Mavzu: Kasb tanlashda uchraydigan xatoliklarni oldini olish
Download 16.88 Kb.
|
Zilola
Mavzu: Kasb tanlashda uchraydigan xatoliklarni oldini olish Kasb tanlash juda qiyin va masuliyatli qadam bo’lib, uni tanlash kasb tanlaydigan bitiruvchilardan imkon qadar masuliyat va jiddiylik bilan qabul qilishni talab qiladi. Hamma maktab bitiruvchilari ham yani kasb tanlaydigan insonlar o’z taqdirini o’zi tanlay olmaydi. Ko’pchilik bitiruvchilar kasb tanlashday muhim hayot tanlovini boshqalar zimmasiga topshirib qo’yadilar. Bu holat kasb tanlashning keng tarqalgan pisixologik pedagogik va eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Shunday qilib, bitiruvchi yoshlar kasb tanlashhda ko’p hollarda yaqinlarining fikriga tayanadilar. O’zini kelajagini o’zi belgilaydigan yani kasb tanlayotganda boshqalardan maslahat, qo’shimcha fikrlar va yordam izlashga intilishi oddiy holdir. Kasb tanlash jarayonidagi bitiruvchilar oldidagi noaniqlik uni chindan ham qo’rqitadi, shunda u o’zini hayotini o’zi belgilay omaganligi sababli, kasblar va hayotiy ma’nolar dunyosidagi turli maslahatlarni ,,mutahasislar’’, ,,ota onalar’’, ,,ustozlar’’ tomonidan aniqlab berilgan maslahatlarha rozi bo’lishga majbur bo’ladi. Shunday ekan yuqorida sanab o’tilgan kasb tanlovchilarga maslahat beradigan insonlar to’g’ri maslahat va yo’nlishh berishlari juda juda muhim sanaladi. Juda ko’p bitiruvchilar kasb tanlashda hatoliklarga yo’l qo’yadi. Quyida bu hatoliklarni sanab o’tamiz: 1.Tanlayotgan kasbi haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmasligi. 2. Kasb, lavozim ba mutaxasislikni aralashtirib qo’yish. 3. Kasbning obro’siga qarab kasb tanlash. 4. Boshqalarning bosimi ostida kasb tanlash. 5. O’zi havas qilgan qilgan insonlarga o’xshash uchun kasb tanlash 6. O’qish yoki ishlash joyi binosiga havas qilib shu yerda faoliyat yuritish uchun kasb tanlash. 7. Tanlayotgan kasbi haqida eskirgan va noto’g’ri ma’lumotlarga tayanib Kasb tanlash. 8. Tanlayotgan kasblarini faqat yaxshi, yengil tomonlarini ko’rib, og’ir qiyinchilik tomonlarini e’tiborga olmay kasb tanlash. 9. O’zining qobiliyatini noto’g’ri baholab kasb tanlash. 10. Tanlayotgan kasbini faqat bir tarmog’I haqida ma’lumotga ega bo’lish boshqa tarmoqlarda qo’llay olishni bilmasdan kasb tanlash. 11. Kasbga bo’lgan ehtiyojni hisobga olmasdan kasb tanlash. 12. Kasb tanlashga maslahat beradigan, maslahat berishga layoqatsiz insonlarning fikriga tayanib kasb tanlash. 13. Ota onamni va oilamni kasbini davom ettiraman deb kasb tanlash. 14. Jismoniy jihatlarini tanlayotgan kasbiga to’g’ri kelmasligini e’tiborga olmasdan kasb tanlash. 15. Tanlayotgan kasbingizni faqat moddiy tomonini o’ylab kasb tanlash. 16. Kimningdur ,, sen qila olmaysan’’ degan degan so’ziga qastlashib yani bu fikrini noto’g’riligini isbotlayman deb kasb tanlash. 17. Faqatgina oliy ma’limotli bo’lish uchun kasb tanlash. Tepadagi sabablardan ko’rinib turibdiki kasb tanlash juda qiyin va mas’uliyatlidir. Maktab bitiruvchilar, yani kasb tanlash jarayonida turgan yoshlar bu kabi muammolarni yechishlari uchun quyidagi yechimlarni, maslahatlarni va qoidalarni keltirib o’tamiz. __Birinchi navbatda o’zingizning qobiliyatingizni, qiziqishingizni va jismoniy imkoniyatingizni aniqlab oling. __Tanlayotgan kasbingiz ha’qida to’liq ma’lumotlarga ega bo’ling, albatta bu ma’lumotlarni mutahasislar tomonidan qabul qiling. __Tanlayotgan kasbingizning qiyin va yengil tomonlarini aniqlab unga ruhan va jismonan tayyorlaning. __Yo’naltirish testlaridan foydalanib yanada o’zingizga ishonchingizni oshiring. Download 16.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling