Talabalar ligasi 3-o'yini savollar paketi


Download 1.24 Mb.
bet1/6
Sana13.05.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1456968
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-TUR METSENAT


Talabalar ligasi 3-o'yini savollar paketi.
mad_max93May 07, 2022
Assalomu alaykum hurmatli jamoalar. Bugun 6-may sanasida sizni “Metsenat” jamoasi navbatchiligi doirasida 24 savol kutib turmoqda. Jamoalarga eslatma. Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so‘ng aytilgan yoki jumlalar bevosita savolga aloqador. Boshlovchi tomonidan aytilgan jumlalar savolga aloqasi bo‘lmasa bu haqida alohida ta’kidlab o‘tiladi. Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang. Shuningdek, javobni aniq qilib yozib bering, 2 so‘z yoki 1 so‘zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto‘g‘ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar so‘ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O‘ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi. Demak hamma tayyor bo‘lsa,
I TUR
1. Professional oshpazlarning bosh kiyimi roppa-rosa 100 ta burmaga ega bo‘lishi kerak. Yuzta burma oshpaz UNI yuz xil usulda pishira olishini anglatgan. Frantsuzlarning milliy oshxona kitobida UNI tayyorlashni 143 ta retsepti mavjud.
Savol:
Uni nimaligini yozib bering.
Javob: Tuxum.
Izoh:
Fransuzlarda tuxumni pishirishning ko‘plab turlari bo‘lgan, biz savollarni Rim qoidalariga amal qilgan holda tuxumdan boshlaymiz.
2. Bir karikaturada mushuk alam bilan ekranda aks etgan soʻzlarga fikr bildirmoqda "Albatta mening chekkan ruhiy azoblarim bilan hech kimning ishi yoʻq".
Savol:
Mushuk oʻqigan soʻzlarni yozib bering.
Javob: Suratga olish jarayonida bironta jonivorga zarar yetmadi.
Qabul:
Shu mazmundagi javoblar.
Izoh:
Mushuk filmlar davomida aziyat chekkan hayvonlarni nazarda tutgan. Bilasizki, filmlar soʻnggida hayvonlarga nisbatan shavqatsizlik boʻlmaganligi haqida shu kabi soʻzlar boʻladi.
3. Bir kuni Toxir Malikdan so‘rashibdi: BIRINCHI va IKKINCHINI o‘rtasida nima farqi bor? Toxir Malik hazil bilan shunday deydi: “Bolaligida baland joydan qattiq yiqilib davolangan bo‘lsa BIRINCHI bo‘ladi. Agar davolanmay qolib ketgan bo‘lsa IKKINCHI bo‘ladi”. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Abdulla Qahhor eng mashhur o‘zbek BIRINCHIlarining vakili, Muhammad Yusuf esa IKKINCHI.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling