Zarafshon shahar 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘xtaeva Marhabo Keldiyorovnaning
Download 72.55 Kb.
|
Ona tili va o\'qish savodxonligi darslarida ta\'limiy-didaktik o\'yinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ta’limiy-didaktik o‘yinlar
- “Davomi kimda”
- Mazmunini moslashtir
Zarafshon shahar 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘xtaeva Marhabo Keldiyorovnaning “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ta’limiy-didaktik o‘yinlar “ mavzusida metodik tavsiyasi Mazkur metodik tavsiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslari uchun mo`ljallangan. Ushbu tavsiya yordamida o‘qituvchi o`quvchilarni darslarga qiziqtirishi, mantiqiy fikrlay oladigan , bugungi zamon talablari asosidagi darslarni tashkil etishida qo‘l keladi. Taqdim etilayotgan metodik tavsiyada berilgan ta’limiy o‘yinlar o`quvchilarni ijodiy izlanishga undash, mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini kengaytirib borishida, erkin fikrlashni o‘rgatishda qo`l keladi Ushbu tavsiya Zarafshon shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2023-yil 07- yanvardagi № 6-sonli Pedagogik kengash qaroriga ko`ra maktab miqyosida ommalashtirilib, elektron shaklida ommalashtirish platformasiga joylashtirish tavsiya etildi . Tuzuvchi: M.K.To‘xtayeva 12- umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o`qituvchisi Taqrizchi: N.R. Norqulova 12- umumiy o`rta ta’lim maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ta’limiy-didaktik o‘yinlar. O‘quvchilarning hayotiy faoliyatini, ayniqa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyatini o‘yinlar tashkil эtadi. O‘yinlar o‘quvchilar shaxsini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Unda o‘quvchi har tomonlama shakllanadi. Ta’lim jarayonining esa natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yinlar o‘quvchilarda diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash, to‘laqonli fikrlash , irodasini mustahkamlash kabi ta’limiy sifatlarni shakllantirsa, bir- biriga mehribon bo‘lish, jamoani qadrlash, sadoqat, intiluvchanlik , bir- birining fikrini qadrlash kabi tarbiyaviy jihatlarga ham ega. Bundan tashqari o‘yin jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida jamoani shakllantirish , hamkorlik, do‘stlikni qaror toptirish, muloqot qilishga , hamfikr bo‘lish muhitini ham yaratadi. Bu esa o‘quvchilarning yanada hamjihat bo‘lishiga olib keladi. Agar bugungi kun Milliy o’quv dasturio asosidagi darslar jarayonida esa, aynan xuddi mana Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida tashkil etilgan o‘yinlar o‘quvchilarning har tomonlama fikrlashga undaydi. Ularning ta’lim jarayoniga ham foydasi katta. Ta’lim sifatini va mazmunini oshirishga, tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Sizlarga ana shunday darslarda foydalanishingiz uchun ta’limiy –didaktik o‘yinlardan namuna keltiramiz. Quyidagi beriladigan ta’limiy-didaktik o‘yinni darsning o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida foydalanishni tavsiya etaman. O‘qituvchi dars avvalida o‘tgan darsdagi “Nonushtaga 5 baho” matnining mazmunini yodga soladi. O‘quvchilardan matn mazmuni “Davomi kimda?” o‘yini orqali so‘raladi. Ya’ni o‘quvchilar matnni so‘rash davomida o‘qituvchining tavsiyasi bilan to‘xtatilgandan so‘ng navbatni davom ettirish uchun qolgan o‘quvchidan ham zukkolik, ham xotira mustahkamligi , ham diqqatni jamlash talab etiladi. O‘quvchilarda darsga qiziqish ortadi. Kim aniq, lo‘nda va qisqa qilib to‘g‘ri davim ettiraversa , o‘sha o‘quvchi o‘ziga ball yig‘ib boradi. Bu ta’limiy o‘yinni biz yana ko‘pgina matnni so‘rash orqali foydalanishimiz mumkin. Masalan:2- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining “Bakteriya va mikroblar” bo‘limida odam tanasida yuz beradigan mikroblar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar tasvirlangan. Ana shu hikoyani o‘quvchilardan mazmunini bo‘lib –bo‘lib so‘rash orqali “Davomi kimda” o‘yinidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana xuddi shu darslikda keltirilgan “Qora oltin” matnini va “Qish ro‘moli” hikoyasining mazmuni bilan ishlashda ham bu o‘yindan foydalanish ancha samara beradi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi yangi avlod darsliklaridan bo‘lib bugungi kunda Milliy o‘quv dasturiga tayangan holda, har bir topshiriq va matnlar ham shunga mos tuzilgan hisoblanadi. Ma’lumki, bugungi har bir o‘quvchi mustaqil fikrga ega, og‘zaki fikrini aniq va lo‘nda qilib ifodalay olmog‘i lozim. Mana shunday nutq o‘stirishga qaratilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga oddiy sodda usuldagi yana bir ta’limiy o‘yinni misol qilib keltiraman. “Mazmunini moslashtir” deb nomlanadigan ta’limiy o‘yin. Bunda ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilib borilayotgan she’rlarning mazmunini qanday tushunganligini aniqlab olish mumkin. Bu usulda topshiriq jadval asosida beriladi . O‘quvchilarga tarqatma shaklida tashkil etilgan variantlar tarqatiladi. Jadvalning birinchi ustuniga she’rdan parcha beriladi. Ikkinchi ustunga esa o‘quvchi o‘zining tushunchasi bo‘yicha she’rni tahlil qilib mazmunini yozadi. Bunda har bir o‘quvchining qanday she’r mazmunini tushunganligi, ularning o‘z tushunchasi va dunyoqarashini aniqlash mumkin. Bu ta’limiy o‘yin o‘quvchilarda fikrlash qobilyatinig oshishiga, tafakkuri yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi O‘ng ustundagi she’rdan parcha qismlarga chap ustunda izoh yozing. “Mazmunini moslashtir “
Tekshirib olinadi. Agar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, “Barakala” deb o‘qituvchi rag‘batlantiradi. Bu ta’limiy o‘yindan boshlang‘ich sinflar 2-3-4- sinf o‘quvchilarida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki aynan mana shu sinf o‘quvchilari bu davrda mustaqil fikrlay boshlagan va matnni ham to‘liq ifodalay oladigan ko‘nikmaga ega bo‘lishgan bo‘ladi. Darslar davomida bu o‘yinni qo‘llash o‘quvchida, avvalo ona tilida lug‘at boyligini oshishiga yordam beradi. O‘quvchi she’r matnini o‘z so‘zlari bilan ifodalash uchun so‘z izlaydi, o‘ylaydi. Download 72.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling