga joylash mumkin. “Osilib” turgan dasturlardan chiqish uchun CTRL + C issiq tugmalarini bosish kerak. Bu “Cancel”, ya’ni bekor qilish ma’nosini beradi. Bir xil “osilib” turuvchi dasturlarda yozish imkoni bor, u yerda exit (chiqish) deb yozib, yana bashga qaytish mumkin. Klaviaturada chiqish ma’nosini beruvchi yana bir issiq tugmalar – CTRL + D. Hullas biror dasturga kirib qolsangiz va undan chiqa olmasangiz, manashu 3 variantdan birini bajarib ko’ring. Uch variant ham yordam bermasa, terminal oynasini yopish mumkin. Shunda, teminalda ishlab turgan barcha dasturlar – ishlashni to’xtatishadi. Endi test papkamizni o’chirmoqchi bo’lsak, dastur papkani o’chira olmasligi haqida xabar olamiz. Chunki papka bo’sh emas. Avval ichidagi fayllarni, undan keyingina papkaning o’zini o’chirishimiz mumkin. Lekin papkamizda yuzlab fayllar bo’lishi mumkin. Har birini alohida o’chirib o’tirmaslik uchun, -r parametrini ko’rsatishimiz mumkin. Shunda dasturning o’zi barcha fayl va papkani o’chiradi. Bazida u ogohlantirishlar chiqarishi va fayl, yoki papakalarni o’chirmasligi mumkin. “Ogohlantirib o’tirmasdan o’chirayver” demoqchi bo’lsak -f parametrini qo’shishimiz mumkin Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling