Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari
Download 106.89 Kb.
|
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qazo va qadar masalasi
Vahdat va kasrat Irfon falsafasida «vahdat» (birlik) va «kasrat» (ko‘plik) tushunchalari1«ahadiyat» va «vohidiyat» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq holda talqin etiladi.
Ilk mutafakkir so‘fiylarning aqidasiga ko‘ra, xilqat, Ya’ni borliqning vujudga kelishi (yaratilishi)dan oldin, faqat Ilohiy Zot mavjud edi.2 Ilohiy Zot ikki bosqichda zuhur etdi: ahadiyat va vohidiyat. «Ahadiyat» Ilohiy Zotning Mutlaq mohiyat holidagi eng oliy darajasini bildirsa, «vohidiyat» Ilohiy Zotning asmoyu sifoti bilan ayoni sobita shaklida zuhur etishini bildiradi. Ilohiy ismlar va sifatlarning zohir bo‘lishi natijasida «kasrat» olami vujudga keldi. «Vahdat» va «kasrat» tushunchalari «Sharhi ruboiyot»da alohida bir mavzu darajasida bo‘lmasa-da, vahdat ul-vujud nazariyasiga taalluqli bo‘lgan muhim falsafiy-irfoniy istilohlar sifatida ishora etib o‘tiladi. Bu istilohlar yigirma yettinchi ruboiyda «ahad» (bir) va «adad» (son, sonlar) misolida quyidagicha ifoda etilgan: Qazo va qadar masalasi Ayoni sobita, ularning turli ko‘rinishlar va belgilar shaklida zuhur etishi bilan bog‘liq bo‘lgan «qazo va qadar» masalasi ham kalom ilmi va tasavvufda ko‘p marta bahsu munozaraga sabab bo‘lgan. Bu masala Jomiyning ham diqqat markazida turgan. «Sharhi ruboiyot»ning o‘ttizinchi va o‘ttiz birinchi ruboiylari va ularning sharhlari bevosita «qazo va qadar» masalasiga bag‘ishlangan. Bu ruboiylar va ularga bitilgan sharhlarni tahlil qilishdan oldin «Qazo va qadar» tushunchasining lug‘aviy, diniy va falsafiy-irfoniy ma’nolari atrofida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. «Qazo» so‘zi Qur’oni karimda bir necha ma’noda ishlatilgan. Jumaladan, «amr» ma’nosida: وَ قَضَي رَبُّكَ اَلا تَعبُدُو آ اِلا اِيُّاهُ «Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni amr etdi».3 - «Hukm» ma’nosida: فاقِضَ ما اَنتَ قاَضٍ اِنّماَ نَقضي هَذِهِ اِلحَيَوﺓ آ الدّنياَ «Bas, qiladigan hukmingni qilaver. Sen faqat mana shu dunyodagina hukm qilursan».1 - «Yaratish» va «oxiriga yetkazish» ma’nosida: فَقَضَئهُنَّ سَبعَ سَمَوَاتٍ في يَومَينِ «Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi».2 - «Ma’lum qilish», «xabardor etish» ma’nosida: وَقَضَينَا اِليَ بَنيِ اِسرآءِيلَ في اِلكِتَبِ لَتُفسِدُنَّ في آلَارضِ مَرَّتَينِ و لَئعُلَّنُ علُّواُ كَبيراً «Shuningdek, Biz Bani Isroilga u Kitobda «Sizlar albatta (Shom) zaminida ikki marta buzg‘unchilik qilursizlar va katta tug‘yonga tushursizlar», deb xabar berdik».3 «Qazo» tushunchasi faylasuflar nazdida azaliy inoyat, ya’ni Parvardigorning eng yuksak darajada mavjudot ahvolidan xabardorligi va unga butun mavjudotning ahvoli eng go‘zal tartibda ma’lumligini bildiradi. «Qadar» tushunchasi ham Qur’oni majidda bir necha ma’noda ishlatilgan. Jumladan, «yaratish» va «berish» ma’nosida: وَ قَدَّّرَ فيِهاَ افوَاتَهَا «O‘sha yerda uning yemishlarini (Yer ahlining rizqu ro‘zilarini) belgilab - taqsimladi».4 - «Ogoh etish», «xabar berish», «oldindan belgilab qo‘yish» ma’nosida: فَاَ نَجينَهّ و اَهلَهُ اِلّاَ آمراَتَهُ وَ قَدَّرنَهَا مِنَ الغَبِرينَ Ya’ni: «So‘ng Biz (Lutga) va uning ahli-tobelariga najot berdik. Magar uning xotini (najot topmadi, chunki) Biz uni qolib halok bo‘lguvchilardan bo‘lishini taqdir qilib-belgilab qo‘ydik».5 - «Oldindan belgilab qo‘yish» ma’nosida: نَحنُ قَدَّرنَا بَينَكُم آ المَوتَ «Sizlarning o‘rtangizdagi o‘limni ham Biz belgilab qo‘ygandirmiz»1 «Qadar» istilohi faylasuflar va mutakallimlar nazdida barcha mavjudotning tashqi omillarda tartibli ravishda zuhur etishi (ketma-ket holda bor bo‘lishi)dan iborat. Jomiy ham «qazo» istilohini Qur’oni karimdagi lug‘aviy ma’nosi - «hukm» yo «hukmi ilohiy» ma’nosida ishlatadi. Tabiiyki, nega Haq ta’oloning ilmi ma’lumga tobe’ bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Haq ilmining ayoni sobitaga tobe’ bo‘lishi Ibn al-Arabiy istilohida «sirrul-qadar», «hikmat ul-qadariyat» yo «sirrul-ixlos» deb ataladi. «Sirrul-qadar» Borliqning qonuniyatidir. Bu qonuniyat asosida olamdagi barcha ashyolar, mavjudot va maxluqotlar muvozanatni saqlagan holda harakatda bo‘ladi. Ammo bu mavjudiyat va harakatda yaratilgan narsalarning qobiliyati, iste’dodi va talab-ehtiyoji yetakchi o‘rin tutadi. Demak, Haqning hech bir narsaga muhtoj bo‘lmagan azaliy ilmi borliqdagi mavjudotning tabiatidan kelib chiqadigan talab va ehtiyojlar asosida hukm chiqaradi. Jomiy o‘zining falsafiy-irfoniy asarlarida avvalo orif, so‘ng faylasuf va nihoyat mutakallim sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni, u «borlik» va «birlik» atrofidagi har bir masalaga orif-faylasuf-mutakallim ko‘zi bilan qaraydi, har bir falsafiy, irfoniy, kalomiy va fiqhiy masalaga bu uch mavqedan turib baho beradi. Download 106.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling