Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari


Download 106.89 Kb.
bet1/11
Sana16.08.2023
Hajmi106.89 Kb.
#1667462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI


ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI
Kirish

  1. Jomiyning tasavvufiy asarlari ilmiy tavsifi.

  2. “Sharhi ruboiyot” ning ilmiy tavsifi.

  3. Ruboiylar sharhi mavzusi.

  4. Ruboiy sharhlari talqinlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Musulmon Sharq xalqlari qatori, o‘zbek xalqining milliy-diniy qadriyatlaridan biri bo‘lmish tasavvuf ta’limotini o‘rganish va tadqiq etish orzusi faqat mustaqillik tufayligina ro‘yobga chiqdi. Istiqlol sharofati bilan, boy ma’naviy merosimiz hamda asrlar davomida e’zozlab kelingan milliy an’ana va qadriyatlarimiz qayta tiklandi.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq O‘zbekistonda ulug‘ ajdodlarimiz, aziz-avliyolar merosidan namunalar nashr etilib, qator ilmiy ishlar yozildi. Qisqa bir tarixiy davr ichida N.Komilov, I.Haqqulov, B.Nazarov, S.Olim, A.SH.Juzjoniy, J.Muhammad, S.Rafiddinov va boshqa olimlar tomonidan o‘nlab jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. O‘zbek olimlarining tadqiqotlarida tasavvuf ta’limotiga oid masalalar, tariqat odobi, shariat va tariqat, komil inson axloqi tasavvuf va badiiy adabiyot kabi mavzular tahlili alohida o‘rin egallaydi.
Ayni paytda Movaraunnahrda vujudga kelgan tariqatlar-hakimiya, kubraviya, yassaviya, hojagon va naqshbandiya ta’limoti tadqiq qilinib, tasavvuf falsafasi tarixida katta mavqega ega bo‘lgan Hakim at Termiziy, Najmiddin Kubro, Xoja Ahmad Yassaviy, Aziziddin Nasafiy, Xoja Abdulxoliq G‘ijdivoniy, Xoja Bahouddin Naqshbandiy va Xoja Ahror Valiy hayoti va qarashlariga oid maxsus risolalar va maqolalar chop etildi, bu ta’limotning ma’naviy-tarbiyaviy jihatlari xalqqa tushuntirildi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o‘lmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Biz dinimizni bu ulug‘ nomlarsiz, bu ulug‘ nomlarni esa dinimizsiz tasavvur qila olmaymiz”.1
Xususan, tasavvuf tarixida keskin burilishlar yasagan, tasavvufdagi tarkidunyochilik g‘oyalariga barham berib, inson va jamiyat, dunyo va oxirat tushunchalariga uyg‘unlik bag‘ishlagan naqshbandiya tariqatining asoslari va Alisher Navoiyning shu asosda shakllangan qarashlari o‘zbek tasavvufshunosligining asosiy yo‘nalishiga aylanib qolgani ham bejiz emas. Zero, XV asrga kelib, islom mintaqa ma’naviyatining uzoq yillik tajribalari aynan Movaraunnahr va Xurosonda o‘zining eng yuksak natijalarini namoyon etdi. Bu davrga kelib, tasavvuf jamiyatning tub ildizlariga kirib bordi, so‘fiyona she’riyat bilan birga tasavvuf falsafasi ham o‘zining eng yuksak kamolot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu ma’naviy yuksalishda Movaraunnahr va Xuroson zaminida yashab ijod etgan buyuk faylasuf olim, shoir, tasavvuf nazariyotchisi va naqshbandiya tariqatining XV asrdagi yirik namoyondasi Hazrat Movlono Nuriddin Aburahmon Jomiyning (1414-1492) tasavvufiy-falsafiy, adabiy-badiiy, diniy va ilmiy nazariy merosi yetakchi o‘rin tutadi.



Download 106.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling