Linux terminali va unda ishlash” mavzusida Mustaqil ishi


echo dasturi orqali biror matnni ekranga chiqarish mumkin. Yoki, katta belgisi (>


Download 1.72 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1554795
1   2   3   4   5
Bog'liq
Linux terminali va unda ishlash

echo dasturi orqali biror matnni ekranga chiqarish mumkin.


Yoki, katta belgisi (>) orqali ushbu matnni faylga yozishimiz mumkin. Agar ushbu fayl bo’lmasa, u yaratiladi. Buning uchun katta belgisidan so’ng faylga yo’l ko’rsatishimiz kerak. Yo’l korsatishni HTML dasridan eslasangiz kerak? Bu relative, ya’ni nisbiy yo’l. Yo’l hozirgi turgan papkamizga nisbatan ko’rsatiladi. Horizgi turgan papkamiz ichida test papkasi bor, uning ichida akmal.txt fayli bor demoqdamiz.

cat dasturi esa, biror faylning matnini ekranga chiqaradi. Buning uchun dastur nomidan so’ng, faylimizga yo’l ko’rsatishimiz kerak.
Terminalda yo’l ko’rsatish juda qulay. Men “te” harflarini tergach klaviaturadagi “tab” tugmasini bosaman. U odatda “Caps Lock” tugmasining yuqorisida joylashgan.


Shunda terminalning o’zi “test/” deb yozadi. Chunki hozir turgan papkamda “te” harflari bilan boshlanuvchi boshqa papka, yoki fayl yo’q.

So’ng, yana bir marotaba tabni bosaman, shunda “akmal.txt” so’zi avtomatik ravishda qo’yiladi. Chunki test papkasida boshqa fayl yo’q. Demak ushbu faylda nima borligini bilish uchun “cat te” deb yozdim va ikki marotaba “tab” tugmasini bosdim. Bu vaqtni juda tejaydi.

Shu sababdan ham Linux OT foydalanuvchilari ko’proq terminaldan foydalanishadi. Chunki Linux tashqi ko’rinishi qanchalik chiroyli bo’lmasin, avval fayl menendjerini ochib, keyin test papkasini ochib, so’ng akmal.txt faylini ochguncha bir necha soniya ko’proq vaqt ketishi mumkin. Soniyalarning qadrini mensimaslik mumkin, lekin har bir amaldan bir necha soniya tejab, ancha tez ishlashni o’rganish mumkin. “tab”dan boshqa ham tez ishlash uchun yordam beradigan imkoniyatlar ko’p. Darslarimda ular haqida ham ko’proq ma’lumot berishga harakat qilaman.
Windows’da esa buning iloji yo’q, chunki ushbu OT’da tashqi ko’rinishsiz ishlab bo’lmaydi.
MacOS ham *nix OT’i ekanligini aytgandim. Shuning uhcun bu OT’da ham vaqtingizni tejovchi terminal mavjud.

cd dasturining nomi Change Directory so’zlaridan olingan. U biz ishlab turgan papkani o’zgartiradi. Endi barcha buyruqlarimiz test papkasiga nisbatan beriladi


Bu narsadan terminalning ikki nuqtadan so’ng yozilgan yo’li ham ma’lumot berib turibdi.


Endi ls dasturi faqat akmal.txt falini ko’rsatmoqda


ls dasturiga ham yo’l ko’rsatishimiz mumkin. Shunda u biz turgan papka emas, yo’l ko’rsatgan papkamiz ichidagi fayl va papkalarni ko’rsatadi. Bu yerda biz test papkasidan chiqmoqdamiz, ya’ni yana home papkasini ko’rsat dedik.

HTML darsida nisbiy yo’l ko’rgan edik. Undan tashqari absolute, yani mutlaq yo’l ham bor. U qaysi papkada turganizdan qat’iy nazar bir hil bo’ladi. Yo’l tizimning ildizidan boshlab to’liq ko’rsatilishi shart. Windows’da bu yo’l masalan “С:\” deb boshlansa, *nix tizimlarida disklar ham papka shaklida ulanadi. Shuning uchun mutlaq yo’llar “/” dan boshlanishadi.
Mana mening uy papkamga mutlaq yo’l. Mutlaq yo’lni boshqacha qilib, to’liq yo’l ham deyishadi


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling