Zarafshon shahar 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘xtaeva Marhabo Keldiyorovnaning


Download 72.55 Kb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi72.55 Kb.
#1431089
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi darslarida ta\'limiy-didaktik o\'yinlar

Bo’g’in hosil qiladiqiladi

Xalq so’zida3 ta
“Unlilar” “Undoshlar”




Cho‘zib aytiladi Qisqa aytiladi

Ular 6 ta

Ular 24 ta



Harflari tovishidan kam

Harfi bilan tovushi bir xil

O‘qituvchi: ana ko‘rdingizmi biz siz bilan kelajagimizni birga qurdik. Qachonki , siz puxta bilim egallasangiz , xuddi mana hozir qurib bitkazgan uychangiz kabi kelajagingiz ham mustahkam bo‘ladi.


Alifbo bilag‘oni” o‘yinini . O‘quvchilardan istalgan so’zdagi yoki o’tilgan mavzuni aniqlab olish uchun dars avvalida mavzudagi harflarning alifbodagi o‘rni aytilib alifbo bilag‘oni yordamida mavzuni aniqlab olish mumkin. Yoki, ixtiyoriy alifbodagi harflarni qanchalik yod olganliklarini aniqlash uchun bu o‘yindan foydalanish mumkin. O K, J, D, …kabilarning o‘rnini so‘rayman. Ular alifbodagi o‘rnini aytishadi
A-1 , O-14 , K-10, J-9, D-3, N-13
G‘olib guruhni aniqlash,
2 sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida “Harakatni ifodalovchi so‘zlar” mavzusi kiritilgan. Ana shu mavzuga qo‘shimcha qilib men quyidagi o‘yinni kiritdim. O‘quvchilar harakatni bildirgan so‘zlar yuzasidan tushunchasi yanada aniqroq va tushunarliroq bo‘lishlari uchun. Sport turlari haqida klaster olinadi va har qaysi sport turida bajariladigan harakatlar savollar asosida so‘raladi:
Futbol – to‘p tepiladi.
Boks – qo‘l bilan uriladi.
suzish – oyoq-qo‘lda harakatlaniladi.

o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar, bolalar sporti haqida tushuncha beriladi.
“Do‘stingizni qutqaring” o‘yini
O‘qituvchi rasm ko‘rsatadi va shu rasm asosida savol-javob o‘tkazadi: O‘quvchilarni uch guruhga bo‘lib olamiz. Har bir guruhdan bittadan eng yaqin bo‘lgan do‘stlarini sinf xattaxtasi yoniga taklif etamiz. Ularni hayolan o‘rmonga tushib qolganliklarini aytib agar mening savollarimga javob bersa navbat bilan har bir to‘g‘ri javobga bir qadam uyiga yaqinlashadilar.
– rasmda qaysi xona tasvirlangan?
– Sinf xonasi qanday ko‘rinishga ega ekan?
– o‘quvchilar nima qilyapti?
– o‘qituvchi nima qilyapti?
– O‘quvchilarning kayfiyati qanday?
– yaxshi.
– mana shu aytganlarimizning hammasini bir so‘z bilan nima deymiz?
– nutq.
– nutq necha xil bo‘lardi?
– og‘zaki va yozma.
– nutq nimalardan tashkil topadi?
– Gaplardan.
– Gaplar-chi?
– So‘zlardan. Eng birinchi uyiga borgan guruh a’zosi g‘olib bo‘ladi. Bu o‘yinni darsning asosan mustahkamlash bosqichida va Takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarda mehr-oqibat, o‘zaro do‘stlik tuyg‘ulari shakllanadi. Tarbiyavi ham ta’limiy ahamiyatga ega. Darsga qiziqishi ortadi. Jamoa bo‘lib birdamlik, kuch birlikda kabi tushunchalarga amal qilish ko‘nikmasi oshadi.
O‘z o‘rnini top” ta’limiy o‘yini.
Bu o‘yinni men ko‘proq o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish maqsadida, matn tuzish, mustaqil fikrlay olish qobilyatini oshirish maqsadida foydalanaman. “O‘z o‘rnini top “ o‘yinida mavzu yuzasidan berilga ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida berib borilayotgan matnlar yuzasidan tayyorlash mumkin. Bunda har bir guruh aralash holda berilgan so‘zlardan birgalikda gaplar hosil qilishadi.
Maktabda, bugun, ona tili, besh baho, men, oldim, fanidan.
Darsda, husnixat, yozdim, men, mashqni, asosida.
Xursand, mendan, bo‘ldilar, ustozim.
Mana shu so‘zlardan foydalanib matn hosil qiling.
O‘quvchilar aralash so‘zlardan gap tuzib, matn hosil qilishadi va o‘qib
berishadi:
Men bugun maktabda ona tili fanidan besh baho oldim. Men darsda mashqni
husnixat asosida yozdim. Ustozim mendan xursand bo‘ldilar.
– Mana, o‘quvchilar, biz so‘zlardan gap hosil qildik. Demak, biz fikrimizni
aytish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. Agar so‘zlarni bir-biriga bog‘lamasdan alohida aytsak, fikrimizni tushuntira olamizmi?
– yo‘q.
Shundan so‘ng so‘z va gap o‘rtasidagi farq qisqacha tushuntiriladi:
Gap fikr bildiradi, xabar beradi. So‘z esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatni bildiradi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat
etadi:
– Gap qanday harf bilan boshlanadi?
– Bosh harf bilan boshlanadi.
– Oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yiladi?
– Nuqta.
– Demak, fikrimizni bildirish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. Gaplar
yig‘ilib nutqni tashkil etar ekan. Nutqimizni daftarda bayon etsak, yozma nutq hisoblanadi. talaffuz qilsak, og‘zaki nutq deyiladi.

Download 72.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling