Zarafshon shahar 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘xtaeva Marhabo Keldiyorovnaning
Download 72.55 Kb.
|
Ona tili va o\'qish savodxonligi darslarida ta\'limiy-didaktik o\'yinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alifbo bilag‘oni”
“Do‘stingizni qutqaring” o‘yini orqali o‘quvchilar guruh bo‘lib bir-biriga mehrli bo‘lish, hamjihatlik, bilimini yanada mustahkamllash , tezkorlik, hozirjavoblik jihatlarini oshirishga undaydi.
“Ha yo‘q” o‘yini esa o‘quvchilarning noto‘gridan to‘g‘ri fikrni ajratishga, tezkorfikrlashga, hozirjavoblikka, analiz-sintez qilishga, kerakli fikrni vaqtida aytishga o‘rgatadi. O‘quvchilar bunda asosiy maqsad eng kerakjli fikrni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rganadilar. Aniq fikrlashga o‘rganadi. Bundan ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining o‘tilgan mavzularni mustahkamlash qismlarida foydalanish, umumlashtirish darslarida foydalanish yoki yangi mavzini mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. “Alifbo bilag‘oni” o‘yini orqali o‘quvchilarning alifboni qanchalik chuqur o‘rganganliklarini nazorat qilish maqsadida foydalanish yanada foydali bo‘ladi. Darslar davomida bu o‘yindan turli o‘rinlarda foydalanish mumkin. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning bilimini , xotirasini yanada charxlashga yordam beradi. “Quruvchi” ta’limiy o‘yini esa o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga, bir necha fikrlardan faqat to‘g‘risini ajrata olishga, o‘z fikriga ega bo‘lish kabilarni shakllantiradi. Bu o‘yinni har bir o‘qituvchi o‘zining mavzusidan kelib chiqib darsning turli o‘rinlarida qo‘llashi mumkin. Mustahkamlash va umumlashtirish darslarida yaxshi samara beradi. “Pochtachi “ ta’limiy o‘yinidan ham o‘quvchilarning mavzuni qanchalik o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimini tekshirishda ularning mavzularni qanchalik o‘zlashtirganligini aniqlash mumkin. Shunday qilib, o‘yinlarning o‘quvchilar bilimini oshirishda, mustahkamlashda, bilimi boyishida o‘rni kattadir. O‘yin, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi bo‘lganligi uchun ham, bu darslarda qo‘llanish o‘quvchilarga o‘zlashtirishga katta yordam beradi. O‘qituvchining esa maqsadiga yetaklaydi. Ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi. Mazkur metodik qo‘llanmada ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan berilgan mavzular yuzasidan ta’limiy –didaktik o‘yinlarni kiritish orqali sizlarga darsning turli jarayonlarida qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan tavsiyalarimiz kiritilgan, turli dars bosqichlariga oid metodik ko‘rsatmalar berilgan. Download 72.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling