Aqsh media talimining kinotalim bilan uygunlashuv masalasi


Download 29.11 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi29.11 Kb.
#1818430
1   2   3
Bog'liq
AQSH MEDIA TALIMINING KINOTALIM BILAN UYGUNLASHUV MASALASI

Sherl Barls. Foto: Sanjar Rustamov / «Gazeta.uz»
Aytish joizki, Massachusets texnologiyalar institutida saboq olishni istagan xorijlik talaba bakalavr va magistratura bosqichi uchun yiliga 58 ming dollar pul to‘lashi kerak. Undan tashqari, yashash, ovqatlanish, transport va boshqa xarajatlar uchun yana bir necha o‘n ming dollar talab qilinadi (Oylik yashash to‘lovi — 1200−2000 dollar atrofida). Ushbu ta’lim dargohida o‘qish amerikaliklar uchun ham unchalik arzon emas — yiliga 20 ming dollar.
«Onlayn mashg‘ulotlar deyarli barcha mavzularni qamrab olgan. Biroq MIT texnologiyalarga asosan ixtisoslashgani uchun STEM fanlardan (STEM: S — science, T — technology, E — engineering, M — mathematics,yoki: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, ijodkorlik, matematika. Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng talabgir fan — tahr.) eng ko‘p mavzular mavjud. Kurslar MIT o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi», — deydi Sherl Barls.

Massachusets texnologiyalar instituti. Foto: Sanjar Rustamov / «Gazeta.uz»
Markaz direktorining aytishicha, onlayn kurslardan o‘tish uchun hech qanday aniq muddat belgilanmagan, biroq kurslar olti oydan ikki yilgacha muddat ta’lim olish mumkin. Kursni tamomlaganlar xohlasa pulli imtihon topshirib, daraja yoki sertifikat olishi mumkin. Taxminan 50 dollar to‘lab sertifikat olish mumkin. Bu sertifikat hech qanday huquqiy maqomga ega bo‘lmasa ham, ish beruvchilar uchun u ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Ya’ni, deylik siz dasturlash bo‘yicha olti oy davomida onlayn mashg‘ulotlarda qatnashdingiz va qo‘lingizda MIT sertifikati bor. Bilim va qobiliyat jihatdan to‘rt yillik an’anaviy bakalavr yo‘nalishida tahsil olgan bitiruvchidan ustun bo‘lsangiz, ish beruvchi qo‘lingizdagi bir parcha qog‘ozga qaramasligi ham mumkin. Ayni shu holat bugun xususiy sektorda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda: muhimi ishini eplasin, topshirilgan vazifalarni a’lo darajada bajarsin, hujjatbozlik, qog‘ozbozlikka hojat yo‘q, deydigan ishbilarmonlar soni tobora oshmoqda.
Bugun ana shu imkoniyatdan foydalanganlar soni bir necha million nafarni tashkil etmoqda. Nafaqat MIT, balki dunyoning boshqa yetakchi universitetlari, ta’lim markazlari ham onlayn ta’limga katta urg‘u qaratmoqda.
Ayni shu mavzuda Indiana universiteti professori Kurt Bonk bilan suhbatlashganimizda onlayn ta’limning afzal jihatlarini so‘zlab berdi:
«Maktablar, oliy ta’lim dargohlari, korporatsiyalar, davlat tashkilotlari uchun onlayn ta’lim tizimi ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Darslardan keyin qo‘shimcha vazifalarni berish, global darajada almashinuv dasturlarini amalga oshirish mumkin. Sinf xonasida o‘quvchilar soni cheklangan bo‘lsa, onlayn ta’limda bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlarga ta’lim berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Onlayn ta’lim uyatchang talabalarning faolroq bilim olishlariga imkon beradi. An’anaviy darslarda berilgan ma’lumotlarni to‘liq eslab qolish qiyin bo‘lishi mumkin. Onlayn ta’limda esa bilimlarni takrorlash, ularni global miqyosda almashish, bo‘lishish imkoniyati mavjud bo‘ladi».

Kurt Bonk. Foto: Sanjar Rustamov / «Gazeta.uz».
"Onlayn muhitda qimmat darsliklarni bepul o‘qish imkoniyati ham mavjud, — deya qo‘shimcha qildi professor. — Hamkorlik qilish ko‘nikmasi juda muhim, ya’ni tim vork, birgalikda ishlash va hamkorlik qilish davr talabi. Hozirda internetda ma’lum bir guruhlar bo‘lib ishlash imkoniyati bor. Ta’limda ham bu muhim ahamiyatga ega. Guruh bo‘lib ishlagan ma’lumotlar onlayn saqlab qolish mumkin. Ulardan keyingi yilgi talabalar ham foydalanishi mumkin. An’anaviy ta’limda esa bu imkoniyat cheklangan".
Ingliz tilida bir ibora bor — «Pastda turgan mevani uzish osonroq». Onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yilgan ilk davrlarda masterlik darajasini beradigan biznes va hamshiralar tayyorlash kabi amaliy sohalarda bu ishni amalga oshirish boshlangan. Hozirda esa ta’lim, injenerlik kabi sohalarda ham onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bugunga kelib qisqa muddatda olish mumkin bo‘lgan nano darajalarda qisqa dasturlarda o‘qib, sertifikatlar olish, masalan katta ma’lumotlar bilan ishlash, dasturlash, turizm menejerligi, loyihalarni boshqarish, yetakchilik malakalarini oshirish kabi yo‘nalishlarda malaka oshirish mumkin. MIT`da bu narsa ko‘proq qo‘llanilayapti", — deydi professor.
E’tiborlisi, ota-onalar farzandlari ta’lim olayotgan onlayn kurslarga o‘zlari ham qiziqib, ulardagi ma’lumotlardan hayotda foydalanishlari mumkin bo‘ladi, deydi professor.


Download 29.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling