O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 26.13 Kb.
Sana09.09.2020
Hajmi26.13 Kb.
#128895
Bog'liq
kirish




O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilish sifatini ta’minlash, hozirda pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Yangi o’quv dasturlari, o’quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta’lim standartlariga muvofiq holda ta’lim muassasalariga taqdim etildi. Ta’lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o’qituvchi faoliyatiga bog’liqdir. O’qituvchi o’quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo’lgan yo’llarni, usul va uslublarni, ta’limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo’naltiradi.

Mazkur fan oliy ta’lim muassalari talabalarida kasbiy-pedagogik kompotentlikni shakllantirishga yo’naltirilgan. Chunki zamonaviy kadrlar oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o’zligini, o’z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsatishdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya fanining, shaxsga ta’lim-tarbiya berishning sir-asrorlarini o’rgatuvchi pedagogika fanining o’rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu o’quv qo’llanma yoshlarga aynan pedagogik-psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi. Chunki shaxsgina o’z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to’g’ri yo’naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o’ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi.



Umumiy pedagogika fani ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumiga kiradi va barcha nopedagogik ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. Ushbu fan pedagogic turkumga kiruvchi fanlarning nazariy va uslubiy asosi bo’lib, o’z rivojida tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.

Umumiy psixologiya fani talabalarning olam, jamiyat va insonning o’rganishi va psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi,ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o’rganishga ehtiyojining borligi, inson psixologiyasining umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamning psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilgandir. Bu kursning asosiy vazifasi talabalarda umumpsixologik bilimlarni shakllantirishdir. Umumiy psixologiya boshqa fanlarni o’qitishda asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling