Linux terminali va unda ishlash” mavzusida Mustaqil ishi


BUYRUQLAR Tizimda o’rnatilgan dasturlarni chaqirib ko’raylik. Shulardan biri: pwd


Download 1.72 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1554795
1   2   3   4   5
Bog'liq
Linux terminali va unda ishlash

BUYRUQLAR

Tizimda o’rnatilgan dasturlarni chaqirib ko’raylik. Shulardan biri: pwd

Uni terib, enter tugmasini bosamiz. Ekranga /home/kadirov jumlasi chiqdi. Bu qaysi papkada turganimiz haqida ma’lumot. pwd – Print Working Directory degani. Qaysi papkada ishlayotganimni ekranga chiqar degan ma’noni beradi. Biz nima ish qilsak ham aynan shu papkaga nisbatan bajariladi. Misol uchun yangi papka yaratsam, u /home/kadirov papkasi ichida yaratiladi.

mkdir dasturi MakDirectory so’zidan qisqartma bo’lib, u yangi papka yaratish uchun xizmat qiladi. Ushbu dastur nomidan so’ng yangi papka nomini yozamiz. Dastur bizga hech qanday xabar chiqarmasdan nihoyasiga yetdi. Bu yaxshi, chunki terminalda xabar yo’qliginig o’zi — hushxabar. Agar biror xato bo’lganida — biz bu haqda xabarni ko’rgan bo’lar edik.

Misol uchun ushbu buyruqni qayta teramiz. Qayta termaslik uchun klaviaturadagi yuqori strelkasini bosish ham mumkin. Yuqori va pastgi strelkalar orqali oldinroq yuborilgan buyruqlarni ko’rish mumkin.
Enter’ni bosganimizda “test papkasini yarata olmayman, u allaqachon mavjud” mazmunidagi xabarni ko’rishimiz mumkin. Ya’ni aksariyat dasturlar muvaffaqiyatli yakunlanishsa – hech qanday xabar chiqarmaydilar. Faqat xato bo’lganida biror xabar ko’rishimiz mumkin.

Oynani tozalash uchun CTRL + L “issiq tugma”lari, yoki clear buyrug’idan foydalanish mumkin. Clear ham dastur, lekin terminalda dasturlarni chaqirishimizni “buyruq berish” deb ataymiz. Shuning uchun ham “mkdir buyrug’i” deganda mkdir dasturini chaqirish nazarda tutiladi.

Keyingi dastur ls. Ushbu buyruq biz turgan papka ichida joylashgan fayl va papkalarni ekranga chiqaradi. E`tibor bering, biz oldinroq yaratgan test papkasi ham ko’rinmoqda.

Barcha dasturlarni o’zimizga moslash mumkin. Umumiy dasturlash teoriyasidan Parametr nima ekanligi esingizda bo’lsa kerak? Funksiya chaqirayotganda uning parametrlari orqali o’zimizga moslar edik. Dastularni chaqirayotganda ham ularga parametrlar berish mumkin. Ingliz tilida, dastur parametrlarini ko’proq options deyishadi.
Dastruchilar, yaratayotgan dasturida qanday parametrlar bo’lishini o’zlari hal qilishadi. Lekin urf bo’lgan qonunlar ham bor va dasturchilar bu urflarni qo’llashga harakat qilishadi.
Misol uchun parametr nomi bir nechta belgidan iborat bo’lsa, bu parametr oldidan ikki chiziq qo’yiladi. Misol uchun –help parametri. Ko’pchilik dasturlarda –help parametri bor, u “Yordam” ma’nosini beradi. Bu parametr orqali dastur nima ish bajarishini, mavjud parametrlar va boshqa ma’lumotni bilish mumkin


Probel orqali bir nechta parametrlar ishlatish mumkin. Misol uchun –quote-name parametri fayl va papka nomlarini qo’shtirnoqqa oladi. –size parametri esa fayl va papkalarning hajmini ham chop etadi


Agar parametr bitta belgidan iborat bo’lsa, uning oldidan bitta chiziqcha qo’yamiz. Misol uchun ls dasturining l parametri, papka va fayllarni ro’yxat ko’rinishida chop etadi.
ls dasturi yashirincha fayl va papkalarni ham ko’rsatishi uchun -a parametridan foydalanish mumkin. *nix tizimlarida nuqtadan boshlangan fayllar yashiringan fayllar deyiladi. Yoki, ularni tizim fayllari ham deyish mumkin.



Parametr bitta belgidan iborat bo’lsa, uni bir chiziq orqali ko’rsatish mumkin dedik. Bitta belgidan iborat parametrlarning yana bir qulay tomoni: bitta chiziqdan so’ng bir nechta parametr ko’rsatish mumkin. Bu yerda yarincha fayl va papkalar, ro’yxat shaklida ekranga chiqadi.


Vertikal slesh orqali dasturlarning chop etayotgan matnini ekranga emas, boshqa dasturga yo’naltirishimiz mumkin. Misol uchun grep dasturiga. Ushbu dastur unga yuborilgan qatorlarni biror qolip bo’yicha solishtiradi va mos kelganini ekranga chiqaradi.
Bu yerda biz o’zimiz turgan papkadagi barcha fayl va papkalar ro’yxatini “Do” so’ziga filtrladik. Ekranga Documents va Downloads papkalari chiqdi.


Agar biz “tes” so’zi bor qatorlarni olmoqchi bo’lsak, ekranga Templates va biz oldinroq yaratgan test papkalari chiqadi



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling