Arab bosqini va islom dini


Download 69 Kb.
bet11/11
Sana05.01.2022
Hajmi69 Kb.
#215147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
arab bosqini islom dini

Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo’lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari o’z qarashlarida halq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo’yish va o’ta kambag’allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho’chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o’limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O’rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag’allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo’ladi.

Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g’oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab o’tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardo’shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo’lida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat O’rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o’lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o’sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon tsivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan.

Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga qadar ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi nihoyatda kam o’rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo’q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo’lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yo’ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to’g’risidagi maqsad-muddaolarni butunlay yo’qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g’oyalariga mos kelmaydigan juda ko’p namunalarini ayovsiz yo’q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy boyliklarni shafqatsizlarcha g’orat qilish asosiy o’rinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bo’lgan ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini to’g’ri tushunadigan kishilar birinchi navbatda yo’q qilib yuborilgan. Bu to’g’rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi»11. Ushbu asarning boshqa sahifasida ulug’ vatanparvar olim yuqoridagiga o’xshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz bo’lib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar»12.

Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo’lib turganini e’tiborga olsak, zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan aytish g’oyat ulkan jasoratni talab etgani ayon bo’ladi. Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid sho’rolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol ro’y bergan. Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta’limotlarimiz, umuman o’z merosimizdan bebahra bo’lib qoldik.



Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o’lmas madaniy merosni o’rganish imkoni tug’ildi. Tarixiy xotirani tiklash, xalqimiz qalbida milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish hozirgi kunda ma’naviy hayotning ustuvor yo’nalishiga aylandi.




Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling