Aqsh Mehnat vazirligining 2016-yilda O’zbekiston


Download 24.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.12.2017
Hajmi24.24 Kb.

AQSh Mehnat vazirligining 2016-yilda 

O’zbekiston 

bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlariga 

oid xulosalari 



O’zbekiston 

2016-yilda O’zbekiston bolalar mehnatining eng yomon shakllarini tugatish uchun choralar ko’rgan 

bo’lsa-da, bolalarni majburan ishlatgani ham ko’zga tashlandi. Hukumat Xalqaro Mehnat Tashkiloti 

(XMT) boshchiligida uchinchi tomonlar tomonidan olib borayotgan monitoring bilan hamda o’zining 

Muvofiqlashtiruvchi kengashi boshchiligida olib borayotgan monitoringlar ishini kengaytirdi. Hukumat, 

shuningdek, paxta yig’im-terimida qoidabuzarlik holatlari haqida qayta  aloqa tizimini takomillashtirish 

uchun qadamlar tashladi,va ushbu tizim orqali olingan bolalar va kattalar majburan ishlatilgani 

to’g’risidagi shikoyatlarni tekshirdi. Shunga qaramasdan, O’zbekistonga qoniqarsiz baho berilmoqda

chunki 

Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida ba’zi mahalliy rahbarlar bolalarni 



paxta terimiga safarbar etdi. Bu ishlar markazdan muvofiqlashtirilganini isbotlovchi dalillar yo’q. Ammo 

hukumat paxtani  mintaqaviy kvota sistemasiga tayangan holda yetishtirish siyosatini davom ettirmoqda. 

Mahsulot narxi shunday belgilanganki, bu mahalliy rahbarlarning majburiy mehnatdan foydalanishini 

rag’batlantiradi va bolalarning majburan ishlatilishiga zamin yaratadi. Qonunbuzarliklar haqida qayta 

aloqa tizimiga jamoatchilik orasida ishonch past bo’lib qolmoqda. Ayrim shikoyatchilardan o’ch olish 

holatlari shundan dalolatki, bolalar mehnatiga oid shikoyatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish tizimida 

kamchiliklar bor. Terim paytida mustaqil monitoring o’tkazishga harakat qilgan fuqarolik jamiyati faollari 

mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ta’qib etilgani haqida xabar berishdi. 2016-yilning oktabrida 

imzolangan prezident farmoni xususiy bizneslarni, jumladan mehnat sharoitini, ogohlantirmasdan 

tekshirishni taqiqlaydi. Bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlari, shu jumladan paxta sanoatida 

ularning majburan ishlatilishiga doir xabarlardan tashqari, bolalarning pilla parvarishi bilan bog’liq xavfli 

ishlarga jalb etilishi xususida ham cheklangan ma’lumotlar bor. Xulosa qilib aytganda, huquq-tartibot 

tizimidagi kamchiliklar va viloyatlarda rahbarlar bilan ishni yetarli darajada muvofiqlashtirmaslik 

O’zbekistonda bolalar mehnati muammosi to’liq hal etilishiga to’sqinlik qilmoqda. 

 

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, O’zbekistonda bolalar mehnati, jumladan, uning eng xunuk 



ko’rinishlariga barham berish uchun quyidagilar tavsiya etiladi. 

Yo’nalish 

Tavsiyalar 

Tavsiya etilgan 

yil(lar) 

Huquqiy baza 

Bolalarning fohishabozlikda qo’llanishi, oldi-berdi qilinishi va taklif 

etilishini qonunan taqiqlang. 

2015 – 2016 

18 yoshga to’lmagan bolalarning nodavlat qurolli guruhlar 

tomonidan yollanishi uchun jazo belgilanishini ta’minlang. 

2016 


Tartibot 

Mustaqil monitoring uchun shunday sharoit yaratingki, 

respondentlar unda qo’rqmasdan ishtirok etsin; paxta yig’im-

terimida qatnashayotgan mahalliy rahbarlar yoki ishchilarga 

qanday javob berishni o’rgatgan rasmiylarni javobgarlikka torting. 

2016 


Mustaqil kuzatuvchilarga paxta yig’im-terimi paytida bolalar 

mehnatini monitoring qilishga, to’satdan tekshiruvlar o’tkazishga 

ruxsat bering. Mehnat qonunlari poymol etilganiga oid 

ma’lumotni yashirish uchun kuzatuvchilarni ushlagan va 

qo’rqitgan rasmiylarni jazolang. 

2014 – 2016 

Mehnat inspeksiyasi byudjeti, inspektorlar uchun trening, nechta 

va qanday inspeksiyalar o’tkazilgani, bolalar mehnatiga doir 

qanday qonunbuzarliklar aniqlangani, necha marta jarima 

solingani to’g’risidagi ma’lumotlarni chop eting.  

2015 – 2016 

Bolalar mehnati va majburiy mehnatni, jumladan qishloq 

2016 


AQSh Mehnat vazirligining 2016-yilda 

 

O’zbekiston 



bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlariga 

oid xulosalari 

 

 



 

Yo’nalish 

Tavsiyalar 

Tavsiya etilgan 

yil(lar) 

joylarida, bartaraf etish bo’yicha ma’muriy chora-tadbirlarni 

muntazam baholab borish jarayonini yo’lga qo’ying.  

Bolalar mehnati xususidagi shikoyatlarni qabul qiluvchi qayta  

aloqa tizimi va boshqa mexanizmlarga jamoatchilik ishonchini 

oshirish uchun qadamlar tashlang, xususan bu mexanizmlardan 

foydalangan shaxslarga ziyon yetmasligini ta’minlash orqali.

 

 



2015 – 2016 

Bolalar mehnatiga oid qonunlar ijro etilishi uchun mas’ul bo’lgan 

mehnat inspektorlarini ko’paytiring, toki ular soni ishchi kuchini 

yetarlicha qamray olsin. 

2015 – 2016 

Oldindan e’lon qilinmagan inspeksiyalarning barcha sektorlarda 

ruxsat etilishini, tekshiruv tizimi zaiflashmasligini ta’minlang. 

2016 


Yig’im-terim jarayonini kuzatib boradigan va qonunlar ijrosini 

ta’minlaydigan tizim keng qamrovli bo’lsin. Uning doirasida 

ishchilar shikoyatlari, maktablar yopilgani va bolalar ishlatilgani 

haqidagi uchinchi tomon hisobotlari tekshirilsin. Javobgar 

shaxslar, jumladan, bolalarni paxtaga olib chiqqan mahalliy 

mutasaddilar (hokimlar) jazoga tortilsin. 

2012 – 2016 

Bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlari va bolalar savdosi 

bilan bog’liq tekshiruvlar, sud ishlari va ayblovlar haqida batafsil 

ma’lumotlarni ommaga havola eting. 

2011 – 2016 

Koordinatsiya 

Viloyat va tuman hokimliklari bilan ishni muvofiqlashtirishga 

qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytiring, toki mahalliy 

hukumatlar paxta yetishtirishda va boshqa sektorlarda bolalar 

mehnatini man etuvchi qonun-qoidalardan xabardor bo’lsin va 

ularni ijro etishni o’z vazifasi deb bilsin. Bunga amal qilmagan 

mutasaddilarga qarshi tegishli choralar ko’rilishini ta’minlang. 

2015 – 2016 

Hukumat siyosati 

Bolalar mehnatiga chek qo’yish va bu illatning oldini olishga 

qaratilgan strategiya ta’lim dasturlarida mujassam bo’lsin. 

2014 – 2016 

O’qituvchilarning paxta terimida ishtiroki ixtiyoriy ekaniga ishonch 

hosil qiling, toki bu yig’im-terim mavsumida ta’lim sifatiga salbiy 

ta’sir ko’rsatmasin va bolalarning ham ishga jalb qilinishiga olib 

kelmasin. 

2015 – 2016 

18 yoshgacha bo’lgan bolalarni paxta terimiga majburlash 

amaliyotiga barham berish maqsadida kvota sistemasini va bozor 

qiymatidan past narxlarni belgilash siyosatini qayta ko’rib chiqing. 

2012 – 2016 

O’quv muassasalarida ma’lumot saqlash tartibini kuchaytiring 

hamda paxta terimchilarining yoshini ko’rsatuvchi ro’yxatlarni 

yangilab boring, toki 18 yoshga yetmagan o’quvchilar terimga jalb 

etilmasin. 

2013 – 2016 

Ijtimoiy dasturlar 

Pilla yetishtirish va metallolom yig’ishda bolalar mehnatidan 

qanchalik foydalanilayotgani, ularni shu ishlarda ishtiroк etish 

darajasini aniqlash  va o’rganish uchun izlanishlar o’tkazing.

 

2013 – 2016



 

 

2013 – 2016 



Bolalar savdosi va ularning paxta yetishtirishda ishlatilayotganiga 

alohida ahamiyat qaratib, bolalar mehnatining eng xunuk 

ko’rinishlarini tugatishga qaratilgan dasturlarni kengaytiring. 

2009 – 2016 



AQSh Mehnat vazirligining 2016-yilda 

 

O’zbekiston 



bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlariga 

oid xulosalari 

 

 



 

 

 




Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling