Aqshning ichki siyosati


Download 7.15 Mb.
Sana13.10.2023
Hajmi7.15 Mb.
#1701508
Bog'liq
AQSHning ichki siyosati

AQSHning ichki siyosati


AQSH iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolami o‘z-o‘zidan bartaraf etishga olib kelgani yo‘q. AQSHda ham ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi ish kunini qisqartirishga erishish edi.
1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq keyin bu muvaffaqiyat deyarli yo‘qqa chiqdi.
8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda ham keskin tus oldi. Shahaming Senno maydonida bo‘lgan ommaviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o‘q uzdi. Natijada, 6 kishi o‘ldirildi va ko‘plab ishchilar yarador bo‘ldi. Darg‘azab bo‘lgan Chikago ishchilari bu xunrezlikka qarshi norozilik bildirib, ommaviy miting tashkil qildilar.
Qurolli politsiyachilar guruhi ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq, ommaviy harakat rahbarlaridan 4 kishi dorga osildi. Ular o ‘limga tik qaradilar. Osib o‘ldirishga mahkum qilinganlardan biri - Shpis oxirgi so‘zida „Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o‘tkirroq bo‘ladi“, degan edi.
Shpis: „Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o‘tkirroq bo‘ladi“,
XIX asr oxiriga kelib, ijtimoiy harakatga rahbarlik „Qo‘shma Shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi“ ga o‘tdi. 1886-yilda u Amerika Mehnat Federatsiyasi degan nom oldi. AMF, asosan, yuqori malakali ishchilar manfaatini himoya qilardi. Yildan yilga uning a’zolari soni o‘sib bordi.
Tashkilot ishchilar manfaati yo‘lidagi kurashda Kongress a’zolari hamda korxona egalariga ta’sir o‘tkazishga alohida e’tibor berdi. Hukumat 1894-yilda sentabming birinchi dushanbasini „Mehnat kuni“ bayrami deb e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Bu bayram hozirgacha nishonlanib kelinmoqda.
1913-yil sentabrda kon is h c h ila r I og’irir mehnat sharoitiga qarshi
ish tashladilar. Ular 8 soatlik ish kuni joriy etilishini va ish haqini
oshirishni talab etdilar. Hukumat ishchilarga qarshi kuch ishlatdi.
Butun Kolorado shtatida harbiy holat e’lon qilindi. Ishchi lagerlari
o‘qqa tutildi.
1880-yilgi oxirgi jangda yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga surib chiqarildi. Bu rezervatsiyalar unumsiz tashlandiq yerlar edi. Bu yerda ular hukumat „vasiyligi“ga olindilar. Hindular masalasi ana shunday yo‘l bilan hal etildi.
1900-1914-yillar ^DSH tarixiga „taraqqiypar davr” nomi bilan kirgan. Bunga ,AQSH prezidentlarinmg monopoliyalarga qarshi kurash olib borganliklari sabab bo‘lgan. Monopoliyalarga qarshi kurashdan maqsad - o‘rta tabaqalar manfaatini himoya qilish edi. Monopoliyalarga qarshi kurash tarafdorlari taraqqiyparvarlar-ЫфЪ ataldi. Ulaming safida 1901-yilda AQSH prezidenti lavozimini egallagan Teodor Ruzvelt ham bor edi.
T. Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurash siyosati „Adolatli yo‘l“
1912-yilgi prezident saylovlarida demokrat Vudro Vilson g‘alaba qozondi. U Birinchi jahon urushi arafasida bojxona tariflari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilinishiga erishdi. Qonunga ko‘ra, tarif stavkasi 10 foizga kamaytirildi.
1914-yilda AQSH Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qildi. Qonun ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zarami kasaba uyushmalaridan undirib olish tartibini bekor qildi.
Rezervatsiya (lotincha - saqlayman) - biror davlatda tub joy aholisining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud.
Segregatsiya (lotincha - bo‘lish) - ayrim davlatlarda aholini majburan irqiy guruhlarga bo‘lish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 7.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling