1-mavzu kasbiy psixologiya fanining maqsadi, predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari. Modulning umumiy maqsadi


Download 154.22 Kb.
bet1/9
Sana02.06.2024
Hajmi154.22 Kb.
#1839782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Kasb psixologiyasi predmeti


1-mavzu KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING MAQSADI, PREDMETI,
VAZIFALARI VA TADQIQOT METODLARI.

MODULNING UMUMIY MAQSADI: kasbiy psixologiya fanining maqsadi predmeti va vazifalari, qurilish jarayonida sodir bo„ladigan hodisalar va ushbu hodisalarning insonni ruhiy holatiga ta’siri, psixik hodisalarning kechishi, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglash, olamni psixologik tahlil qilish, yosh taraqqiyotini davrlashtirish, jamiyatda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijaviy yutuqlari, kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlarining klassifikatsiyasi, tadqiqot vazifasi, tadqiqot usullari guruhi, tadqiqot metodlari, shaxs kasbiy shakllanishining tavsifi: genetik usullar, biografik metod, tahlil qilish metodi, kasblar tavsifi, topshiriqlarni tahlil qilish, hujjatlarni o„rganish, mehnat metodlari, savolnoma, muhim kasbiy belgilarni o„lchash, psixometrik usullariga oid ko„nikmalarni shakllantirish.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:

  • ta’limiy maqsad: talabalarga kasbiy psixologiya fani va uning nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o„zlashtirish orqali ularning kasbiy kompetentligini oshirish;

  • tarbiyaviy maqsad: talabalarda fanning o„ziga xos xususiyatlari haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni shakllantirish, o„rganiladigan o„quv materiallari bo„yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;

  • rivojlantiruvchi maqsad: talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish.

Mavzu 1. Kasbiy psixologiya fanining maqsadi, predmeti
va vazifalari.

Tayanch iboralar: Kasbiy psixologiya fanining maqsadi, predmeti va vazifalari, qurilish jarayoni, insonni ruhiy holati, psixik hodisalar, qonuniyat va mexanizmlar, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami, yosh taraqqiyotni davrlashtirish, natijaviy yutuqlar.
Kasbiy psixologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, psixologiya fani tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o’ziga xos predmet bo’lib, psixologiyaning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya’ni, bu fan psixologiya sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Psixologiya muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Bundan ko’rinadiki, har ikkala fanning obyekti va subyekti shaxs, inson hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya faoliyat psixologiyasi psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni kasb faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o’rganadi va bu fanning samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda kasb egalarining psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb egalari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Shu ma’noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning kasb psixologiyasi faniga oid g’oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, OvaO'MTVning buyruq va ko’rsatmalari tashkil etadi.
Kasbiy psixologiya fanining predmetini quyidagilar tashkil etadi:

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egalari psixikasini har tomonlama o’rganishdan hosil bo’lgan bilimlar;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egalarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo’lgan xulosalar;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egasi shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.

Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o’z obyekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egalarining psixologiyasi;

  • fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;

  • shaxsning to'zilishi;

  • shaxsning faoliyati;

  • shaxsning faolligi va uning shakllari.

Shunday qilib, kasbiy psixologiya kasb egalari xodimlari faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonining borishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga bir qator yangi vazifalarni yuklaydi.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his-tuyg’ularini o’rganish, ish faoliyatida kelib chiqadigan subyektiv va obyektiv sabablarini o’rganishdir.
Shu bilan birga, bu fanni o’rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida e’tibor muhimdir:

  • betartibsizlikning oldini olish;

  • betartibsizlikni batamom tugatish;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha egalari o’rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;

  • fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;

  • inson omilini birinchi o’ringa olib chiqish.

Kasbiy psixologiya fanini o’qitishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:

  • bo’lg’usi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha egalarini kasbiy psixologik bilimlar bilan qurollantirish;

  • kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish;

  • mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama shakllantirish;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha yo’nalishida ta’lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;

  • kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo’lish va psixologik aloqa o’rnatish mahoratiga ega bo’lish.

Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko’lamidan kelib chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi:

  1. qurilish va psixologik bilimlarni chuqur o’rganish hamda ularni ilmiy jihatdan sintezlash;

  2. qurilish tehnolologiyasi tushuncha va kategoriyalarining qurilish va psixologik mohiyatini ochib berish;

  3. qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish xodimlariga oid asosiy obyekt - inson xulq- atvorining ruhiy jihatlarini tushuntirish;

  4. qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasi munosabatlariga kirishayotgan subyektlar o’rtasidagi psixik jarayonlarni o’rganish va ularning ruhiy holatlarini ko’rsatish;

  5. jamiyatning ijtimoiy holatini tartibga solishni yanada takomillashtirish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish;

  6. qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasi xodimlari uchun psixologik xizmat ko’rsatish taktikasi va metodikasini ishlab chiqish.

Shu ma’noda, qurilish sohasi xodimlari uchun psixologik bilimlar ijtimoiy kategoriyalar (motiv, maqsad, shaxs va boshq.)ni va alohida ijtimoiy vazifalar, ya’ni psixologik ekspertizasini tayinlash tarkibini klassifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega.

Download 154.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling