Aqsh Mehnat vazirligining 2016-yilda O’zbekiston
Download 24.24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’nalish Tavsiyalar Tavsiya etilgan yil(lar)
AQSh Mehnat vazirligining 2016-yilda O’zbekiston bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlariga oid xulosalari 1
2016-yilda O’zbekiston bolalar mehnatining eng yomon shakllarini tugatish uchun choralar ko’rgan bo’lsa-da, bolalarni majburan ishlatgani ham ko’zga tashlandi. Hukumat Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) boshchiligida uchinchi tomonlar tomonidan olib borayotgan monitoring bilan hamda o’zining Muvofiqlashtiruvchi kengashi boshchiligida olib borayotgan monitoringlar ishini kengaytirdi. Hukumat, shuningdek, paxta yig’im-terimida qoidabuzarlik holatlari haqida qayta aloqa tizimini takomillashtirish uchun qadamlar tashladi,va ushbu tizim orqali olingan bolalar va kattalar majburan ishlatilgani to’g’risidagi shikoyatlarni tekshirdi. Shunga qaramasdan, O’zbekistonga qoniqarsiz baho berilmoqda, chunki Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida ba’zi mahalliy rahbarlar bolalarni paxta terimiga safarbar etdi. Bu ishlar markazdan muvofiqlashtirilganini isbotlovchi dalillar yo’q. Ammo hukumat paxtani mintaqaviy kvota sistemasiga tayangan holda yetishtirish siyosatini davom ettirmoqda. Mahsulot narxi shunday belgilanganki, bu mahalliy rahbarlarning majburiy mehnatdan foydalanishini rag’batlantiradi va bolalarning majburan ishlatilishiga zamin yaratadi. Qonunbuzarliklar haqida qayta aloqa tizimiga jamoatchilik orasida ishonch past bo’lib qolmoqda. Ayrim shikoyatchilardan o’ch olish holatlari shundan dalolatki, bolalar mehnatiga oid shikoyatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish tizimida kamchiliklar bor. Terim paytida mustaqil monitoring o’tkazishga harakat qilgan fuqarolik jamiyati faollari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ta’qib etilgani haqida xabar berishdi. 2016-yilning oktabrida imzolangan prezident farmoni xususiy bizneslarni, jumladan mehnat sharoitini, ogohlantirmasdan tekshirishni taqiqlaydi. Bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlari, shu jumladan paxta sanoatida ularning majburan ishlatilishiga doir xabarlardan tashqari, bolalarning pilla parvarishi bilan bog’liq xavfli ishlarga jalb etilishi xususida ham cheklangan ma’lumotlar bor. Xulosa qilib aytganda, huquq-tartibot tizimidagi kamchiliklar va viloyatlarda rahbarlar bilan ishni yetarli darajada muvofiqlashtirmaslik O’zbekistonda bolalar mehnati muammosi to’liq hal etilishiga to’sqinlik qilmoqda.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, O’zbekistonda bolalar mehnati, jumladan, uning eng xunuk ko’rinishlariga barham berish uchun quyidagilar tavsiya etiladi. Yo’nalish Tavsiyalar Tavsiya etilgan yil(lar) Huquqiy baza Bolalarning fohishabozlikda qo’llanishi, oldi-berdi qilinishi va taklif etilishini qonunan taqiqlang. 2015 – 2016 18 yoshga to’lmagan bolalarning nodavlat qurolli guruhlar tomonidan yollanishi uchun jazo belgilanishini ta’minlang. 2016
Tartibot Mustaqil monitoring uchun shunday sharoit yaratingki, respondentlar unda qo’rqmasdan ishtirok etsin; paxta yig’im- terimida qatnashayotgan mahalliy rahbarlar yoki ishchilarga qanday javob berishni o’rgatgan rasmiylarni javobgarlikka torting. 2016
Mustaqil kuzatuvchilarga paxta yig’im-terimi paytida bolalar mehnatini monitoring qilishga, to’satdan tekshiruvlar o’tkazishga ruxsat bering. Mehnat qonunlari poymol etilganiga oid ma’lumotni yashirish uchun kuzatuvchilarni ushlagan va qo’rqitgan rasmiylarni jazolang. 2014 – 2016 Mehnat inspeksiyasi byudjeti, inspektorlar uchun trening, nechta va qanday inspeksiyalar o’tkazilgani, bolalar mehnatiga doir qanday qonunbuzarliklar aniqlangani, necha marta jarima solingani to’g’risidagi ma’lumotlarni chop eting. 2015 – 2016 Bolalar mehnati va majburiy mehnatni, jumladan qishloq 2016
AQSh Mehnat vazirligining 2016-yilda
O’zbekiston bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlariga oid xulosalari
Yo’nalish Tavsiyalar Tavsiya etilgan yil(lar) joylarida, bartaraf etish bo’yicha ma’muriy chora-tadbirlarni muntazam baholab borish jarayonini yo’lga qo’ying. Bolalar mehnati xususidagi shikoyatlarni qabul qiluvchi qayta aloqa tizimi va boshqa mexanizmlarga jamoatchilik ishonchini oshirish uchun qadamlar tashlang, xususan bu mexanizmlardan foydalangan shaxslarga ziyon yetmasligini ta’minlash orqali.
2015 – 2016 Bolalar mehnatiga oid qonunlar ijro etilishi uchun mas’ul bo’lgan mehnat inspektorlarini ko’paytiring, toki ular soni ishchi kuchini yetarlicha qamray olsin. 2015 – 2016 Oldindan e’lon qilinmagan inspeksiyalarning barcha sektorlarda ruxsat etilishini, tekshiruv tizimi zaiflashmasligini ta’minlang. 2016
Yig’im-terim jarayonini kuzatib boradigan va qonunlar ijrosini ta’minlaydigan tizim keng qamrovli bo’lsin. Uning doirasida ishchilar shikoyatlari, maktablar yopilgani va bolalar ishlatilgani haqidagi uchinchi tomon hisobotlari tekshirilsin. Javobgar shaxslar, jumladan, bolalarni paxtaga olib chiqqan mahalliy mutasaddilar (hokimlar) jazoga tortilsin. 2012 – 2016 Bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlari va bolalar savdosi bilan bog’liq tekshiruvlar, sud ishlari va ayblovlar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga havola eting. 2011 – 2016 Koordinatsiya Viloyat va tuman hokimliklari bilan ishni muvofiqlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytiring, toki mahalliy hukumatlar paxta yetishtirishda va boshqa sektorlarda bolalar mehnatini man etuvchi qonun-qoidalardan xabardor bo’lsin va ularni ijro etishni o’z vazifasi deb bilsin. Bunga amal qilmagan mutasaddilarga qarshi tegishli choralar ko’rilishini ta’minlang. 2015 – 2016 Hukumat siyosati Bolalar mehnatiga chek qo’yish va bu illatning oldini olishga qaratilgan strategiya ta’lim dasturlarida mujassam bo’lsin. 2014 – 2016 O’qituvchilarning paxta terimida ishtiroki ixtiyoriy ekaniga ishonch hosil qiling, toki bu yig’im-terim mavsumida ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin va bolalarning ham ishga jalb qilinishiga olib kelmasin. 2015 – 2016 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni paxta terimiga majburlash amaliyotiga barham berish maqsadida kvota sistemasini va bozor qiymatidan past narxlarni belgilash siyosatini qayta ko’rib chiqing. 2012 – 2016 O’quv muassasalarida ma’lumot saqlash tartibini kuchaytiring hamda paxta terimchilarining yoshini ko’rsatuvchi ro’yxatlarni yangilab boring, toki 18 yoshga yetmagan o’quvchilar terimga jalb etilmasin. 2013 – 2016 Ijtimoiy dasturlar Pilla yetishtirish va metallolom yig’ishda bolalar mehnatidan qanchalik foydalanilayotgani, ularni shu ishlarda ishtiroк etish darajasini aniqlash va o’rganish uchun izlanishlar o’tkazing.
2013 – 2016
2013 – 2016 Bolalar savdosi va ularning paxta yetishtirishda ishlatilayotganiga alohida ahamiyat qaratib, bolalar mehnatining eng xunuk ko’rinishlarini tugatishga qaratilgan dasturlarni kengaytiring. 2009 – 2016 AQSh Mehnat vazirligining 2016-yilda
O’zbekiston bolalar mehnatining eng yomon ko’rinishlariga oid xulosalari
Download 24.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling