O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang`ich professional ta’limning fan dasturining nomi: Tarix


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/32
Sana04.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1747984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
4. Tarix




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
BOSHLANG`ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
FAN DASTURI
 
 
 

Fan dasturining nomi: 
Tarix 
Ajratilgan soat: 
120 
 
 
 
 
 

Toshkent – 2022 



O`zbekiston Respublika Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi 
tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun tasdiqlangan dastur asosida ishlab 
chiqilgan. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022-yil 29-avgustdagi 5-son yigʻilishida 
ma’qullangan va Vazirning 2022-yil 30-avgustdagi 295-son buyrugʻi bilan 
tasdiqlandi. 



1. O’quv moduli umumiy talablari 
Modul nomi 
Tarix 
Ajratilgan soat 
120 
Modulning maqsadi
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, 
dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va 
bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat 
hissini tarbiyalash; 
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining 
ajralmas qismi ekanligini anglatish; 
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va 
kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirish 
O’zlashtirish natijalari 
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon 
qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil 
etish; 
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala 
madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; 
muloqot jarayonida o‘zining his-tuyg‘ularini boshqarish
nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish; 
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, 
jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish; 
o‘z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni 
tashkil etish; jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga 
dahldorlikni his etish va faol ishtirok etish; 
Vatanga 
sadoqatli, 
insonlarga 
mehr-oqibatli 
hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish; 
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning 
dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, 
an’ana va marosimlarini hurmat qilish; 
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab 
asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda; 
millatlar o‘rtasidagi hamdo‘stlik va birodarlik tushunchalarini 
anglaydi; mustaqillik, hurlik tushunchalarini qalban anglaydi va 
buni asrash hissi shakllanadi. 
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon 
qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil 
etish; 
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai 
nazarini asoslash, himoya qilish va jamoaviy qarorlar qabul 
qilish; 
axborot manbalaridan samarali va oqilona foydalanish, hujjatlar 
ustida ishlash; o‘z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga 
doir faoliyatni tashkil etish; jamiyatdagi voqea, hodisa va 
jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok 
etish; 
voqea-hodisalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik bilan 
munosabatda bo‘lish, tashabbus ko‘rsatish; 
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya 
qilish; 



Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling