Zarafshon shahar 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘xtaeva Marhabo Keldiyorovnaning
Download 72.55 Kb.
|
Ona tili va o\'qish savodxonligi darslarida ta\'limiy-didaktik o\'yinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitta o‘zim bilaman
- “Kimniki to‘g‘ri”
- “Ha” “Yo‘q” o‘yinini
“Tushunchalar tahlili” metodi yordamida “Daraxtga yordam” o‘yinini tanishtirib o‘taman. 2 ta daraxtning biriga to‘gri fikrlarni, ikkinchisiga noto‘g‘ri fikrlar yozilgan sariq rangli barglarni yopishtirib kuz faslini namoyon qilishadi. Ya’ni buni har bir faslga moslashtirish mumkin. O‘qituvchi shu faslga mos rangdagi rangli barglarga o‘tilgan mavzularga mos ravishda ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yadi. Bu o‘yinni guruh bo‘lib o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2 guruh o‘quvchilariga o‘rtada aralash holatda berilgan ma’lumotlar daraxtga yordam o‘yini orqali o‘z barglarini ajratib qo‘yishiga yordam beradi.
Bu o‘yinni biz darsning mustahkamlash bosqichlarida va takrorlash darsllarida amalga oshirishimiz mumkin. Bu bilan biz o‘quvchilarni darsga qiziqishini oshirishda, ularning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lgan yosh doirasida bevosita ta’lim bilan bog‘lashga harakat qilib, yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin. O‘quvchilarning bevosita tabiatga mehr, muhabbat tuyg’ularining kamol topishiga ham yordam beradi. Chunki, ular o‘z bilimlari bilan tabiatda darsxtlarga “yordam ” berishlarini his etadi. “Bitta o‘zim bilaman ” o‘yinini sizlarga tanishtirsam, bunda o‘quvchilarga o‘zlari har bir darslar davomida o‘rganib kelayotgan ma’lumotlar asosida jadval beriladi. O‘quvchilar shu jadvalda berilgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda, o‘rgangan bilimlariga asoslanib mosini belgilaydi . Sizga hozir shunga mos ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ma’lumotli jadvalni keltirib o‘taman.
O‘quvchilarning ishlari tekshirib rag‘bat kartochkalari berib boriladi. Tovush va harf haqida og‘zaki savol javob o‘tkazish: Tovush nima? Harf nima? O‘zbek tilida nechta tovush bor? Harf nechta? Tovushlar yozuvda nima bilan ifodalanadi? Tovushlar yozuvda qanday belgilanadi? O‘quvchilar fikrini umumlashtish Ma’lumki o‘quvchilar orasida ko‘pincha bo‘g‘iz undoshi bo‘lgan Hh tovushi va harfini Xx tovushiga almashtirish va aksincha holatlar ko‘p uchraydi. Mana shunday holatlarda o‘quvchilar bilan biz turli o‘yinlar, qiziqarli topshiriqlarni berish orqali Hh v Xx undoshlarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishimiz va mustahkamlashimiz mumkin. Bunda men “Kimniki to‘g‘ri” o‘yini orqali o‘quvchilarning berilgan harf yuzasidan bilimlarini mustahkamlab olaman. Rasmda ko‘rsatilgan narsalar nomini to‘g‘ri ayting.Men Hh va Xx harfli rasmlarni ko‘rsataman. O‘quvchilar lug‘at diktant sifatida rasmli diktant so‘zlarini yozishadi. Hamma yozib bo‘lgach o‘z –o‘zini tekshirish uchun men rasm orqasiga avvaldan yozib qo‘yilgan eng to‘g‘ri javobni ko‘rsataman. O‘quvchilar javoblarini solishtirib , xatolarini aniqlab olishadi. Bu usulda o‘quvchi ham ko‘radi, ham tafakkur qilidi va ham o‘z xatosini o‘zi topganligi uchun tez esida qoladi deb o‘ylayman. Harflardan x yoki h harfini mosini qo‘yib so‘zlarni ko‘chirish. O‘quvchilarni sinf xattaxtasida ham bajartiraman. Olxo‘ri, behi, daraxt, xat, handalak, paxta, xo‘roz. Yozib bo‘lishgach, rasmlarning ostidan ularning nomi yozilgan so‘zlarni ilib qo‘yaman ochib, yozganliklarini tekshirtiraman. Olxo‘ri handalak paxta behi xo‘roz xat daraxt O‘quvchilar bilan kuzgi mevalar, bugungi kunda milliy boyligimiz paxtani yig‘ib – terib olish mavsumi bo‘layotganligi, bobo-dehqonlarning mehnatini doimo qadrlash lozimligi, chunki, ularning mehnatlari evaziga biz issiq-issiq kiyimlar kiyayotganligimiz haqida suhbatlashish. Shu o‘rinda o‘quvchilar paxtadan olinadigan maxsulotlarni sanab berishadi. Hayot, havo, haykal, hamshira, harf, hashar, harorat, hikoya, hoshiya. Yana bir shunga mos o‘yinlardan “Ha” “Yo‘q” o‘yini. Men Hh va Xx tovushiga oid so‘zlarni yozdiraman tekshirib olish uchun “Ha” “Yo‘q” o‘yinini o‘ynataman. Buning uchun daftarlarini yopib men to‘g‘ri aytsam “ha” , noto‘g‘ri fikr aytsam “yo‘q” deyishadi. Masalan: Hayot so‘zini xayot deb aytsam ular ”yo‘q” deb, havo desam “ha” deyishlari lozim O‘qituvchi: xayot O‘quvchilar: yo‘q O‘qituvchi: havo O‘quvchilar:ha O‘qituvchi: xamshira O‘quvchilar: yo‘q O‘qituvchi: hashar O‘quvchilar: ha O‘qituvchi: harorat O‘quvchilar: ha Ona tili va o’qis savodxonligi darslari davomida o ‘quvchilarga berib boriladigan ma’lumotlardan yana biri unli va undosh tovushlarni bir-biridan farqini topish. Buni “Quruvchi” ta’limiy o‘yinidan foydalanib bajarish. O‘qituvchi: qani, aziz o‘quvchilar, endi biz sizlarning unli va undosh tovushlar yuzasidan bilimingizni sinab ko‘ramiz. Oramizda quruvchilik kasbiga qiziquvchilar ham bormi? Demak, bugun sizga shunday imkoniyat beriladi. Bunda faqat siz bilimingizga tayanishingiz mumkin. Sizga har bir jihozga unli va undosh tovushlar haqida fikrlar yozilgan jihozlarni topshiramiz. Siz o‘zingizga tegishlisini navbat bilan terib uychalarni qurishingiz mumkin. O‘quvchilar o‘zlariga tegishlisini navbat bilan terib chiroyli bino hosil qilishadi.”Zukkolar ” guruhi unli tovushga xos fikrlarni “Bilimdonlar” esa undosh tovushlarga xos fikrlarni topishadi Download 72.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling