Test “Ijtimoiy ong” degani nima?


Download 20.3 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi20.3 Kb.
#1417624
  1   2   3
Bog'liq
3 mavzu



Test
1. “Ijtimoiy ong” degani nima?
A. Kishilarning jamlangan ongi. B. Ijtimoiy ruhiyat va mafkura.
C. Ijtimoiy ong shakllari yig’indisi. D. Jamiyatning o’z-o’zini, o’zining ijtimoiy borlig’ini va uni qurshab turgan voqelikni anglashi.
2. “Qonun” nima?
A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir.
B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini aniqlashga xizmat qiladi.
C. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari.
D. Narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va barqaror ichki bog’lanishlari.
3. «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz?
A. Narsalarning yaroqsiz tomonlarini uloqtirish.
B. Tashqi ta’sir natijasida narsani umuman yo’q qilib yuborish.
C. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi.
D. Narsa va hodisaning ichki rivojlanish zarurati natijasi, vorisiylikka asoslangan sifat o’zgarishi.
4. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping.
A. Ontologiya. B. Logika.
C. Teleologiya. D. Gnoseologiya.
5. “Fan”ning tarifini toping.
A. Ma’naviy ishlab chiqarish shakli.
B. Ijtimoiy ong shakllaridan biri, inson bilimining asosiy ko’rsatqichi va natijasi.
C. Tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar tizimi.
D. Ijtimoiy mexnat taqsimotining zaruriy va qonuniy natijasidir.
6 . “Hayot” deganda Siz nimani tushunasiz?
A. Oddiy umrguzaronlikni.
B. Yerdagina uchrovchi muayyan bir hodisani.
C. Hayvonot va odamzodning fiziologik mavjudligini.
D. Organizmning tashqi muhit bilan modda almashinuvini.
7 . “Jamiyat”tushunchasiga falsafiy ta’rif bering.
A. Tabiatning oliy maxsuli, o’z –o’zidan rivojlanib boruvchi ijtimoiy organizm, ijtimoiy munosabatlarning yaxlit bir butun tizimi.
B. Ma’lum maqsadni ko’zlab, o’z ixtiyorlari bilan uyushgan kishilar to’plami.
C. «Olomon» tushunchasining sinonimi.
D. Odamlarning jisman birikkanligi.

Download 20.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling