Arab bosqini va islom dini


Download 69 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi69 Kb.
#215147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
arab bosqini islom dini

Abu Mansur Moturidiy (melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-748 yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.

Kalom islom ilohiyotining o’ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur’onga tayanib, jannat va do’zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo’qligini, lekin insonning Olloh oldida o’z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini asoslab berishga xarakat qilgan.

Bunday ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o’rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma’naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro’y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko’rsatib turibdi.

Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va donishmandlik ko’p hollarda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan bo’lsa, islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u ijtimoiy adolat taomiliga amal qilmog’i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqiylikka amal qilish tufayli barqaror bo’la oladi, deb hisoblanadi.

Islom falsafasiga ko’ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Musulmon Sharqi mutafakkirlarini aql maqomi, mantiq ilmi avvaldan qiziqtirib keladi, chunki mantiqqa tayanmagan xar qanday bilim ishonchli va samarali bo’la olmaydi. Bu masala ham islom falsafasida o’z o’rniga ega.


Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling