Aqsh ning ma'muriy tartib-taomillari to'g'risidagi qonunchiligi


Prezident «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi


Download 23.45 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi23.45 Kb.
#1518607
1   2
Bog'liq
24mavzu

Prezident «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi
«Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi qonun ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 yanvar kuni «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Ushbu qonun 14 dekabr kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 20 dekabrda Senat tasdig‘idan o‘tgan edi.
Bir yildan so‘ng kuchga kiruvchi ushbu qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qonuniylik, mutanosiblik, ishonchlilik, tinglanish imkoniyatining mavjudligi, ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi, manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, mazmunan qamrab olish, ma’muriy ish yuritishning «bir darcha» orqali amalga oshirilishi, teng huquqlilik, ishonchning himoya qilinishi, ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi va tekshirish kabilardan iborat.
Qonunga ko‘ra, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug‘dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma’muriy organlarga taqiqlanadi.
Qonunda maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerakligi belgilangan.
Qonunga muvofiq, ma’muriy organlar ma’muriy ish yuritishni qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi.
Ushbu maqolada ma’muriy huquqqa oid ilmiy-nazariy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular asosida tugallangan xulosalar berilgan. Maqolada ma’muriy huquqning muhim jihatlaridan hisoblangan ma’muriy hujjat, ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish va ularning boshqa hujjatlardan farqli jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, ma’muriy hujjatni bekor qilishda ma’muriy organlar, manfaatdor shaxslar hamda sudlarning o‘rni va ahamiyati ham yoritib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ma’muriy hujjatning shakli va mazmuni borasida ma’lumotlar, shakliga va mazmuniga qo‘yilgan talablar hamda bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Bundan tashqari, ma’muriy hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning tahlili amaliy misollar yordamida hamda ma’muriy hujjatning shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va dolzarbligi masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, ma’muriy hujjatlarning asoslangan bo‘lish talabi va uning ahamiyati muhokama qilingan. Maqola yozishda Germaniya Federativ Respublikasi, Xitoy, Rossiya va MDH davlatlari qonunchiligidan foydalanilgan. Maqola asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunining yangi loyihasini ishlab chiqishga oid ilmiy asoslangan takliflar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:ma’muriy hujjat, ma’muriy akt, ma’muriy protsessual hujjat, ma’muriy harakat, ma’muriy munosabat, ma’muriy-huquqiy munosabat, ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish, haqiqiy emas deb topish, huquqiy maqom, ma’muriy tartib-taomil, manfaatdor shaxs, davlat organi, ma’muriy organ, sud, buyruq, qaror, ruхsatnoma, ommaviy huquq, maxsus ish, muayyan chora, individual hujjat, jamoaviy hujjat, litsenziya, ruхsat berish.
Boshqa huquq sohalariga qaraganda ma’muriy huquq sohasidagi ma’muriy hujjatlar tushunchasiga juda ko‘p duch kelamiz. Sababi ma’muriy hujjatlar kundalik hayotda juda ko‘p uchraydi. Misol uchun, yerdan foydalanish to‘g‘risidagi hokim qarori yoki litsenziya olish bilan bo‘g‘liq, notarial tasdiqla- nadigan va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlar. Ushbu hujjatlarning boshqa hujjatlardan qanaqa farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari bor degan savol tug‘iladi. Ma’muriy hujjatlarning huquqiy maqomi masalasi ancha payt turli muhokama va bahs- munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu masalaga 2018yil 8-yanvar kuni uzil-kesil chek qo‘yildi. Sababi ayan shu kuni O‘zbekiston Respublikasining“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun ma’muriy hujjatlar- ning to‘liq huquqiy maqomini ochib berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki ushbu qonunning eng asosiy qismini ma’muriy hujjatlarni qabul qi- lish, bekor qilish, o‘zgartirish va haqiyqiy emas deb topish bilan bog‘liq normalar tashkil etadi. Qonunning 4-moddasida ma’muriy hujjat tushunchasiga alohida ta’rif berilgan bo‘lib, unga binoan “Ma’muriy hujjat – ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruv- chi ta’sir chorasidir”. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun asosida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, ma’muriy tartib-taomillar haqida olimlar fikrlarini keltirib o‘tamiz. Bu borada ko‘plab olimlar o‘z nuqtai nazarlarini bildirishgan. Jumladan, ma’muriy tartib-taomillar fuqarolarning (ommaviy) ma’muriyat bilan bo‘ladigan huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan va huquq subyektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish (ro‘yobga chiqarish)iga qaratilgan munosabatlar (S.Z. Jenetel), manfaatdor shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydigan protsessual (ijobiy) faoliyatga qaratilgan munosabatlar (Y.A. Tixo- mirov), fuqaro va tashkilotlarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan maxsus mazmundagi protsessual munosabatlar (O.V. Morozova). Bu kabi tushunchalar tahlilini boshqa olimlarning asarlarida ham ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, bir qator davlatlar, misol uchun, Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra ma’muriy tartib-taomillarga faqat ma’muriy hujjatni qabul qilish bilan bog‘liq ma’muriy-huquqiy (ijobiy) tartibga solish (regulyativ) masa- lalarini kiritish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda ma’muriy hujjat tushunchasini batafsil yoritib berish uchun rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligiga murojaat qilamiz. Birinchilardan bo‘lib ma’muriy hujjat tushunchasi Fransiya qonunchiligida ishlatila boshlangan va fransuz huquqi orqali kontinental huquqiy oila- ning barcha mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. Germaniyada Ikkinchi jahon urushi tugashidan oldin ma’muriy hujjatning yagona me’yoriy konsepsiyasi mavjud bo‘lmagan. Buning o‘rniga qonun, buyruq, qaror, ruxsatnoma, vakansiya va shunga o‘xshash narsalar mavjud bo‘lgan
Ma’muriy hujjatning birinchi me’yoriy hujjatlari sifatida davlat boshqaruvi organi tomonidan muayyan munosabat bilan qabul qilingan ma’muriy yoki huquqiy hujjat hisoblanishi va boshqaruvning normativ aktidan farqli o‘laroq ma’muriy hujjat huquqiy normalar yaratmasligi, balki bevosita muayyan huquqiy munosabatlar, odatda, ma’muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishi, tugatishi yoki o‘zgartirishi ta’kidlangan.
Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’muriy hujjatlar ushbu boshqaruv organining vakolati doirasida chiqariladi va belgilangan tartibda ijrochilar e’tiboriga yetkaziladi.Germaniya Federativ Respublikasi ma’muriy qonunchiligidagi ma’muriy hujjatning me’yoriy ta’rifidan oltita xususiyat ajralib turadi, ularning bajarilishi ma’muriy hujjatning mavjudligini ko‘rsatadi.
Bundan kelib chiqadiki, ko‘rilayotgan chora ma’muriy organ tomonidan amalga oshirilishi natijasida qabul qilingan hujjat bo‘lishi, muayyan o‘lchov kuchiga, ya’ni ma’muriy organ o‘z kuchidan bir tomonlama foydalansa, avtoritetli harakat qiladi. Bu xususiyat, xususan, ma’muriy jamoat huquqi shartnomasidan ma’muriy harakatni farqlash uchun muhimdir.
Ma’muriy hujjatning shakli. Ma’muriy qonunchiligimizga binoan ma’muriy hujjat yozma bo‘lishi lozim. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga binoan ma’muriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Ushbu moddaning ayni shu qismida ta’kidlanishicha, qonun hujjatlarida ma’muriy hujjat boshqa shaklda, jumladan, boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu borada xorijiy tajribaga qaraydigan bo‘lsak, Germaniya davlatida ma’muriy hujjat yozma bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi norma mavjud emas va Rossiya, MDH davlatlarida ham ma’muriy hujjat tushunchasi faqat yozma tarzda qabul qilinishi belgilanmagan. Rossiya, MDH va Yevropaning ko‘plab davlatlarida ma’muriy hujjat emas, ma’muriy akt tushunchasi qo‘llanadi. Sababi ma’muriy aktlar turli harakatlar, shartli belgilar, muayyan huquqni berish kabilar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida yo‘l belgilariga ham ma’muriy akt sifatida qarashmoqda
Ma’muriy hujjatning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasiga binoan ma’muriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Ushbu moddaga asosan ma’muriy hujjatda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim
- ma’muriy hujjatning nomi va qabul qilingan sana;
- ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
- ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborot;
- ma’muriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi (tavsif qismi)
- ma’muriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);
- qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);
- ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
- ma’muriy organning ma’muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsi (kollegial organ a’zolari) ning lavozimi, ismi va familiyasi. Yuqoridagi talablarga javob bergan ma’muriy hujjat aniq va tushunarli hisoblanadi. Keyingi qismiga qaraydigan bo‘lsak, ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilinadigan hujjatlarga ham alohida talablarqo‘yilishi mumkin. Ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan ma’muriy hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
- muayyan huquq yoki majburiyatning kuchga kirish, o‘z kuchini yo‘qotish payti yoki amal qilish muddati;
- muayyan hodisaga yoki kelajakda huquq yo- xud majburiyatning kuchga kirishi yoki o‘z kuchini yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartga doir ko‘rsatma;
- ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo‘shimcha farmoyishlar berish huquqi ma’muriy organda saqlanib qolishi to‘g‘risidagi izoh;
- adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yo‘l qo‘yish yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida ko‘rsatma beruvchi qo‘shimcha farmoyishlar. Demak, ma’muriy hujjat asosli bo‘lishi va mazmun jihatdan ma’lum bir talablarga javob berishi lozim. Bundan tashqari, ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma’muriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak. Ma’muriy hujjatni asoslantirish chog‘ida ma’muriy organ tekshirilmagan yoki ma’muriy ish yuritish jarayonida ma’muriy ishga qo‘shib qo‘yilmagan yoxud ma’muriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar ma’muriy hujjatni qabul qilishda ma’muriy organga ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan bo‘lsa, ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu ma’muriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab bo‘lgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatning ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak
Ma’muriy hujjatning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, ma’muriy hujjatlarni qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. Unda taraflar o‘zaro teng emas. Buning sababi ma’muriy organ va xususiy shaxs ma’muriy hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzishdagi singari bir-biriga shartlar qo‘ya olmaydi.
Ikkinchidan, ma’muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Masalan, litsenziya berish haqidagi ma’muriy hujjatning qabul qilinishi ma’muriy organlarning xususiy shaxslar faoliyatida litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatni vujudga keltiradi.
Uchinchidan, ma’muriy hujjatlarni qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. Unda taraflar o‘zaro teng emas. Buning sababi ma’muriy organ va xususiy shaxs ma’muriy hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzishdagi singari bir-biriga shartlar qo‘ya olmaydi. Ammo ma’muriy organ va uning mansabdor shaxslari ishni mazmunan qonun talablari doirasida hal etishlari kerak.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ma’muriy hujjat tushunchasi 2018-yildan keyin, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan bog‘liq, ungacha ma’muriy hujjat atamasi qo‘llanilmagan. Shu nuqtayi nazardan ma’muriy hujjat boshqa hujjatlardan farq qiladi. Ma’muriy hujjatlar quyidagi hujjatlardan farqlanadi:
· normativ-huquqiy hujjat;
· ma’muriy harakatlar;
· protsessual hujjatlar. Ma’muriy hujjatning normativ-huquqiy hujjatdan farqi O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat ushbu qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir
Birinchidan, ushbu qonunga asoslanadigan bo‘lsak, normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xarakterga ega bo‘ladi hamda yakka shaxsga nisbatan qaratilmaydi. Ma’muriy hujjatda jismoniy yoki yuridik shaxs ko‘rsatib o‘tiladi. Ya’ni unda jismoniy shaxsning ismi va sharifi, yashash manzili va boshqa shu kabi qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi. Yuridik shaxs bo‘lsa, uning firma nomi, uning joylashgan manzili va shu kabi qo‘shimcha ma’lumotlar qayd etib o‘tiladi. Bir qancha jismoniy yoki yuridik shaxslardan iborat guruhga qaratilgan ma’muriy hujjatda ular haqida batafsil ma’lumot bo‘lmasligi mumkin. Ammo ma’muriy hujjatning mazmunidan u qaysi guruhdagi shaxslarga tegishli ekani namoyon bo‘ladi. Masalan, mahalliy hokimiyat organi tomonidan qabul qilingan davlat dasturiga binoan muayyan hududda qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan eski uy-joylarni buzish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy hujjatdir. Unda qaysi hududdagi uy-joylar buzilishi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Garchand unda uy-joy tegishli bo‘lgan fuqarolar sanab o‘tilmasada, qarorning mazmunidan hududda joylashgan eski uy-joy egalari nazarda tutiladi. Ma’muriy hujjat aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning huquqlariga daxldordir
Ikkinchidan, ma’muriy hujjat huquqni qo‘llash hujjati bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat qonun hujjati hisoblanadi. 
Download 23.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling