10-Mavzu: Fayllarni


Download 73.19 Kb.
bet1/2
Sana22.10.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1715613
  1   2
Bog'liq
10. mavzudocx


10-Mavzu: Fayllarni himoya qilish va kiritishni boshqarish .
Reja:
1. Fayllarni himoya qilish
2. Kiritishni boshqarish
Tayanch so’zlar:arxivlash,antivirus.
Almashgan (inversli) rang bilan tasvirlanadigan (kursor bilan ajratilgan) fayl yoki katalog aktiv yoki ajratilgan deyiladi. Ajratilgan satrni kursorni siljitish klavishalari bilan еkran paneli bo’yicha siljitish mumkin. Birdaniga bir nechta fayllarni ajratish mumkin — Ins klavishasini bu fayllarni nomlariga bosish yo’li bilan juda oddiy bajariladi. Kursorni boshqa panelga ko’chirish uchun Tab klavishasini bosish kerak, qismkatalog tarkibini chiqarish uchun kursorni uning nomiga o’rnatish va Enter klavishasini bosish kerak. Fayl yoki katalog ustida biror amalni bajarish uchun kursorni uning nomiga o’rnatish va funkcional klavishalardan bitgasini yoki Enter klavishasini bosish kerak. Agar biror fayl yoki katalog ajratilgan bo’lsa, Enter klavishasi bosilganda quyidagi ishlar bajariladi:
• agar kursor ".." da bo’lsa, u holda katalog ustiga siljish bajariladi;
• agar kursor qismkatalog nomida bo’lsa, u holda shu qims katalogga siljish bajariladi;
• agar kursor bajariladigan fayl nomida bo’lsa (fayl .exe, .com yoki .bat kengaytma tipiga еga bo’ladi), u holda bu fayl bajarish uchun ishga tushiriladi;
• agar kursor matnli fayl nomida bo’lsa, u holda mos keluvchi sozlash bor
bo’lganda fayl uni taxrirlash uchun еkranga chiqariladi.


Fayllar va papkalar bilan manipulyaciya qilish
Fayllar va papkalar bilan manipulyaciya qilishning barcha jarayonlari turli usullar bilan bajarilishi mumkin. Bu erda ularning faqat ba’zilarini ko’raniz. Yangi papkani yaratish.
Mening kompyuterim papkasini ishlatib:
a) Mening kompyuterim papkasini uning belgichasi bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatib oching;
b) yangi papkani qo’ymoqchi bo’lgan diskni va papkani tanlang va uni sichqonchani ikki marta shiqirlatib oching;
v) Fayl menyusida YAratish bandini oching, paydo bo’lgan qism menyuda еsa Papka bandini oching;
g) yangi papka nomini kiriting va Enter klavishasini bosing.



Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling